Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


    2.4. Uchinchi avlod sotali tizimlari



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

 


89 
 
2.4. Uchinchi avlod sotali tizimlari 
 
3G  HSAT konsepsiyasining asosiy qoidalari.   3G  bu  nafaqat 
Internetga  tezkor  ulanish,  bu  muloqot  qilishga,  ma’lumotlarga  ruxsat 
etishga  va  boshqalarda  tubdan  yangi  yondashish  hisoblanadi. 
Boshqacha  aytganda,  an’anaviy  faqat  statsionar  qaraladigan 
imkoniyatlar  va  qurilmalari  mobil  bo‘lib  qoladi.  Foydalanuvchi 
nafaqat  o‘z  suhbatdoshi  bilan  so‘zlashishi,  balki    videotelefon 
yordamida  uni  ko‘rishi,  Internet  tarmog‘i  bo‘yicha  sayr  qiishi, 
biznesni  yuritishi,  o‘rganishi,  ko‘ngil  ochishi  mumkin  va  bularning 
barchasi bugungi kunda sotali telefon - uncha katta bo‘lmagan qurilma 
yordamida mumkin bo‘ladi. Tabiiyki, bunday xizmatlar yuqori tezlikli 
ma’lumotlarni  uzatilishini  talab  qiladi.  Buning  uchun  dastlab 
ma’lumotlarni  tor  polosali  uzatilishiga  mo‘ljallangan  mavjud  mobil 
aloqa  tarmoqlarini  multimedia  mobil  xizmatlari  va  Internetga  ulanish 
uchun  zarur  tezlikni  ta’minlaydigan  keng  polosali  tarmoqlargacha 
qadamma-qadam modernizatsiyalash ko‘zda tutilmoqda [11]. 
Uchinchi  avlod  mobil  aloqaning  asosi  IP  texnologiya 
hisoblanadi,  u  ma’lumotlarni  paketli  uzatishga  asoslangan,  bu 
abonentning  doimo  on-line  rejimida  bo‘lishini  bildiradi.  Bunda 
bog‘lanish  vaqtiga  emas,  balki  faqat  uzatilgan  yoki  qabul  qilingan 
ma’lumotlar hajmiga haq to‘lanadi. 
        Butun  telekommunikatsiyalar  industriyasi  uchun  tugal  maqsad 
keng  polosali  tizimlarni  qo‘llaydigan  va  global  mobillikni 
ta’minlaydigan  yagona  mobil  aloqa  butundunyo  muhitini  yaratish 
hisoblanishiga 
qaramasdan, 
uchinchi 
avlod 
xizmatlarini 
ta’minlaydigan bir qancha standartlar tizimlari vujudga keldi. 
         3G  nima  berishi  haqidagi  ko‘plab  turli  talqin  etishlar  mavjud, 
lekin  universal  qabul  qilinadigan  yagona  tavsif  Xalqaro  elektr  aloqa 
ittifoqi (ITU) e’lon qilgan tavsif hisoblanadi. ITU butundunyo bo‘ylab 
sanoat  tashkilotlari  bilan  ishlaydi,  texnik  talablar  va  standartlarni, 
shuningdek  IMT-2000  (International  Mobile  Telecommunications-
2000)  dasturi  doirasida  3G  tizimlar  uchun  spektrdan  foydalanishi 
qoidalarini  aniqlaydi  va  tasdiqlaydi.  IMT-2000  bu  Xalqaro  elektr 
aloqa ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar bo‘lib, ular 
butun  uchinchi  avlod  standartlari  oilasi  uchun  chastotalar  spektridan 
foydalanish  va  texnik  o‘ziga  xos  xususiyatlari  masalalariga  tegishli 
hisoblanadi.    Tavsiyalar  dunyodagi  mavjud  ikkinchi  avlod 
standartlarini 
uchinchi 
avlod 
standartlariga 
evolyusiyalanishi 


90 
 
yo‘llarini tavsiflaydi. ITU IMT-2000 (3G) tarmoqlari, shuningdek 2G 
tizimlari  uchun  tizimning  yaxshilangan  sig‘imini  va  spektridan 
foydalanish  samaradorligini  va 
mobil  rejimda  ishlatilganida 
(binolardan  tashqarida)  minimum  144  kbit/s,  mobil  bo‘lmagan 
sharoitlarda (binolarda) maksimum 2 Mbita/s tezliklarli ma’lumotlarni 
uzatish servislarini qo‘llanilishini talab qiladi. 
        Bu  talablarga  asoslanish  bilan  ITU  1999  yilda    ITU-R  M.1457 
tavsiyalarining  qismi  sifatida  IMT-2000  standartlari  uchun  beshta 
radiointerfeyslarni 
(W-CDMA, 
CDMA2000, 
TD-CDMA/TD-
SCDMA,  DECT,  UWC-136)  ma’qulladi.  Sanab  o‘tilgan  3G  tarkibiy 
qismlaridan  faqat  birinchi  uchtasi  uchinchi  avlod  to‘laqonli  sotali 
aloqa  standartlari  hisoblanadi,  DECT  va  UWC-136  esa  yordamchi 
rolni  o‘ynaydi.  DECT  bu  uchinchi  avlod  mobil  texnologiyalari 
doirasida  bu  tarmoqlarga  qaynoq  ulanish  nuqtalarini  (xot-spotlarni) 
tashkil  etish  uchun    uy  yoki  ofis  maqsadlaridagi  simsiz  telefoniya 
standarti  hisoblanadi.  UWC-136  standarti  bu  EDGE  texnologiyasiga 
o‘xshash bo‘lib, 2,5G tarmoqlarga kiradi. 
1998  yilning  29  yanvarida  European  Telecommunications 
Standards  Institute  (ETSI)  a’zolari  uchinchi  avlod  (3G)  mobil  aloqa 
standartlariga nisbatan kelishuvga erishdi. Bu standart universal mobil 
kommunikatsion  tizim  (Universal  Mobile  Communications  System) 
bo‘lib, uning uchun yechim UTRA (UMTS Terrestrial Radio Access) 
deyiladi  va  u  har  ikkala  W-CDMA  (keng  polosali  Code  Division 
Multiple  Access)  va  TD-CDMA  (Time  Division  Multiple  Access 
CDMA) takliflarga asoslanadi. W-CDMA ilovalar keng spektri uchun 
ishlatiladi,  u  holda  TD-CDMA  yuqori  mobillikni  ta’minlash  talab 
qilinmaydigan  binolar  uchun  avzal  ishlatiladi.  Bu  standart, 
kutilganidek, jahon bozorida yangi joyni hosil qiladi va uchinchi avlod 
tarmoqlari uchun eng keng ishlatiladigan standart bo‘lib qoladi. 
Bugungi  kunda  jahonda  raqobatlashadigan  ikkita  asosiy  3G 
konsepsiyalari mavjud:        
-  UMTS  (Universal  Mobile  Telecommunications  Systems  — 
universal    mobil  telekommunikatsion  tizim),  evropa  davlatlarida 
qo‘llanadi; 
- CDMA 2000ning (Code Division Multiple Access  — kanallar 
kodli  ajratiladigan  multiulanish)  tarafdorlari  Osiyo  mamalakatlari  va 
AQSh hisoblanadi.  
Prinsip  jihatdan  bu  ikkala  texnologiyalar  ikkita  turli  3G 
tarmoqlarni  tashkil  etishga  revolyusion  (UMTS)  va  evolyusion 


91 
 
(CDMAning  CDMA2000,  CDMA2000  IX,  CDMA2000  IX  EvDo 
turlari) yondashishlarni ko‘zda tutadi. Evolyusion yo‘l chastotalarning 
saqlanishi va yangi  texnologiyalarga operatorning texnik quvvatlarini 
oshirish  yo‘li  bilan  bosqichma-bosqich  o‘tishni  ko‘zda  tutadi.  UMTS 
bu  mutlaqo  yangi  standart,  shu  bilan  bir  vaqtda  3G  uchun  taqdim 
etilgan CDMAning ko‘rinishi sifatida hozirda dunyoda ishlatilayotgan 
ikkinchi  avlod  cdmaOne  (IS-95)  texnologiyalarining  rivojlanishi 
hisoblanadi.  Hozirgi  vaqtda  3G  tarmoqlar  deyarli  butun  dunyoda 
ishlatilmoqda. 
         Asosida uchinchi avlod aloqa tarmoqlari quriladigan sotali aloqa 
asosiy standartlarini ko‘rib chiqamiz. 
         CDMA-2000  bu  ITU  IMT-2000  aniqlaganidek,  3G  sotali  aloqa 
uchinchi  avlod  xizmatlarini  ta’minlaydigan  simsiz  radioulanish 
hisoblanadi. 
 
  Dastlab cdma-2000ni ishlab chiqishda quyidagi shartlar qo‘yildi: 
  
  -  3Gga  ITU  talablariga  aloqa  xizmatlarining  hajmi  va  sifatining 
mos kelish;  
-  operatorlik  kompaniyalarining  kapital  qo‘yilmalarini  xavfini 
kamaytirish va himoyalash; 
-  tarmoqlarni  qurish  bo‘yicha  operatorlik  kompaniyalarining 
ishini engillashtirish. 
         cdma-2000 sotali tarmoqlar cdmaOne (IS-95) raqamli tarmoqlar 
bilan  to‘liq  moslashuvchan,  bu  yangi  simsiz  aloqa  avlodiga  oddiy  va 
qimmat  bo‘lmagan  o‘tishni  ta’minlaydi  va  bu  bilan  operatorlik 
kompaniyalarining kapital qo‘yilmalarini himoyalashni ta’minlaydi. 
         cdma-2000 
sotali 
tarmoqlar 
ovoz 
sifatini 
sezilarli 
yaxshilanishini,  yuqori  tezliklardagi  ovoz  kanallarining  sig‘imini  va 
ma’lumotlarni  uzatilishi  multmedialiligini  oshirilishini  ta’minlaydi. 
cdma2000ga  evolyusion  o‘tish  1X  va  3X  sifatida  ma’lum  bo‘lgan 
ikkita  fazalarga  bo‘linadi.  IMT-2000ga  evolyutsion  o‘tishni  amalga 
oshirish uchun 1,25 MGs chastotalar polosasida standartning yana bir 
rivojlanishi  1XEV  ko‘rib  chiqiladi,  u  1Xdan  yuqori  cdma2000 
imkoniyatlarini  kengaytirishga  imkon  beradi.  Gonkongda  bo‘lib 
o‘tgan  CDMA  kongressida  bu  standartlarga  oldin  butun  dunyodagi 
operatorlardan to‘plangan va CDGda umumlashtirilgan talablar qabul 
qilindi. 
         CDMA-2000  1X.  cdma-2000  1X  tarmoqlari  cdmaOne  kabi 
o‘sha chastotalar polosalarida ishlaydi, lekin ular ovoz kanallarining 2 
martta katta o‘tkazish polosasiga va 144 Kbit/s  ma’lumotlarni uzatish 


92 
 
tezligiga  ega.  cdma-2000  1X  va  cdmaOne  tarmoqlari  to‘liq 
moslashuvchan, 
ularga 
bir 
tarmoqning 
boshqasiga 
keyingi 
takomillashtirilishi  sifatida  qarash  kerak.  TIA  cdma-2000  1Xni    kak 
IS-2000  standarti  sifatida  e’lon  qildi.  1X  nom  1XRTT  texnik 
atamasidan  kelib  chiqadi,  u  1,25  MGs  chastotalar  polosasi  spektrini 
egallaydigan  cdma-2000  tarmoqlariga  kiradi.  1X  1,25  MGs  polosada 
radiouzatish texnologiyasini bildiradi. 1X chastotalar spektrining turli 
oraliqlarida 1,25 MGs polosani egallashi mumkin. 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish