Texnologiyasi


SUYUQ  DORI  TURLARINI  TAYYORLASHNING



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

SUYUQ  DORI  TURLARINI  TAYYORLASHNING 
ASOSIY  QOIDALARl
Suyuq  dori  turlarini  tayyorlashda  to‘yingan  eritmalarda  ro‘y  bera- 
digan  holatlarni  oldini  olish  yoki  kamaytirish  maqsadida  ma'lum  tartib- 
ga  rioya  qilinadi.  Suvli  critmalar  tayyorlashda  kerakli  hajmda  suv  (toza- 
langan  suv,  inyeksiya  uchun  ishlatiladigan  suv,  xushbo‘y  suv)  o'lchab  oli- 
nadi  va  unda  birinchi  navbatda  quruq  dorilar,  so‘ng  yordamchi  moddalar, 
ularning  eruvchanligini  hamda  o'zaro  ta'sirini  hisobga  olgan  holda 
critiladi.
Bunda  dastlab  zaharli,  giyohvand,  psixotrop  moddalari  eritiladi.
Ma'lum  qismda  criydigan,  kam  criydigan,  sckin  eriydigan  moddalarni 
erishini  tczlatish  maqsadida  ularni  isitish,  eruvchi  moddani  oldindan 
maydalab  olish  va aralashtirish  mumkin.
Juda  kam  va  amalda  erimaydigan  moddalardan  eritma  tayyorlashda 
yuqorida  ko'rsatilgan  usullardan  tashqari,  me'yoriy  hujjatlar  asosida 
ularning cruvchan  tuzlarini  hosil  qilish  usulidan  foydalaniladi.
Tayyorlangan  critmalarning  fizik-kimyoviy  xususiyatiga  qarab  filtr 
turi  tanlanadi  va  fiakonga  suzib  o‘tkaziladi,  kcyin  unga  konsentrlangan 
critmalar,  suyuq  dori  turlari  (nastoykalar,  suyuq  ckstraktlar,  suvli  va 
spirtli  critmalar,  xushbo'y  suvlar,  xushta’m  va  dorivor  siroplar,  novogalen 
prcparatlar)  hajm  miqdorida o‘lchab, quyidagi  tartibda qo‘shiladi:
-   Suvli  havoga  uchmaydigan  va hidsiz suyuqliklar;
-   Suv  bilan  aralashadigan, havoga  uchmaydigan  boshqa  suyuqliklar;
-   Havoga uchadigan suvli  suyuqliklar;
-   Spirtli  suyuqliklar,  bunda  spirt  konscntratsiyasi  kam  bo'lgan 
suyuqlik  oldinroq  quyiladi;
-   Hidli  va havoga tez uchadigan  suyuqliklar.
Eritmaga  barcha  suyuq  dori  turlarini  qo‘shishda  ularning  suvda 
cruvchanligi  va  aralashish  xususiyati,  shuningdck  qaysi  guruhga  kirishi 
hisobga olinadi.
Erituvchi  sifatida  yopishqoq  uchuvchan  suyuqliklar  ishlatilganda, 
bemorga  dori  vositasi  bcriladigan  idishga  avval  dori  moddasi  va 
yordamchi  vositalar  solinadi,  ustiga  erituvchi  suyuqlik  (grammda)  tortib 
quyiladi,  crituvchi  sifatida spirtdan  foydalanilsa  hajmda o'lchanadi.
Erituvchi  sifatida  glitscrin  yoki  moylardan  foydalanilganda,  dori 
vositasini  fizik-kimyoviy  xususiyatiga  qarab  isitiladi,  agar  crituvchi
115
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatida  spirt yoki  xloroform  qo'llanilsa,  faqat zaruriyat  bo‘lganda,  ehtiyot 
choralarini  ko'rib  isitiladi.
Tarkibida  havoda  uchuvchan  dori  vositasi  bo'lgan  eritmalar 40-45°  C 
gacha  isitiladi.  Tarkibida  cfir  yoki  uning  spirtli  aralashmasi  bo‘lgan 
eritmalar isitilmavdi.
Tayyor  critmaning  qovushqoqligini,  havoga  uchuvchanligini  hisobga 
olib,  yo‘qotish  miqdorini  kamaytirish  choralarni  ko‘rgan  holda,  quruq  filtr 
tanlanadi  va suziladi.
Suyuq  dori  turining  umumiy  hajmi  uning  tarkibiga  kiruvchi  suyuq 
moddalarga uning hajmi  qo‘shib aniqlanadi.
Misol:
Rp: 
SoiutionisGlucosi  10 % -  200  ml
Solutionis  C ilrali  sp irilu o sae  1% -  2  m l 
M agnii  sulfatis 4,0 
N atrii  brom idi 2,0
M ik stu ra  hajm i  20 2   ml  ga (200+2)  teng.
Mikstura magniy sulfat,  natriy bromid va  glukozaning konsentrlangan 
eritmalaridan  foydalanib  tayyorlanadi.  Flakonga  avvalo  130  ml  tozalan- 
gan  suv  o'lchab  olinadi,  so'ngra 40  ml  50%  (1:2)  glukoza  eritmasi,  20  ml 
20  %  (1:5)  magniy  sulfat  eritmasi  va  10  ml  220  %  (1:5)  natriy  bromid 
eritmasi  quyiladi.  Oxirida 2  ml  titralning  I  %li  critmasi  qo'shiladi.
Tayyor  bo'lgan  dorining  hajmi,  yo‘l  qo'yilishi  mumkin  bo‘lgan  hajm 
oshish  mc'yoridan oshmasligi  kerak.
Agarda  retseptda  eritma  tarkibidagi  suyuq  dori  vositasi  og'irlik 
bo'yicha  ko'rsatilsa,  uning  hajmi,  zichligini  hisobga  olgan  holda  1.12 
bandda keltirilgan formula asosida  aniqlanadi.
Suyuq  dori  turlarini  tayyorlashda  kukun  holidagi  moddaning miqdori 
3  %  va  undan  ko'proq  bo‘lganda  ushbu  moddalarning  konsentrlangan 
eritmalaridan  foydaianiladi.
Kukun  (poroshok)  holida  yozilgan  moddalarni  konsentrlangan 
eritmalari  bo‘lmaganida  ularni  o'lchov  idishida  tayyorlanadi,  bunda 
moddalarning hajm oshish  koeffitsiyenti  (HOK)  hisobga  olinadi.
.v
H O K
Cma> -  dorining maksimal  konsentratsiyasi.
116
www.ziyouz.com kutubxonasi


N  -   dorining  hajmi  o'zgarilishiga  yo*l  qo'yilishi  mumkin  bo'lgan 
xatolik darajasi.
HOK -  Hajm oshish  koeffitsiyenti.
Misol.
Rp:  Solutsionis Calcii chloridi  5 % -  200 ml 
Glucosi 60,0 
Natrii bromidi  3,0 
Mikstura hajmi 200 ml.
Mikstura  tayyorlashda  konsentrlangan  critmalardan  foydalaniladi. 
Flakonga  45  ml  suv,  20  ml  50%  (1:2)  kalsiy  xlorid  eritmasi.  120  ml  50% 
(1:2)  glukoza  critmasi  va  5  ml  20%  (1:5)  natriy  bromid  eritmasi  solib 
tayyorlanadi.
Agar  dorixonada  glukozaning  konsentrlangan  (50%  yoki  40%) 
eritmasi  bo'lmasa,  u  holda  mikstura o'lchov  idishda  tayyorlanadi:  idishga 
taxminan  120  ml  toza  qaynoq  suv  quyilib  unda  60,0  gr  glukoza  eritilib 
sovitiladi;  sovigan  eritma  boshqa  o'lchamli  idishga  o‘tkaziladi  va  hajmi 
165  ml  ga  yctkaziladi;  so'ng  fiakonga  suzib  o'tkaziladi;  eritmaga  20  ml 
50  %  (1:2)  kalsiy  xlorid  eritmasi,  15  ml  20  % (1:5)  natriy  bromid eritmasi 
qo'shiladi.
Mikstura  tayyorlash  uchun  zarur  bo'lgan  erituvchi  miqdorini 
glukozaning  hajm  oshish  koeffitsiyenti  bo'yicha  ham  hisoblash  mumkin. 
Bunda  60  gr  eritilganda  olinadigan  hajm  (0,69*60)  =  41,5  ml  dir. 
200  ml  eritma  tayyorlash  uchun  olinadigan  tozalangan  suv  miqdori  200 -  
(20+ 1 5+41,4)= 123,6  ml  ni  tashkil  etadi.
Kalsiy  xloridning  maxsus  fizik  va  kimyoviy  xossalarini  (oMa 
gigroskopik)  hisobga  olib  suyuq  dori  turlarini  tayyorlashda  uning  20- 
50%  konsentrlangan  eritmalari  ishlatiladi.
Agar  suyuq  dori  turi  tarkibida  o'simliklardan  olingan  suvli  ajratmalar 
boMsa,  unda  kukun  holatdagi  dori  moddalarni  suzib  oMkazilgan  va 
sovitilgan  ajratmada  critiladi.  Zarur  boMsa  critma  koMsatilgan  hajmda 
yetkazilib,  yana bir marta  suzilgach,  flakonga quyiladi.
Bunday  hollarda  konsentrlangan  eritmalardan  foydalanishga  ruxsat 
etilmaydi.
O'simliklarning  suvdagi  damlamasi  ishlatish  uchun  tayyor  boMgan- 
dagina,  unga  sharbatlar  tindirmalar  (nastoyka),  suyuq  ckstrakt  shuning- 
dek,  boshqa  galen  va  novogalen  preparatlari  qo‘shiladi.  Dorixonalarda 
dorivor  o‘simliklardan  «konsentrlangan  damlamalar»  tayyorlash  taqiq-
117
www.ziyouz.com kutubxonasi


lanadi.  Chunki,  bu  holda  o'simlikdan  suvga  chiqishi  kerak  bo‘lgan 
moddalar to‘la-to‘kis  ajralib  chiqmaydi.
Misol:
Rp: 
Infusi  herbae  L eonuri  12,0-200  ml 
N alrii  brom idi  4,0 
T in ctu rae  V alerinae  6  ml.
Miksturaning  hajmi  -   206  ml.  Arslonquyruq  o‘t  damlamasi  amaldagi 
farmakopeya  maqolasida  bayon  qilingan  suv  yutish  koeffitsiyenti  hisobga 
olingan  qoidalar  bo‘yicha  tayyorlanadi.  Tayyor  bo‘lgan  damlamada  4 
gr  natriy  bromid  eritilib,  flakonga  suzib  olinadi  va  unga  6  ml  valeriana 
nastoykasi qo‘shiladi.
0 ‘simlikning  suvli  ajratmalarini  tayyorlashda  dorivor  o'simlik  o'rniga 
umumiy  ekstrakt-konsentratlaridan  (suyuq  ckstrakt  1:1  va  1:2  nisbatda) 
foydalanish  mumkin.  Bunday  hollarda  dori  tayyorlashda  konsentrlangan 
eritmalardan  foydalanish mumkin.
Quruq  ekstrakt  konsentratlarni  suyuq  dorilarda  critish  kukun 
moddalarini  eritish  kabidir.  Ularda  critish  suyuq  ekstraktlar  va  galen 
preparatlari  oxirida qo'yiladi.
Misol:
Rp: 
Infusi  rhim ozatis  cum   radicibus 
V alerianae  6 ,0 -2 0 0   m l 
N atrii  brom idi  2,0 
C offeini  n atrii  benzoatis  0,6 
T incturae  C o nvallariae  5  ml 
M ik stu ra hajm i  205  m l.
Damlama  valeriananing  1:2  nisbatli  suyuq  konsentrati  va  dori 
moddalarining  konsentrlangan  eritmalardan  foydalanib  tayyorlanadi. 
Flakonda  172  ml  tozalangan  suv  10  ml  20  %  (1:5)  natriy  bromid  eritmasi, 
6  ml  10  %  (1:10)  kofein-natriy  benzoat  eritmasi,  12  ml  valeriananing 
suyuq  ekstrakt-konsentrati  va  5  ml  marvaridgulining  tindirmasidan  quyib 
dori  tayyorlanadi.
Gistiiogik  jihatdan  har  xil  tuzilishga  ega  bo‘1gan  talaygina  dorivor 
o'simliklardan  tayyorlanadigan  damlamalar  bir  xil  ekstraksiyasi  rejimini 
talab  etsa ular bitta infundirkada  tayyorlanadi.
Misol:
Rp: 
Infusi  rh izo m atik   cum   radicibus 
V alerianae  ex  10,0  -   200  m l
118
www.ziyouz.com kutubxonasi


Infusi  foiium  m en th ae  p ip in ta e   ex  4,0 
C offeini  natrii  b en z o atis  0,4 
N atrii  brom idi  3,0 
M agneisii  Sulfatis  0,8
Ekstraksiya  uchun  olinadigan  suvning  hajmi  quyidagi  tartibda 
hisoblanadi.
V = V, + (SYuK, x O, + SYuK,  t O,)
V -  ekstraksiya uchun  olinadigan suvning hajmi.
V, -   Rctscptda  ko'rsatilgan  damlamaning hajmi,  ml.
O, 
-   Damlama  tayyorlash  uchun  olinadigan  valeriana  ildiz  va  ildiz 
poyasining og'irligi,  gr.
O,  -  Damlama tayyorlash uchun  olingan yalpiz barg  og'irligi,  gramm.
SYuK^  -  Valeriana  ildizi  va  ildiz poyasining  suv yutish  koeffitsiyenti.
SYuK, -  Yalpiz bargining  suv yutish  koeffitsiycnti.
Maydalangan  dorivor  o'simliklar  (10  gr  valcriana  ildiz  poyasi  va  4  gr 
yalpiz barglari).
Oldindan  isitilgan  infundirkaga  solinadi  ustiga  uy  haroratida  239  m! 
tozalangan  suv  quyiladi.  (200+10x2,9 + 4x2,4=238,6)  va  qopqog'ini 
yopib  15  daqiqa  davomida  qaynab  turgan  suv  hammomida  damlanadi. 
Damlama  sovitilib  (kamida 45  daqiqa),  o'lchamli  idishga suzib  o‘tkaziladi 
va  damlamada  0,4  g  kofein  -   natriy  benzoat,  3  g  natriy  bromid,  0,8 g 
magniy  sulfat  eritiladi;  zarur  boMganda  suv  hajmi  200  ml  ga  qadar 
yetkazilib,  flakonga suzib o‘tkaziladi.

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish