Qa
bul qi
li
sh
z
ichla
shti
rish
appa
ra
tu
ra
si
8
uzatish radiostansiyasiga birlashtiriladi. Bunday punktda ikkita
antennalar o‘rniga bitta umumiy qabul qilish-uzatish antennasi
ishlatiladi.
Ikki tomonlama radioaloqa quyidagi variantlar bo‘yicha tashkil
etilishi mukin:
1. Har ikkala uzatkichlar bitta chastotada ishlaydi, ya’ni
qabullagichlar ham o‘sha bir chastotaga sozlanadi. Bu holda
radioliniya bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay olmaydi. Bunday aloqa
simpleks aloqa deyiladi.
2. Uzatkichlar turli chastotalarda ishlaydi, mos ravishda
qabullagichlar ham turli chastotalarga sozlanadi. Bu holda radioliniya
bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay oladi. Ishlash navbatma-kavbat
yo‘nalishlardan birida amalga oshiriladi. Bunday aloqa dupleks aloqa
deyiladi.
3. Radioaloqa qabul qilish va uzatish chastotalaridan foydalanish
orqali, lekin dupleks radioaloqaga qaraganda bir vaqtda emas, balki
navbatma-navbat amalga oshiriladi. Signal bitta chastotada qabul
qilinadi, boshqa chastotada uzatiladi. Vaqtning bir momentida abonent
“qabul qilish” yoki “uzatish” rejimida bo‘lishi mumkin. Bunday aloqa
yarim dupleks (ikki chastotali simpleks) aloqa deyiladi.
Yarim dupleks aloqa quyidagi rejimlarda ishlatiladi. Odatda
istalgan aloqa tizimining birinchi vazifasi talab qilinadigan (juda
katta) aloqaning uzoq masofaliligini ta’minlash hisoblanadi. Lekin
uzoq masofalilik planeta sirtining egriligi ufqning chegaralari ortida
aloqani amalga oshirishga imkon bermaydigan shardan iboratligi
tufayli cheklangan. Bu esa portativ radiostansiyalar orasidagi ochiq
tekislik joydagi aloqa 5 km atrofidagi masofalarda bo‘lishi
mumkinligini bildiradi. Agar katta masofalar (99,9 % hollarda) talab
qilinsa, u holda retranslyatorlar qo‘llaniladi.
Retranslyator bu radiosignalni qabul qiladigan va uni efirga qayta
uzatadigan
qurilma
hisoblanadi.
Koinotdagi
yerning
sun’iy
yo‘ldoshiga o‘rnatilgan retranslyator eng katta qamrab olish zonasiga
ega bo‘ladi. Yerda berilgan qamrab olishni ta’minlash uchun sun’iy
yoki tabiiy baland inshoatda (bino, machta, do‘nglik) retranslyator
o‘rnatiladi. Deyarli hech bir zamonaviy aloqa tizimi retranslyatorsiz
ishlay olmaydi. Retranslyatsiyalash tamoyili 1.3- rasmda keltirilgan.
1.3- rasmdan nima uchun yarim dupleks (ikki chastotali simpleks)
aloqa kerakligi ko‘rinib turibdi. Retranslyator qabul qilingan
signallarni uzluksiz uzatadi (dupleks), u holda u buni o‘sha bitta
9
chastotada amalga oshira olmaydi (uzatkichning signallarini shu
yordayoq qabullagich qabul qiladi, yopiq aylana hosil bo‘ladi).
Shuning uchun dupleks retranslyator nominallari ma’lum qiymatlarga
farqlanishi kerak bo‘ladigan turli chastotalarda ishlaydi (qurilmaga,
tizimga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi). Mos ravishda abonentlar
radiostansiyalarida o‘sha chastotalar, lekin “teskari” ko‘rinishda
ishlatilishi
kerak
(retranslyatorning
qabul
qilish
chastotasi
radiostansiyaning uzatish chastotasiga va aksincha mos kelishi kerak).
Barcha abonentlar radiostansiyalarida uzatish va qabul qilish
chastotalari bir xil bo‘ladi, u holda ular orasidagi to‘g‘ri bevosita
aloqa bo‘lishi mumkin emas.
1.3- rasm. Retranslyatsiyalash tamoyili
Demak, retranslyator qabul qilinadigan signalni uzluksiz
nurlantiradi, abonentlar radiostansiyalarida esa qabul qilish/uzatish
rejimlari qayta ulanishi kerak. Vaqtning bir momentida gapirish yoki
eshitish mumkin bo‘ladi. Retranslyatorning sezgirligi va quvvati
qanchalik yuqori va antenna yuqori o‘rnatilgan bo‘lsa, shunchalik
katta zonani barqaror radioaloqa bilan qamrab olish mumkin.
Agar chastotalar, mablag‘ yoki unisiyam va bunisiyam etishmasa
(eng keng tarqalgan hol), u holda faqat simpleks aloqani ishlatish
mumkin. Bunday holda abonentlar qurilmasi shunday qoladi, faqat
unda bir xil qabul qilish va uzatish chastotalari dasturlashtiriladi.
10
Retranslyator sifatida oddiy abonentlar qurilmasi ishlatilishi mumkin.
Ammo
u bir vaqtda qabul qila va uzata olmaydi, bu esa talab
qilinmaydi (yuqorida ko‘rib chiqilganidek mumkin ham emas).
Bunday retranslyatorning ishlashi uchun (u odatda simpleks
retranslyator deyiladi) maxsus qurilma - simpleks retranslyator
kontrolleri talab qilinadi. Qurilma qabul qilinadigan xabar efirda
bo‘lguncha (yoki “tasma” tugaguncha) uni yozib oladigan raqamli
magnitofon hisoblanadi. Signal yo‘qolganidan keyin kontroller
radiostansiyani uzatish rejimiga qayta ulaydi va yozib olingan xabar
efirda qayta eshittiriladi. Shunday qilib, bitta chastota va bitta
radiostansiya (dupleks emas) yetarli bo‘ladi.
Usulning
barcha
oddiyligida
va
nisbatan
arzonligiga
qaramasdan, unda jiddiy kamchilik mavjud. Abonent xabarni aytishi
va keyin uni efirda qayta eshittirilishini kutishi kerak. Shunday qilib,
simpleks retranslyator ishlatilganida radio so‘zlashuvlarga dupleks
rejim ishlatilganidagiga qaraganda ikki marta ortiq vaqt talab qilinadi.
Agar mablag‘ va radiochastotalar miqdori aniqlovchi omil bo‘lsa va
operativlikni yo‘qotilishiga ko‘nish mumkin bo‘ladi, u holda simpleks
retranslyatorlarning qo‘llanilishi (yana ular «simplekserlar», «exo-
repiterlar», «kakkuqushlar» yoki «to‘tiqushlar» deyiladi) masalani hal
etilishining eng oqilona yo‘li bo‘ladi.
Shunday qilib, dupleks rejimi uzluksiz retransyalatsiyalashda,
simpleks rejimi esa to‘g‘ri bevosita aloqada (retranslyatorlarsiz) yoki
simpleks retranslyatsiyalashda ishlatiladi.
Radioaloqa liniyasi bir necha yoki ko‘plab oraliqlardan iborat
bo‘lishi mumkin, ularning chegaralarida radiosignallarni uzatish qabul
qilish-uzatish qurilmalari jamlanmalari orqali ta’minlanadi. Bitta
punktdan signallar boshqa punktda qabul qilinadi, kuchaytiriladi va
keyin uchinchi punktga uzatiladi, u yerda yana kuchaytiriladi va
to‘rtinchi punktga uzatiladi va h.k.. Radioliniyaning bunday qurilishi
radioreleli aloqa liniyasi (1.4-rasm) deyiladi, uning shartli tasvirlanishi
1.5-rasmda keltirilgan.
Shunga o‘xshash tarzda aloqa yer sun’iy yo‘ldoshlari (1.6- rasm)
orqali amalga oshiriladi. Bitta yer usti stansiyasidan signal yerning
sun’iy yo‘ldoshida (ESY) qabul qilinadi, kuchaytiriladi va
yo‘ldoshning uzatkichi orqali birinchi yer usti stansiyasidan katta
masofalarda joylashgan boshqa yer usti stansiyasiga uzatiladi.
11
1.4- rasm. Radioreleli aloqa liniyasining qurilishi
RRL sun’iy yo‘ldoshli aloqa liniyalari kabi oxirgi punktlarda
zichlashtirish apparaturasiga ega va malumotlar katta oqimlarini
uzatishga imkon beradi.
1.5- rasm. Radioreleli aloqa liniyasining shartli tasvirlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |