Qushlarning ko’payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi.
1.Qushlarning ko’payish davri nimaga bog’liq?---Tuxmdan chiqadigan jo’jalar uchun oziqning mo’l-ko’l bo’lishiga.
2.Qaysi qushlarning jufti bir mavsumda saqlanadi?----Musicha va chumchuqlar.
3.Qaysi qushlarning jufti uzoq yillar saqlanadi?------Laylak va qarqaralar.
4.Qaysi qushlarning jufti vaqtincha saqlanadi?-----Qurlar va karqur.
5.Qaysi qushlarni xo’rozlari ko’payish davrida o’zaro bahs qilib to’planishadi?---Karqur va qurlar.
6.Qaysi qushlar novda va butoqlarda oddiy kosasimon uya quradi?-----Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go’ngqarg’alar.
7.Qaysi qushlar daraxtlarning kovagiga uya quradi?------Chittak va qizilishton.
8.Qaysi qush so’lagi b-n loyni yopishtirib uya quradi?-----Qaldirg’och.
9.Qaldirg’och uyasini qayerga quradi?---Uylarning bag’oti ostidagi yog’och to’sinlar ustiga yoki yumaloqlangan loyni so’lagi bilan yopishtirib uya quradi.
11.Qizilto’sh qanday uya quradi/---Oddiy kosasimon uya quradi.
12.Ko’rgalak nima?---Qush.
13.Qaysi qushlar uya qurmaydi?-----Kakku va kayra.
14.Qaysi qush yalong’och qoyaga tuxum qo’yadi?-----Kayra.
15.Kakku tuxumini qayerga qo’yadi?---Boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi.
16.Qush tuxumining tuzilishi?----Po’choq - po’choqosti pardasi - havo kamerasi - suyuq oqsil - oqsil kanopcha - sariqlik parda – sariqlik - murtak disk.
17.Nima uchun tuxumini bosib yotgan qush tuxumini dam-badam aylantirib turadi?---Bir meyorda isishi uchun.
18.Qaysi qushlar jo’ja ochadi?-----Qirg’ovul, bedana, o’rdak, g’oz, tovuqlar.
19. Jo’ja ochadigan qushlarnig tuxumidan chiqqan jo’jalari qanday tuzilishga ega bo’ladi?---Tanasi par bilan qoplangan va ko’zi ochiq bo’ladi.
20.Qaysi qushlar jish jo’ja ochadi?-------Kaptar, qaldirg’och, chumchuq, qarg’a, musicha, laylak.
21.Jish jo’ja ochadigan qushlarning tuxumidan chiqadigan jo’jalar qanday tuzilishga ega bo’ladi?---Ko’zi yumuq, quloq teshigi yopiq, yalang’och tanasi siyrak mayin tuklar bilan qoplangan.
22.Qaysi qush jo’jalarini himoya qilish uchun o’zini yaralangan holatga keltirib, yirtqichni o’ziga jalb qiladi?---Yo’rg’a tuvalog’i.
23.Arxeopteriksni toshga aylangan nimalari topilgan?----Suyak va patlari.
24.Arxeopteriksni sudralib yuruvchilarga xos belgisi?-----Jag’lari, tishlari va 20 ta dum umurtqasining bo’lishi.
25. Arxeopteriksni qushlarga xos belgilari?---Tanasi patlar bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi.
26. Arxeopteriksni oyoqlari qandya joylashgan bo’ladi?----Bittasi oldinga, ikkitasi orqaga qaragan bo’ladi.
27.Qushlarning sudralib yuruvchilarga o’xshashlik belgilari?---Iligi va barmoqlarida tangachalarni saqlanib qolganligi, terisi quruq, ter bezlarini rivojlanmagan, tuxum qo’yib ko’paygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |