-
Xalq boy bo‗lsa, davlat ham boy va qudratli bo‗ladi.
Shuning uchun bundan keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga to‗sqinlik
qilish - davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga to‗sqinlik qilish, deb baholanadi.
9
Prinsipial jihatdan g‗oyat muhim bo‗lgan bu pozitsiyamizni yana bir bor alohida
ta‘kidlab o‗tishni muhim va zarur deb hisoblayman. Saylovchilar bilan
uchrashuvlarda nafaqat tadbirkorlar, balki aholimizning keng qatlami ana shu
talabni qatiy qo‗llab-quvvatlaganiga shaxsan o‗zim chuqur ishonch hosil qildim.
Biz amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‗zgarishlarning
samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligini, uning
hayot darajasi va sifatini oshirishga qay darajada ta‘sir ko‗rsatayotgani bilan
o‗lchanadi. Shu maqsadda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini
bosqichma-bosqich
oshirib borish bo‗yicha biz aniq chora-tadbirlarni
rejalashtirganmiz va ular albatta amalga oshiriladi. 2017 yildan boshlab aholini,
avvalambor, litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o‗quv yurtlari bitiruvchilarini
ish bilan ta‘minlash masalasi bo‗yicha yangi tizim joriy etiladi. Iste‘mol tovarlari
ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining ularga bo‗lgan ehtiyojini to‗liq
qondirish, jumladan, maqbul narxlar bo‗yicha keng turdagi oziq-ovqat
mahsulotlari bilan xalqimizni to‗liq ta‘minlash oldimizda turgan muhim vazifalar
qatoriga kiradi». [1]
Shu bois mamlakatimizda ishlab chiqarishga qaratilgan ko‗plab ishlar
amalga oshirildi. Jumladan, polimerlarni qayta ishlash orqali turli xil ko‗rinish va
vazifalarni bajarishga asoslangan maxsulotlar olish, uni maxalliy xom - ashyo
asosida ishlab chiqarishga keng e‘tibor qaratildi Natijada ishlab chiqarishning
ko‗plab yangi soxalari vujudga keldi va axoli yangi ish o‗rinlari bilan
ta‘minlangani quvonarli xol albatta. O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 2017 – yil 2 – avgustda qabul qilingan ―2017 – 2021 – yillarda
oziqovqat iste‘mol tovarlarini ishlab chiqarish xajmlarini ko‗paytirish va turlarini
kengaytirish bo‗yicha qo‗shimcha chora – tadbirlar to‗g‗risida‖ gi qarori bu
boradagi ishlarni takomillashtirishda muxim omil bo‗lmoqda. [29]
Polimerlarni qayta ishlash bu yakunlovchi jarayon bo‗lib undan buyum
olish va bu buyum aniq talablarga javob bera olishi kerak. Shuning uchun har hil
usullar kashf qilish bilan bir qatorda yangi polimer materiallar ishlab chiqarildi.
Polimer materiallarni qayta ishlashdan maqsad, ulardan ma‘lum sharoitlarda
10
ishlatilishi mumkin va shu sharoit talablariga javob bera oladigan aniq bir buyum
olish.
Polimer materiallarni qayta ishlash texnologiyasi quyidagi asosiy
amallardan iborat:
1. Birlamchi plastmassaga kimyoviy o‗zgarishlar, ikkinchi polimerni,
to‗ldirgichni, plastifikatorni kiritish hamda harorat ta‘sirida mexanik ishlov berish
asosida materiallar olish;
2. Olingan polimer materialni shakllash va undan ma‘lum buyum olish.
Buyumning konstruksiyasi ilmiy asoslangan va ma‘lum ishlatish sharoitiga javob
bera oladigan bo‗lishi kerak.
Shunday qilib polimerlarni qayta ishlash texnologiyasi o‗z ichiga turli
jarayon va uskunalarni olib, polimerlarning zaruriy (foydali) hossalarini
yaxshilash va ularni tayyor buyumga aylantirish jarayonlaridan iboratdir.
Polimerlarni qayta ishlaganda ular deformatsiyaga uchraydi, ularda kimyoviy
reaksiyalar ketishi mumkin hamda fizik hossalarining qaytmas tarzda o‗zgarishini
kuzatish ham mumkin.
Plastmassalarni qayta ishlashning texnik usullariga quyidagilar kiradi:
bosim asosida quyish, ekstruzitsiyalash, kalandrlash, pigmentlarni polimerlarga
aralashtirish, polimer plyonka yuzasini modifikatsiyalash va boshqalar. Bosim
ostida quyish, ekstruziyalash usullari keng tarqalgan va unumli usullar bo‗lib,
ularda polimerlarning oqimini kuzatish mumkin, ya‘ni bunda ularning fizikaviy va
kimyoviy hossalari o‗zgarmaydi.
Termoreaktiv materiallarni presslashda, polimer plyonka yuzasiga gaz
alangasi yoki koronniy razryad ta‘sir qilishi natijasida materialda kimyoviy
o‗zgarishlar sodir bo‗ladi.
Kristallanish darajasi orqali makromolekularning orientatsiyalanishini
rostlash, tekstil tolalari va plyonkalar ishlab chiqarishda mexanik hossalarini
yaxshilash mumkin. Bunday holda materiallarda fizik hossalarning qaytmas tarzda
o‗zgarishi sodir bo‗ladi va oqish jarayonida kimyoviy reaksiyalar sodir bo‗lmaydi.
Polimerni qayta ishlashda reologiya fani katta rol o‗ynaydi, chunki
polimerlarni qayta ishlash protsesslarida deformatsiyalanish va oquvchanlik
11
alohida o‗rin olgan. Polimerlarni qayta ishlashda kristallanishni, polimerlarning
dielektrikligini hisobga olish lozim. Shuningdek, polimer yuzasida sodir
bo‗ladigan kimyoviy reaksiyalarni, issiqlik o‗tkazish hossalarini ham e‘tiborga
olish kerak.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash
maqsadida plastmasslarni qayta ishlashda yarim avtomat va avtomatlashgan
liniyalarni qo‗llash, mikroprotsessorli texnikani va sanoat robotlarini keng
qo‗llash hozirgi kun talabidir. Plastmassalarni qayta ishlash usuli bilan olingan
buyumlarga yaxshi dekorativ ishlov berish, pardozlash va ularni bozorbop qilish,
hamda buyumni qaysi sohada qo‗llashni texnik-iqtisodiy asoslab berish kerak.
Har bir polimerdan qanday buyum yoki mahsulot ishlab chiqarish
kerakligini va shu mahsulotga bo‗lgan talabni yaxshi o‗rganish lozim.
Polimerlarni plastmassa, rezina-texnik buyumlar, lok-buyoq va tolalarga qayta
ishlashda xom ashyoni yaxshi tanlab olish va buning uchun o‗z navbatida bu
polimerlarning hossalarini, tuzilishini va qayta ishlash jarayonida o‗zgarishlarini
yaxshi bilish kerak.
Polimerlar ishlab chiqarish, taxminan, 1970 yillardan boshlangan bo‗lsa,
hozirgi vaqtda ―Navoiyazot‖ zavodida poliakrilnitril, poliakrilatlar, Farg‗onada
har hil furan smolalari, poliamid-6, atsetilsellyuloza, Namanganda KMS va
nihoyat, 2000 yilda ishga tushgan Sho‗rtangaz kompleksida polietilen (yiliga 125
ming tonna) ishlab chiqarish korxonalari mavjud.
Plastmassani qayta ishlash texnologiyasi mustaqil ilmiy-texnologik
yo‗nalishdir va bu kurs boshqa fanlar «Sintetik va tabiiy yuqori molekulyar
birikmalar kimyoviy texnologiyasida qo‗llaniladigan xom ashyo va materiallar»,
«Sintetik va tabiiy yuqori molekulyar birikmalar kimyoviy korxona jihozlari va
loyihalash asoslari» fanlari bilan chambarchars bog‗langandir.
Termoplastik polimerlarni har xil profilga ega bo‗lgan teshiklar orqali
uzluksiz siqib chiqarish va uni sovutish
Do'stlaringiz bilan baham: |