Qushlar sinfi.Tashqi tuzilishi.
1.Qushlarning gavdasi qanday qismlardan iborat?-------Bosh, bo’yin, tana va oyoq.
2.Kaptar bo’ynini bukib …..?-----Oziqni cho’qishi, tumshug’’I bilan qorni, qnotlari, orqasi va dumidagi patlarini tozalash mumkin.
3.qush uchayotganda ko’tarilish yuzasini nima hosil qiladi?---Yiyilgan qanotlari.
4.Qushlarning oyoq qismining qaysi qismi muguz tangachalar b-n qoplangan?------Iligi va barmoqlari.
5.Qushlar yerda nimasiga tayanib yuradi?---Oyog’iga.
6.Qushlarning teri nimalar bilan qoplangan?---Pat.
7.Qushlarning patlari tuzulishiga ko’ra necha xil bo’ladi?------Kontur patlar va parlar.
8.Kontur patlarga qaysi patlar kiradi?------Qoplag’ich, qoqish, boshqarish va momiq patlar.
9.Qushlarning pati qanday qismlardan tashkil topgan?-----Ingichka va qattiq o’zakdan keng va yumshoq yelpig’ichdan.
10.Pat yelpig’ichi o’zakdan chiqib nimani hosil qiladi?---Ketma-ket ikki marta shoxlanib muguz o’siqchalarning qalin to’rini.
11.Pat o’qining pastki yelpig’ichsiz uchi qayerga kirib turadi?—Teridagi pat xaltasiga kirib turadi.
12.Pat o’zagidagi birinchi tartibli o’siqchalar qanday joylashgan?-------O’zaro parallel.
13.Patlar qanday xususiyatga ega bo’ladi?---Yengil, egiluvchan va deyarli havo o’tkazmaydigan bo’ladi.
14.Qush uchganda qaysi patlat ko’tarilish yuzasini hosil qiladi?---Qanot va dumidagi boshqarish patlari bir-biriga cherepitsa singari tushadi.
15.Qoplag’ich patlar ostida qanday patlar joylashgan?----Momiq patlar.
16.Parlar qanday vazifani bajaradi?-----Issiqlikni saqlash.
17.Qushlarning qaysi patlarida ikkinchi tartibli o’siqchalar bo’lmaydi?-----Momiq parlarda.
18.Parlarning o’zagi qanday tuzilgan?---Kalta, o’siqchalari uchida mo’yqalam singari joylashgan.
19.Qushlar tulaganda eski patlari o’rniga,….?----Yangi patlari chiqadi.
20.Suv qushlarining tanasining qaysi qismida ter bezlari joylashgan?---Dumi asosida dumg’aza bezi.
21.Qush tumshug’i yordamida bezdan ajralgan suyuqliklarni qanasining qaysi qismiga surkab turadi?---Patlariga.
22.Yog’ patlarni qanday bo’lishini ta’minlaydi?---Egiluvchan va qayishqoq.
23.Suvda suzadigan qushlarning yog’langan patlari qanday ahamiyatga ega?----Suv yuqtirmaydi.
24.Qushlarning patsiz oyoq iligi terisidagi mayda tangachalar, sudralib yuruvchilar terisidagi nimaga o’xshaydi?---Muguz tangachalarga.
25.Qush tanasining qaysi qismi muguzdan iborat?---Patlari, tumshug’i va tirnoqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |