Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
1-Bob. SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI ASOSLARI 
 
1.1Radioaloqani tashkil etish tamoyillari 
 
Radioaloqaning eng oddiy sxemasi 1.1- rasmda keltirilgan. 
 
 
 
1.1-  rasm. Radioaloqa sxemasi 
             
Bu yerda: 
  
1–  ma’lumotlar  (raqamli  ma’lumotlar,  tasvir,  ovoz  va  h.k.) 
manbai;  
  
2– xabar o‘zgartirigichi keladigan ma’lumotlarni elektr signalga 
o‘zgartiruvchi qurilma;  
  
3– uzatkichli modulyator. 
 
4– radioqabul qilish qurilmasi. 
         5
– Detektor. 
         6
– Qayta tiklash qurilmasi. 
Signalni  modulyatsiyalash  zarurati  shundan  iboratki,  elektr 
signalga  o‘zgartirilgan  ma’lumotlar  nisbatan  past  chastotaga  ega, 
ma’lumki,  past  chastotali  signal  yomon  nurlanadi.  Radiosignal 
deyiladigan 
modulyatsiyalangan 
yuqori 
chastota 
tebranishlar 
uzatuvchi  antennaga  uzatiladi  va  atrof-muhitga  elektromagnit 
to‘lqinlarni  qo‘zg‘atadi.  Uzatkichdan  uncha  katta  bo‘lmagan 
elektromagnit to‘lqinlar energiyasi qismi qabul qilish antennasiga etib 
boradi  va  unda  kuchsiz  modulyatsiyalangan  yuqori  chastotali  tokni 
hosil qiladi. RQQQda  modulyatsiyalangan tebranishlar kuchaytiriladi 
va 
keyin 
o‘zgartirgichdan  uzatish  punktida  olingan  o‘sha 
ko‘rinishdagi  signalga  detektorda  teskari  o‘zgartiriladi.  Bunday 
o‘zgartirish detektorlash deyiladi. Keyin signal qayta tiklash qurilmasi 
–  harf  teruvchi  apparat,  telefon,  televizion  qabul  qilish  trubkasi  va 
boshqalarga  beriladi,  so‘ngra  qabul  qilingan  ma’lumotlar  oluvchiga 
beriladi. 



 
Uzatkich,  uzatuvchi  antenna,  to‘lqinlarning  tarqalishi  muhiti, 
qabul  qilish  antennasi  va  qabullagichdan  iborat  kompleks 
radioliniyani 
hosil 
qiladi. 
1.2-rasmdan 
ko‘rinib 
turibdiki, 
radioliniyalarda  uzatuvchi  antenna  joylashgan  punktdan  qabullagich 
joylashgan  punktga  ma’lumotlarni  bir  tomonlama  uzatilishi  amalga 
oshiriladi. Teskari uzatish bu holda ko‘zda tutilmaydi. 
Bir  tomonlama  uzatish  ko‘pincha  radioaloqada  emas,  balki  ovoz 
va  TV  uzatishda,  matbuot  agentliklari  uchun  ma’lumotlarni, 
metrologik  ma’lumotlarni,  aniq  vaqt,  aniq  signallarini  uzatish 
xizmatlarida  va  boshqalarda  ishlatiladi.    Qurilmalardan  foydalanish 
samaradorligini  yaxshilash  va  radioliniyaning  o‘tkazish  polosasini 
oshirish  uchun  zichlashtirish  apparaturasi  qo‘llaniladi  (1.2-  rasm). 
Turli 
1a–1n 
ma’lumotlar 
manbalari 
signallaridan 
2a–2n 
o‘zgartirgichlar  orqali  o‘zgartirilgan  yagona  guruh  signalini  hosil 
qiladi.  Bu  apparaturaning  qabul  qiluvchi  qismi  signallarni  ajratadi, 
ularni o‘zgartirishni amalga oshiradi (7a–7n), bundan keyin ular 8a-8n 
iste’molchilarga  beriladi.  Bitta  manbadan  xabarlarni  oluvchiga 
uzatilishini  ta’minlaydigan  texnik  vositalar  majmui  radioaloqa  kanali 
deyiladi. Radioliniyalar zichlashtirilgan radioaloqa tizimi ko‘p kanalli 
radioaloqa deyiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.2-  rasm. Zichlashtirish apparaturali radioliniya  
 
Ikkita  punktlar  orasida  ma’lumotlarni  almashlash  uchun  bir-
birlariga  qarama-qarshi  ishlaydigan  ikkita  bir  tomonlama  aloqa 
qurilmalari  jamlanmasi  yordamida  ta’minlanadigan  ikki  tomonlama 
radioaloqa  tashkil  etiladi.  Ikki  tomonlama  radioaloqaning  har  bir 
oxirgi  punktida  ham  uzatish,  ham  qabul  qilish  qurilmalari 
joylashtiriladi.  Manba  va  oluvchi  odatda  birlashtiriladi,  shuningdek 
ayrim  hollarda  uzatkich  va  qabullagich  ham  yagona  qabul  qilish-
 
Uz
ati
sh zic
hlashti
rish 
appa
ra
tu
ra
si

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish