Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

ESYli  aloqa  tizimlarining  xarakterli  o‘ziga  xos  xususiyalariga 
nisbatan uncha katta bo‘lmagan hajmdagi  ma’lumotlarni yer sirtining 
sezilarli  maydonlarini  qamrab  olish  bilan  (global  tizimlarni 
qurishgacha) juda katta olis maofalarga uzatish (10 – 60 Mbit/c gacha 
tezliklarda)  imkoniyati  kiradi.  Uzatiladigan  ma’lumotlar  hajmini 
cheklash yerda ma’qul elektromagnit holatni ta’minlash maqsadlarida 
nurlantiriladigan signallar quvvatini chegaralash orqali aniqlanadi. 
Yer  usti  simsiz  tizimlari  ma’lumotlarni  uzatish  zamonaviy 
tizimlarida  orasida  optik  tolali  va  sun’iy  yo‘ldoshli  tuzilmalar  bilan 
muvaffaqiyatli  raqobatlashish  bilan,  ayniqsa  uncha  katta  bo‘lmagan 
mosfalarga  aloqada  juda  sezilarli  rolni  o‘ynaydi.  Yer  usti  radio 
vositalari  sohasidagi  texnologik  yechimlarda  inqilobiy  o‘zgarishlar 
bo‘lib  o‘tdi.  Bir  necha  o‘n  minglab  kilometrlargacha  masofalarda 
aloqani  mikroto‘lqinli  aloqa  tizimlari  ta’minlaydi  ularning  ishlash 
tezligi  sekundiga  yuzlab  megabitlardan  ortadi.  40  MGs   chastotalar 
polosasida  STM-4  (622  Mbit/s)  raqamli  oqimlarni  uzatilishini  tashkil 
etishga imkon beradigan radioreleli raqamli tuzilmalar paydo bo‘ldi. 
Uncha  katta  bo‘lmagan  masofalarga  aloqa  uchun  (bir  necha 
o‘nlab  kilometrlargacha)  ulanish  va  ma’lumotlarni  taqsimlash 
tizimlari  ommaviy  ko‘lamlarda  ustun  rivojlanmoqda.  Bunday 
tizimlarga  tor  polosali  va  keng  polosali  radioaloqa  tizimlari, 
shuningdek ochiq tarqatiladigan telekommunikatsion tizimlar kiradi. 
Tor polosali va keng polosali radioaloqa tizimlaridagi farq, avvalo 
qo‘llaniladigan  tebranishlar  tashuvchilari  tuzilmalaridan  iborat.  Tor 
polosali    tizimlarga  kiradigan  an’anaviy  radiovositalar  signal 
tashuvchisi  sifatida  bir  chastotali  garmonik  tebranishlarni  ishlatadi. 
Bunday  tizimlardagi  ajratilgan  chastotalar  diapazonida  ko‘plab 
foydalanuvchilarning 
ishlash 
imkoniyatini 
ta’minlash  uchun 



 
uzatiladigan 
signallar 
chastotalari 
polosalarini 
iloji 
boricha 
kamaytirishga  uriniladi.  Keng  polosali  aloqa  tizimlarida  tebranishlar 
tashuvchilari  sifatida  keng    polosali  psevdo-tasodifiy  signallar 
qo‘llaniladi.  Bunda  har  bir  foydalanuvchining  signali  chastotalar 
diapazonining butun ajratilgan oralig‘ini egallaydi, alohida signallarni 
ajratish esa kodli usullarda amalga oshirildi. 
So‘nggi yillarda ishlab chiqilgan ochiq tarqatiladigan optik aloqa 
tizimlari  infraqizil  va  lazerli  tizimlarga  bo‘linadi.  Bu  tizimlar  kichik 
masofalarga  (yuzlab  va  minglab  metrlarga)  ma’lumotlar  sezilarli 
oqimlarini  uzatishga  imkon  beradi.  Uncha  katta  bo‘lmagan  masofa 
sabablari  tabiatda  tuman,  yomg‘ir,  qor,  qurum,  do‘l  va  turli  tabiiy  va 
sun’iy  to‘siqlarning  ta’siri    mavjudligi  orqali  tushuntiriladi.  Eng 
yaxshi  tizimlar  (masalan,  Canobeam,  Lightpoint  tizimlari)  signalni 
juda  zich  nurga  jamlash  va  yorug‘lik  nurini  antennaning  apreturasida 
ushlab turadigan tizimni avtomatik qidirish va sozlashni qo‘llash bilan 
istalgan  ob-havo  sharoitlarida  raqamli  oqimlarni  4-5  kmlargacha 
masofalarga  155  Mbit/s  tezliklarda  uzatishga  imkon  beradi 
(
www.canon
.com, 
www.lightpointcom.com
).  Infraqizil  va  lazerli 
qurilmalarning eng muhim afzalliklariga boshqa tizimlariga qaraganda 
ularning  hamma  joyda  hech  qanday  litsenziyalarsiz  va  ruxsatlarsiz 
qo‘llanilishini kiritish mumkin. 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish