MPEG-2 va MPEG-4 videosignallarni siqish standartlari.
1993 yilda Xalqaro standartlashtirish tashkilotining tashabbusi
bo‘yicha ishlab chiqilgan MPEG-2 videosignallarni siqish standarti
raqamli televizion sifatli uzatishni bo‘lishi uchun harakatlantiruvchi
kuch hisoblanadi va ko‘plab yillar davomida bu texnika yo‘nalishini
rivojlantirish yo‘lini aniqladi. Deyarli barcha davlatlar ma’lum
darajada MPEG-2 imkoniyatlarini kengaytirish va takomillashtirish
bilan uni qabul qilishdi. Bu standart bo‘yicha ishlab chiqilgan koderlar
5,5 – 6 Mbit/s oqimlar tezligida katta dinamikali televizion tasvirlarni
yuqori
uzatilishini
ta’minlaydi. MPEG-2 sezilarli darajada
harakatlanadigan tasvirlar va ovozni kodlash ususllaridagi ehtiyojini
qoniqtiradi. Bundan tashqari, bu standart videokonferens-aloqa,
videotelefoniya, ma’lumotlarni saqlash va boshqalarda qo‘llaniladi. U
o‘zgarmas va o‘zagruvchan tezlikda ma’lumotlarni uzatilishini ko‘zda
tutadi. Bunda kanallarning qayta ulanishi, tahrir qilish, tez to‘g‘ri va
tez qayta tiklash, sekin harakatlanish va boshqalar kabi masalalar
yechiladi.
Lekin MPEG-2 standarti o‘z cheklashlariga ega, shuning uchun
videosignallarni siqishni takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom
ettirildi. Hozirgi vaqtda MPEG-4 AVC yoki XEAI tasniflashi
bo‘yicha H.264/AVC (ISO/EC 14496-10 AVC) standarti etarlicha
keng ishlatilmoqda. AVC (Advanced Video Coding) qisqartmasi
takomillashtirilgan videokodlash standarti sifatida yoyiladi.
169
MPEG-2 standartidan MPEG-4 standartinig (yoki uning
takomillashtirilgan versiyalarining) asosiy farqi yagona ovoz, vizual
yoki audiovizual kontent sifatida «media-ob’ekt» tushunchasidan
foydalanishdan iborat bo‘ldi. Fazoviy siqishda 16x16 elementlardan
joriy mikroblok qo‘shni mikrobloklar bilan taqqoslanadi, farq
aniqlanadi va faqat u diskret kosinusli o‘zgartirish uchun uzatiladi.
Har bir mikroblok o‘lchami bo‘yicha kichik, masalan 4x4
elementlarga bo‘linishi mumkin, bu uzatiladigan tasvirning sifatini
oshirishga imkon beradi.
Videosignalni siqishda tasvirning sifati bloklarning sezilarligi va
bitta blokdan boshqasiga o‘tish – bloklik samarasi hisobiga pasayishi
mumkin. Blokli samaralarni kamaytirish uchun MPEG-4 AVC
standartida dekodlangan tasvirda tasvirlarning yuqori subyektiv
sifatini ta’minlaydigan keyingi qayta ishlash (blokdan chiqarish) filtri
qo‘llaniladi.
MPEG-4 AVC televizion efirli, kabelli va sun’iy yo‘ldoshli
uzatishni bitta dasturga 2 Mbit/sdan kam oqimlar tezliklarida amalga
oshirishga, optik va magnit tashuvchilarga (CD, DVD va boshqalarga)
video ma’lumotlarni sifatli yozishni ta’minlashga, TCP/IP tarmoqlar
bo‘yicha video ma’lumotlarni uzatilishini va multimediali xabarlarni
mobil aloqa orqali yetkazilishini sezilarli tezlashtirishga imkon
beradi.
Ovoz ma’lumotlari manbalaridan signallar ham raqamli
formatga o‘zgartiriladi. Bunda dastlab ortiqchalikni yo‘qotish amalga
oshiriladi, keyin halaqitbardoshlikni oshirish uchun skremblerlash
(randomizatsiyalash), undan keyin kanalli kodlash va navbatlashtirish
(interliving) amalga oshiriladi.
Ovozni siqishning eng zamonaviy tizimi AAC (Advanced Audio
Coding) ovozni kodlash takomillashtirilgan tizimi hisoblanadi, u
ISO/IEC 13818 standartning ettinchi qismida spetsifikatsiyalangan.
O‘zining samaradorligi bo‘yicha AAS MPEG-1 II darajasidan ikki
marta va III darajasidan 1,4 marta ustun. AAS tizimi stereodasturga 96
kbit/s raqamli oqimlarni uzatish tezligida yuqori sifatli ovozni
ta’minlaydi.
AASni barcha raqamli siqish vositalarida – polosali kodlash,
notekis kodlash, Xaffman kodi bilan kodlash (Huffman Codeword
Reordening), bitlarni taqsimlash maxsus algoritmlari va boshqalar
ishlatadi.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |