Hid bilish gallyutsinatsiyalari bemor (yoqimsiz yoki xushbo‘y hidlar – axlat, chirigan, gaz, tayyorlanayotgan ovqatlar, gullar hidlari) sezgisini sezilarsiz qo‘zg‘atadi.
Ta’m bilish gallyutsinatsiyalari esa og‘izda biror ovqat bo‘lmasa ham turli ta’m hislari paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi.
Umumiy sezgi gallyutsinatsiyalari esa tana yuzasida yoki ichida hosil bo‘lgan noxush sezgilar «u yoki bu begona jism» tufayli kelayotganidan noliydi.
Vasvasa g‘oyalar
Vasvasa g‘oyalar deb atrofdagi jismlarning joylashishi to‘g‘risida noto‘g‘ri va g‘ayritabiiy fikr yuritishdan kelib chiqqan holatga aytiladi. Bemorga atrofdagilar xuddi alohida e’tibor bilan munosabatda bo‘layotgandek tuyuladi. Bemor nazarida tanish yoki begonalar uning to‘g‘risida alohida e’tibor berib gapla-shayotgandek, tez-tez uni kuzatayotgandek, masxara qilayotgandek bo‘laveradi. Shuning uchun bemorning atrofdagilar bilan munosa-bati og‘irlashib qoladi. Ba’zi holatlarda vasvasa g‘oyalari jiddiy tus oladi. Bunga misol ta’qib vasvasasidir, lekin ta’qib vasvasasiga uchragan bemorlar har doim ham ta’qibchilarni aytib bera olmaydi. Vasvasa, ko‘pincha, isbotsizligicha qolib, bemor ma’lum kishilarni o‘ziga dushman deb hisoblaydi va ularning o‘ldirish, zaharlash, otib tashlashidan qo‘rqib yashaydi.
Depressiyadagi bemorlarga o‘z-o‘ziga past baho berishdan
tashqari o‘zini o‘ldirish vasvasasi, o‘z-o‘zini ayblash, ba’zan bemor
o‘zini o‘ldirish harakati bilan yakunlanadi.
Apsitiatsiyalar – bu xavotirlik bilan o‘tadigan harakat
qo‘zg‘alishidir. Bemorning doim yurishi, atrofdagilardan g‘azab
bilan biror ishni bajarishni so‘rashi davom etadi. Apsitatsiyalar
bexosdan harakat qo‘zg‘alishlari bilan boshlanishi, shu paytda o‘zini
o‘ldirishga intilish hollari kuzatiladi. Yaqqolroq paydo bo‘lga-nida bemorda qayg‘urish, qo‘rqinch, hamdardlik, g‘azab, alamzadalik rivojlanadi (depressiv disforiya).
Patologik affektlarYuqorida aytilganidek, jo‘shqin emotsiyalar yoki affektlar kuchli tashqi qo‘zg‘atuvchi ta’sir tufayli vujudga keladi. Lekin ba’zi ruhiy kasalliklarda arzimagan sabab ham bemorda kuchli ifodalangan emotsional reaksiyaga sabab bo‘ladi. Natijada bemor
mo‘ljalni yo‘qotib qo‘yadi. U juda tajovuzkor holatga kirib, turli e’tirozlarga g‘azab cho‘qqisiga yetish bilan javob beradi. Bemordagi shu holat o‘tib ketgach, u bo‘lib o‘tgan voqealarni eslay olmaydi. Shuningdek, patologik affektlar uzoq vaqt, ba’zi hollarda soatlab davom etadi. Ko‘pgina psixozlar klinik ko‘rinishida qo‘rquv va xavotirlik affekti yuzaga keladi.
Favqulotda vaziyatlar sharoitida respirator shoshilinch holatlar.O‘tkir nafas yetishmovchiligi. Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash va respirator quvvatlash. Favqulotda vaziyatlar sharoitida plevra ichi taranglashish sindromi va shishilinch tibbiy yordam.Favqulotda vaziyatlar sharoitida ingalyatsion zaharlanishlar va ularda tez tibbiy yordam.
Do'stlaringiz bilan baham: |