ERLVCHANLIK VA ERITUVCHI MODDALAR
Eritmalar kimyoviy birikma bilan mexanik aralashmalar o‘rtasida
turadi. Kimyoviy birikmalarda eritmalar tarkibini o'zgartirib turishi bilan
farqlansa, mexanik aralashmalardan esa bir turliligi bilan farqlanadi.
Shuning uchun eritmalarni kamida ikki komponcntdan tashkil topgan bir
bosqich sistema deb qaraladi.
122
www.ziyouz.com kutubxonasi
Eruvchanlikning asosiy alomatlaridan biri uni o‘z-o‘zidan, hcch
qanday (a'sir kuchisiz erishidir. Erililadigan modda erituvchi bilan
qo'shilsa, crish jarayoni boshlanadi va birozdan so‘ng teng tarkibli eritma
hosil bo'ladi. Erituvchilar qutbli va qutbsiz molckulaga ega moddalardan
iborat
bo'lishi
mumkin.
Qutbli
molekulalardan
tashkil
topgan
crituvchilarga; suv, kislotalar, spirtlar, glikollar, aminlar kiradi. Qutbsiz
erituvchilarga uglevodorodlar misol boMadi.
Erituvchilarni tanlashda avvaldan ma'lum boMgan oddiy qoidaga
rioya qilinadi:
- «o‘xshashi o'xshaydiganda criydi». Amalda bu qoida, biron-bir
moddani eritish uchun shunday erituvchi olinishi kerakki, ularning
struktura tuzilishi o‘xshash boMsin yoki bir-biriga yaqin kimyoviy xossasi
ega boMishi kerak, deb tushuniladi.
Suyuqliklarni suyuqlikda erish darajasi turlicha boMadi. Bir-birida
juda yaxshi eriydigan suyuqliklar bor (masalan, suv va spirt). Buning
sababi molckulalar o‘rtasidagi o‘xshashIik. Bir-birida ma'lum qismda
eriydigan suyuqliklar (masalan, efir va suv) va bir-birida amalda crimay-
digan suyuqliklar mavjud (benzol va suv). Qutbli va qutbsiz suyuqliklar
ham ma'lum bir qismda bir-birida eriydi. Harorat koMarilishi bilan
suyuqliklarning bir-birida erishi kuchayadi. Ko'pincha ikki suyuqlik
araiashmasi o'ziga xos ma'lum bir harorat bir-biri bilan chcklanmagan
miqdorda aralashib kctadi. (Masalan fenol, suv aralashmasi 68-80°Cda
bir-biri bilan cheklanmagan proporsiyada aralashadi.) Bosimning
o'zgartirilishi erish jarayoniga ham ta'sir qiladi.
lchish uchun tayyorlanadigan eritma tarkibidagi erituvchi sifatida
odatda tozalangan suv olinadi. Tozalangan suv farmakologik indifferent
suyuqlik hisoblanadi. Agar critma tarkibidagi suyuqlik rctscptda ko‘rsa-
tilmasa, albatta tozalangan suv olinishi zarur.
Suv ham maMum bir erituvchi xususiyatiga ega va u maMum bir
guruh dori moddalarni maMum bir qismda critishi mumkin. Modda
eruvchanligi deb, 100 g eritmani to‘yintirish uchun kerak boMgan modda-
ning gramm miqdoriga aytiladi. Dori moddalar cruvchanligi to‘g‘risidagi
ma'lumot Davlat Farmakopeyasida va shu dori moddasini ifodalovchi
ma'lum tcxnik ma'lumotlarda kcltirilgan. XI Davlat Farmakopeyasida
(I-tom, 176-bet) eruvchanlikni bclgilash uchun quyidagi atamalar qabul
qilingan.
123
www.ziyouz.com kutubxonasi
Eruvchanlikni aniqlash usuli. Aniq tortib olingan moddani o‘lchab
olingan suyuqlikka solinadj va 10 daqiqa ichida 20±2° Cda to'xtovsiz
chayqatiladi. Moddani hovonchada oldindan maydalab olish mumkin.
Sekin eriydigan moddalar suv hammomida 30° Cgacha isitiladi.
Faqat kuzatish uchun ularni ham 20° Cgacha sovitiladi va 1-2 daqiqa
chayqatiladi (6-jadval).
Sekin criydigan moddalar uchun erish sharoiti DF maqolalarida
ko'rsatiladi. Moddaning eruvchanligi haroratga uzviy bog'liq. Dorivor
moddalarning asosiy qismi harorat ko'tarilishi bilan eruvchanligi
oshadi. Lekin ayrim holda, aksincha, harorat ko'tarilishi eruvchanlikni
pasaytiradi (masalan, aktinomitsinlar, kalsiy tuzlari).
6-jadval
Belgilangan alam a la r
1 g m oddani eritish uchun kerak
bo‘lgan erituvchi (ml) m iqdori
Juda oson eriydigan
1 m! gacha
Oson eriydigan
1 ml dan to 10 ml gacha
Eriydigan
10-30 ml gacha
Ma'lum qismda eriydigan
30-100 ml gacha
Kam eiiydigan
100-1000 ml gacha
Juda kam eriydigan
1000 10 000 ml gacha
Amalda erimaydigan
10 000 ml dan ko‘p
Ayrim dori moddalari sekin eriydi, lekin critish natijasida yuqori
konsentratsiyali eritmalar olish mumkin. Bunday moddalar erishini tez-
lashtirish maqsadida ularni isitish, eruvchi moddani oldindan maydalab
olish va aralashtirish mumkin.
Farmatsiya amaliyotida ishlatiladigan chin critmalar kcng tarqalgan
bo'lib, ulami eritishda qo'llangan erituvchiga qarab 2 guruhga bo'linadi:
1. Suvdagi eritmalar
2. Boshqa erituvchilarda erigan eritmalar.
Ularda erigan modda agregat holatiga qarab:
1. Qattiq moddalarning eritmalari.
2. Suyuq moddalaming eritmalari.
3. Gazsimon moddalar critmalari.
124
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |