Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

         Yacheykalarda bo‘lgan harakatdagi abonentlarga BTSlar xizmat 
ko‘rsatadi,  ular  har  bir  MSga  undan  chaqiruv  kelganida  bo‘sh 
chastotalar kanalini taqdim etadi. Barcha BTSlar kommutatsion tizim 
yordamida  bir-birlari  bilan  ulanishi  mumkin,  shuningdek  oddiy  TLF 
tarmoqqa chiqishga ega bo‘ladi.  
Kommutatsion 
tizim 
MS 
ko‘rinishida  jamlangan  yoki 
taqsimlangan  bo‘lishi  mumkin,  bu  bunday  xizmat  ko‘rsatish  turiga 
dastlabki  xarajatlarni  kamaytirishga  imkon  beradi.  Taqsimlangan 
holda  kommutatsiyalash  tugunlari  BTSga  o‘rnatiladi.  Qabul  qilish-
uzatish  qurilmalari  bilan  jihozlangan  har  bir  BTS  orqali  chastotalar 
kanallari to‘plami beriladi, binobarin, himoya intervali bilan ajratilgan 
har bir BTSlarda o‘sha bir kanallar takroran ishlatiladi, bu HSATning 
asosiy tamoyili bo‘lib, u tizimning yuqori chastotaviy samaradorligini 
aniqlaydi.  Turli  chastotalar  kanallarini  ishlatadigan  yonma-yon 
BTSlar S stansiyalardan guruhni hosil qiladi (2.2- rasm). 
 
 
 
2.1- rasm. HSAT xizmat ko‘rsatish hududi 
 
S  qiymat  tizimning  chastotaviy  parametri  (klasteri)  hisoblanadi 
va SHATning bo‘lishi mumkin kanallari sonini aniqlaydi. 
 
 


81 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.2-rasm. Yonma-yon stansiyalar guruhi 
 
         
 
Agar  har  bir  BTSda  to‘plam  F

polosa  kengligili  L  kanallardan
 
tashkil  topsa,  u  holda  HSATning  uzatish  yo‘nalishidagi  polosasining 
umumiy  kengligi  F
c
=F
k
ℓCni  tashkil  etadi.  R
0
  radiusli  xizmat 
ko‘rsatish  hududidagi  BTSlar  soni  (L)  taxminan  quyidagicha 
aniqlanadi: 
 
  
L=1,21 (R
o
/R)
2
 
         
         U  holda  butun  xizmat  ko‘rsatish  hududidagi  aktiv  abonentlar 
soni  N=Lℓ  kabi,  chastotalar  spektridan  foydalanish  samaradorligi  esa 
quyidagicha aniqlanadi: 
 
 
G=N/F
c
=L/F
k
S = 1,21 R
o
2
/ F
k
CR
2
 
 
ya’ni  u  ℓ  to‘plamdagi  kanallar  soniga  bog‘liq  bo‘lmaydi  va 
yacheykaning  R  radiusi  kamayishi  bilan  ortadi.  Bu  yerdan  kelib 
chiqadiki,  yacheykaning  R  radiusi  qanchalik  kichik  bo‘lsa, 
chastotalarni  shunchalik  tez-tez  takrorlash,  ya’ni  ulardan  bir  vaqtda 
 
7 ta stansiyalardan guruh
 


82 
 
foydalanish  mumkin  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,    S  chastota 
parametrining kichikroq qiymatini tanlash kerak bo‘ladi. 
        Yacheykalarning  shakli  olti  burchakli  shaklga  ega  bo‘lganida  S 
kattalik  va  D  interval  (takrorlanadigan  chastotalar  orasidagi  interval) 
orasidagi optimal nisbat o‘z o‘rniga ega bo‘ladi: 
 
C=(D/R)
2
/3 
 
Bundan  tashqari.  yacheykalarning  shakli  olti  burchakli  shakli 
MS  uzatkichining  cheklangan  quvvatili  va  chastotalar  kanallarining 
taqsimlanishini 
tizimlashtirish 
imkoniyatli 
tizimdagi 
doiraviy 
zonaning eng yaxshi approksimatsiyalanishini ta’minlaydi. 
Ko‘rib  chiqilgan  hududni  ikki  o‘lchamli  qamrab  olish  sxemasi 
yacheykalarni  bitta  uzun  liniya  bo‘ylab  chiziqli  joylashishi 
sxemasidan  biroz  farqlanadi.  Chiziqli  joylashish  tizimlarni  radial 
yo‘nalishda,  masalan,    avtomagistrallar  bo‘ylab  qurishda  eng  katta 
qiziqishni  uyg‘otadi.  Bunda  chastotalar  kanallarining  minimal  zarur 
soni S = D/2R sifatida aniqlanadi. 
 
Ishlatish tajribasi va hisoblashlar ko‘rsatadiki, R va D/R nisbatni 
kamaytirish  HSATda  yuqori  o‘tkazish  qobiliyati  va  chastotaviy 
samaradorlikka  erishishga  imkon  beradi.  Lekin,  yacheyka  radiusini 
o‘ta  kamaytirish  abonentlarning  harakatlanishida  yacheykalarning 
shartli  chegaralarini  kesishilari  sonini  keskin  ortishiga  olib  keladi. 
Shunga  ko‘ra,  ishlov  berishni  talab  qiladigan  ma’lumotlar  oqimi 
ortadi,  bu  boshqarish  va  kommutatsiyalash  nimtizimlarining  o‘ta 
yuklanishiga  va  buning  natijasida  tizimning  rad  etishiga  olib  kelishi 
mumkin.  Bundan  tashqari,  R  ning  kichik  qiymatlarida  real  joy 
sharoitlaida BTS antennasining aniq joylashishidan og‘ishi o‘z o‘rniga 
ega  bo‘lishi  mumkin.  Hisoblashlar  ko‘rsatadiki,  R  =  1,6  kmda  BTS 
antennasining  geometrik  markazga  nisbatan  chorak  radiusga  surilishi 
BTS  qabullagichi  kirishidagi    signal/shovqin  nisbatini  10  %ga 
kamayishiga olib keladi.  
D/R  qiymat  o‘zaro  halaqitlarning  berilgan  sathi  orqali 
aniqlanadi,  D/Rning  kichik  qiymatlarida  qabul  qilishning  yuqori 
halaqitbardoshligini saqlashga yo‘naltirilgan maxsus choralarn ko‘rish 
talab  qilinadi.  Halaqitbardosh  qabul  qilishni  oshirish  usullaridan  biri 
yo‘naltirilgan antennalardan foydalanish hisoblanadi. Masalan, AMPS 
(AQSH)  tizimida  qabullagich  kirishidagi  berilgan  signal/shovqin 
nisbatida 
yo‘naltirilmagan  antennalar  o‘rniga  uchta  120°li 


83 
 
antennalarning  qo‘llanilishi  (2.3-  rasm)  chastota  parametrini  S=7 
gacha kamaytirishga (yo‘naltirilmagan antennalar uchun S=12) imkon 
beradi. 
 
 
2.3- rasm.AMPS tizimidagi antennalar 
 
         HSATda  chastotaviy  rejalashtirish.  Kanallarn  taqsimlash 
usullaridan biri ikkilangan tuzilma usuli hisoblanadi. Bu usulnng eng 
oddiy  qoidasiga  muvofiq,  BTSga  k,  k  +  ℓ,  k+  ℓS  nomerlarga  ega 
bo‘lgan  kanallar  to‘plam  ajratiladi,  bu  yerda  k  –  turli  tplamlarni 
ishlatadigan 
stansiyalar 
guruhidagi 
BTSning 
nomeri, 
ya’ni                  
k = 1,2 … S. Masalan, 3 raqami bilan belgilangan yacheykalarda k = 7 
da 3,10,17,24 …va h.k. kanallar ishlatiladi. 
          Yo‘naltirilgan  antennalarli  tizimda  simvollararo  halaqitlarni 
so‘ndirish  yonma-yon  kanallar  antennalarining  mos  fazoviy 
yo‘naltirish hisobiga yanada samarali bo‘ladi. 
Bunday  chastotaviy  rejalashtirishning  (qayd  etilgan)  boshqa 
usullari  simvollararo  halaqitlar  darajasin  ta’minlash  bo‘yicha 
taxminan o‘sha natijani beradi. 
CHastotalar  kanallarini  qayd  etilgan  taqsimlash  usulidan 
tashqari,  dinamik  taqsimlash  usuli  ma’lum,  uning  asosiy  vazifasi 
kanallardan  foydalanish  samaradorligini  oshirish  va  bu  yacheykaning 
barcha  kanallari      band  bo‘lganida  chaqiruvni  blokirovkalanishi 
ehtimolligini  kamaytirish  hisoblanadi.  Bunda  barcha  kanallari  band 
bo‘lgan  BTSlarga  aloqa  seansi  vaqtiga  qo‘shni  yacheykalardan 
kanallar taqdim etiladi.      
Shuningdek  kanallarni  taqsimlashning  aralash  usullarini  ham 
ishlatish  mumkin.  Bunday  tizimlarda  har  bir  BTSga  qayd  etilgan 
kanallar  soni,  shuningdek  bir  qancha  dinamik  taqsimlangan  kanallar 


84 
 
ajratiladi.  Bunday  qurishda  chaqiruvni  blokirovkalanshi  ehtimolligi 
ham  mavjud  bitta  kanalga  yuklamaga,  ham  qayd  etilgan  va  dinamik 
kanallar sonlari orasidagi tanlangan nisbatga bog‘liq bo‘ladi. 
Dinamik  va  aralash  taqsimlashning  muhim  avzalligi  ular  bitta 
kanalga telefon yuklamasini, agar uning zichligi o‘zgarmas bo‘lmasa, 
tenglashtirishni  amalga  oshirishga  imkon  berishi  hisoblanadi.  Qayd 
etilgan  taqimlashda  bunga  yacheykaning  radiusini  kamaytirish, 
shuningdek  yuqori  trafikli  joylarda  BTSga  kanallar  sonini  oshirish 
yo‘li  bilan  erishiladi.    Bunday  tamoyil  bo‘yicha  tizimning  dastlabki 
ishga  tushirilishi  amalga  oshiriladi,  ya’ni  dastlab  yirik  yacheykalarli 
bir  necha  BTSlar  kiritiladi,  keyin  esa  sotali  panjaraning  bosqichma-
bosqich  bo‘linishi  yo‘li  bilan  tizim  maksimal  o‘tkazish  qobiliyati 
rejimiga o‘tadi. 
HSATni  loyihalashtirishda  nafaqat  chastotaviy  rejalashtrish  va 
kanallarni  taqsimlash  masalalarini  o‘rganish,  balki  UQTni  shahar  va 
shahar oldi zonalarini tarqalishin tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega. 
Ko‘p karrali qaytish (ko‘p nurlilik) mumkin bo‘lgan shahar va qishloq 
joylari  sharoitlarida  UQTning  tarqalishini  o‘tkazilgan  ko‘p  sonli 
tadqiqotlari  ko‘rsatdiki,  radioto‘lqinlarning  so‘nishi  sezilarli  tarzda 
faqat  BTS  antennasining  h  balandligiga  bog‘liq  bo‘ladi  va  uning 
ortishi bilan kamayadi. Bundan tashqari, signalning quvvati antennalar 
orasidagi masofaga bog‘liq ravishda deyarli bir xil o‘zgaradi. 
HSATga,  bir  tomondan  aralash  kanallarli  yacheykalarning 
o‘zaro  halaqatlari,  boshqa  tomonda  kanallararo  halaqitlarning 
mavjudligi  bilan  shartlanadigan  ichki  tizimli  halaqitlar  ham 
xususiyatli  hisoblanadi.  O‘zaro  halaqitlar  sathi  S  va  D  tarmoqlarning 
tanlangan  parametrlari  orqali  aniqlanadi,  ular  berilgan  o‘tkazish 
qobiliyati  va  ajratlgan  chastotalar  polsasida  halaqit  qiluvchi 
stansiyalar sonin aniqlashga imkon beradi. Agar umumiy BTSlar soni 
katta  bo‘lmasa,  ya’ni  L  S  qiymatdan  sezilarli  ortiq  bo‘ladi,  u  holda 
tizimda  bir  yoki  bir  necha  halaqit  qiluvchi  stansiyalar  bo‘lishi 
mumkin. 
         Ichki  tizimli  halaqitlarni  hisoblashning  turli  uslublari  mavjud. 
Ular  bo‘yicha  hisoblash  natijalari  taxmnan  bir  xil.  Bunday 
hisoblashlarni  tahlil  qilish  ko‘rsatdiki,  halqitbardoshlikni  oshirish  va 
spektrdan  yanada  samarador  foydalanish  uchun  BTSga  yo‘naltirilgan 
120°  -  antennalarning  o‘rnatilishi  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Bu 
holda  har  bir  BTS  olti  burchakli  yacheykaning  burchaklaridan  biriga 
joylashtiriladigan  va  shunday  tarzda  bir  vaqtda  uchta  yacheykani 


85 
 
qamrab  oladigan  uch  sektorli  antennaga  ega.    Har  bir  yacheykaga 
uchta  BTSlardan  uchta  sektorlar  to‘g‘ri  keladi,  u  holda  BTSlarning 
umumiy  soni  tizimning  yacheykalari  soniga  teng  bo‘ladi.  MS  olti 
burchakli  yacheykaning  burchaklaridan  biriga  joylashadigan  yomon 
hol uchun S=1da, qabullagich kirishidagi signal/halaqit nisbati 1,7 dB 
qiymatgacha  ortadi.  Umumiy  holda  ko‘rinadiki,  yo‘naltirilgan 
nurlanish  HSATda  o‘zaro  halaqitlar  darajasni  kamaytirishning 
samarali chorasi hisoblanadi. 
 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish