Raqamli radioeshittirish. Mavjud analog radioeshittirish
tizimlari ancha oldin o‘z imkoniyatlarni tugatdi. Chastotali
modulyatsiyalash UQT-uzatishda yetarlicha yuqori uzatish sifatini
ta’minlaydi, atmosfera halaqitlariga uchramaydi, lekin avtomobilda
ko‘p nurli qabul qilish va doimiy o‘zgaradigan to‘siqlardan qaytish
burchaklari natijasida signal buzilishi mumkin. Bundan tashqari,
ishonchli qabul qilish zonasi uzatkichdan 50 km masofadan oshmaydi.
Uzatish zonasini kengaytirish uchun bitta chastotada ishlaydigan
uzatkichlar
sinxron
tarmog‘i talab qilinadi. Amplitudaviy
modulyatsiyalashli (AM) uzatish katta hududlarni qamrab oladi, lekin
atmosfera va industrial halaqitlar ta’siriga uchraydi. Bundan tashqari,
AM-uzatkichning foydali ish koeffitsienti o‘rtacha 4 % ni tashkil
etadi. Quvvatning katta qismi tashuvchi chastotani nurlantirishga
sarflanadi va AM-uzatish energetika uchun anchadan buyon og‘ir yuk
bo‘lib qolgan [21,22].
Bundan tashqari, radioeshittirish uchun ajratilgan diapazonlar
juda to‘lib ketgan. Chastotalar to‘ri qadami Yevropada 9 kGs (UT va
O‘T), AQShda 10 kGsni (O‘T) tashkil etadi. Bu 2x4,5 kGs uzatish
polosali 100 dan ortiq chastotalar kanallarini beradi. Bitta chastotalar
kanali o‘zaro halaqitlar xavfisiz bir-birlaridan olisda bo‘lgan
uzatkichlarga ajratilishi mumkin, shuning uchun ular aytilgan sondan
bir necha marta katta bo‘lishi mumkin. Qisqa to‘lqinli diapazonlarda
to‘rlar qadami atigi 5 kGsni tashkil etadi, bu endi kerakli chastotalar
polosasidan kichik. QTda radioto‘lqinlarning uzoq masofalarga
172
tarqalishi hisobga olinganida halaqitlar holati yomonlashadi va uzatish
sifati tashvishli bo‘ladi.
Bir polosali modulyatsiyalashga o‘tish kanallar sonini ikki
martaga va uzatkichlarning tejamkorligini bir necha martalarga
oshirishga imkon berar edi. Bundan tashqari, bir polosali uzatishni
mavjul qabulagichlarda qabul qilish mumkin emas. Shuning uchun bir
polosali radioeshittirishga rejalashtirilgan o‘tish ehtimoli kam,
bugungi kunda atigi bir necha QT-radiostansiyalar muntazam
uzatishni amalga oshirmoqda. Va bu endi masala texnika emas, balki
iqtisodiy va ijtimoiy masala hisoblanadi. Bozorning konservatish
vazni juda katta, yuzlab, millionlab mavjud qabullagichlar har qanday
yangi tizimni ishga tushirilishiga qarshilik qiladi.
Bunday sharoitlarda eski uzatish tizimini inkor qilish faqat, agar
iste’molchiga nafaqat sifatning oshirilishi, balki qandaydir yangi,
oldin mumkin bo‘lmagan narsa taklif etilsa bo‘lishi mumkin. Tabiiyki,
insonning tovarning narxiga arzishiga amin bo‘lmaguncha to‘lashni
istamasligi ma’lum. Raqamli ovozli radioeshittirish (RORE) ovozli
dasturlari va ovoz, video, grafik, matnli va boshqa ma’lumotlar
turlarini birlashtiradigan «radiomultimedia» dasturlarini uzatilishida
prinsipial yangi imkoniyatlarni ochadi. Bir beriladigan turli xil
ma’lumotlarni qayta uzatish imkoniyati uzatuvchilarga taqdim etilishi
mumkin
bo‘ladigan servis xizmatlarining spektrini sezilarli
kengaytiradi. Musiqiy eshittirishlarning asosiy va ijrochi haqidagi
ma’lumotlar bilan birga bo‘lishi raqamli radioda hozirda an’anaviy
bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, sinov loyihalarida qabullagichlar
displeylariga eshittirishning matnli tarkibi, estrada ijrochilarining
fotosuratlari va yangiliklar tarkibini ko‘rsatadigan tasvirlarni berilishi
sinab ko‘rildi. Lekin ROREda quyidagi muammo mavjud. Ma’lumki,
etalon sifatda ko‘riladigan CDga yozish sifati bu analog signalni bitta
kanalga
44,1kGs
tanlash
chastotasili
16-razryadli
chiziqli
raqamlashtirish hisoblanadi. Zamonaviy kompressiyalash algoritmlari
bu 1,5 Mbit/s oqimni 10 martadan ortiqqa siqish imkoniyatiga ega.
Masalan, mashhur MPEG Audio Layer2 uchun asos bo‘lgan Musicam
192 kbit/sgacha siqish imkoniyatiga ega. Bunday oqimni translyatsiya
qilish uchun yetarlicha katta spektral polosa zarur.
Bunday muammoni echishga yagona yondashish mavjud emas,
bugungi
kunda
dunyoda
raqamli
radioning
uchta
asosiy
texonologiyalari mavjud. Bu Eureka-147 Yevropa tizimi, Amerika
173
IBOC konsepsiyasi va DRM past chastotali (30 MGsgacha) raqamli
uzatish tizimlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |