Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

Raqamli  televideniyeda  ommaviy  tomoshabingacha  studiya 
sifatidagi  signal  deyarli  buzilishlarsiz  etadi,  analog  uzatishga 
xarakterli  bo‘lgan  halaqitlar  yo‘qoladi.  Standart  480-625  satrlar  (3:4 
format)  soniga  qaraganda  yuqori  bo‘lgan    720,  1080  (satrlar  va 
ustunlar  nisbati)  yoyish  satrlari  sonili  yuqori  aniqlikdagi  televideniye 
(TVCh,  HDTV)  videotasvirlarini  uzatish  imkoniyati  paydo  bo‘ldi. 
Lekin  bu  yuqori  aniqlikni  mos  xarakateristalarli  kineskopga  ega 
bo‘lgan  TV  qabullagich  ekranida  ko‘rish  mumkin.  Shuning  uchun 
muhimki,  RTV  spektral  diapazondan  ancha  samarali  foydalanishga 
imkon  beradi,  bitta  analog  TV-kanal  polosasida  bir  necha  TV-
kanallarni shakklantirish mumkin, bir vaqtda mumkin bo‘ladigan TV-
dasturlar  soni  bir  tartibga  ortadi.  Nihoyat,  raqamli  televizion  signalni 
etkazish  vositalarining  rivojlanishi  bugungi  kunda  jadal  ishlab 
chiqilayotgan “so‘rov  bo‘yicha  televideniega”  muhim  qadam bo‘ladi, 
tomoshabin  endi  kanalni  emas,  balki  ko‘rishni  istagan  film  yoki 
ko‘rsatuvni ko‘radi. 
Oxirgi foydalanuvchilarga TV-trafikni uzatishning to‘rtta asosiy 
mexnizmlari  -  kabelli,  sun’iy  yo‘ldoshli,  yer  usti  (efirda  uzatish)  va 
sotali usullari ajratiladi. Sotali usul MMDS (Multichannel Microwave 
Distribution System), LMDS (Local Microwave Distribution System), 
MWS  (Multimedia  Wireless  System)  yuqori  chastotali  tizimlarni 
ishlatadi. RTV tizimlarini keng polosali MSUTga misol sifatida ko‘rib 
chiqamiz,  uning  xarakterli  o‘ziga  xos  xususiyati  trafiknning  yaqqol 
asimmertiyasi  hisoblanadi.  Shu  bilan  birga,  IEEE  802.16  guruhi 
standartlarining  paydo  bo‘lishi  bilan  sotalali  televideniening 
moslashuvchan  tizimlarini  ham  tayyorlash  mumkin  bo‘lib  qoladi. 
O‘zbek  tomoshabini  sun’iy  yo‘ldoshli  va  kabelli  RTV  bilan  hozirda 
tanish.  Lekin  davlatdagi  televidenieniening  rivojlanish  strategik 
masalasi yer usti uzatilishi hisoblanadi. 
Ommaviy  uzatish  sohasida  ikkita  signallarni  uzatish  ATSC 
(Advanced  Television  Systems  Committee,  AQSh)  va  DVB  (Digital 


167 
 
Video  Broadcasting,  Evropa)  standartlari  to‘qnashishdi.  YAponiya 
ISDB  (Integrated  Services  Digital  Broadcasting)  standarti  bilan 
alohida  turibdi.  Amerika  va  Yevropa  standartlari  qarama-qarshiligi 
O‘zbekistonda ortda qolgan masala, chunki ko‘rinib turibdiki, yakuniy 
tanlov  DVB  foydasiga  qilingan.  Bu  standartlar  shu  ma’noda 
o‘xshashki,  har  ikkalasi  MPEG-2  va  MPEG-4  orqali  kodlangan  va 
kompressiyalangan 
video 
va 
audioma’lumotlarni  uzatilishiga 
mo‘ljallangan.  Ovoz  boshqa  algoritmlar,  masalan,  Dolby  AS-3 
yordamida kodlanishi mumkin. Shuning uchun tasvirning sifati, agar u 
qabullagich  orqali  muvaffaqiyatli  qabul  qilinsa  bir  yoki  boshqa 
modulyatsiyalash usulini tanlashga kam bog‘liq bo‘ladi. 
AQShda  raqamli  televizion  uzatish  tizimini  tanlashda  asosiy 
e’tibor  tasvirning  oshirilgan  sifatiga  qaratildi.  Bunda  standart  sifatli 
tasvirli  kanallar  sonini  oshirish  ko‘rib  chiqilmadi.  Ravshanki,  yuqori 
ruxsat  etishli  tasvir  32  dyuymlardan  kam  bo‘lmagan  televizorlarda 
o‘zini  namoyon  qiladi,  55  –  60  dyuymlardagi  televizorlarda  esa 
yanada o‘zini yaxshi namoyon qiladi. 
Evropada  DVB  raqamli  televizion  tizimni  ishlab  chiqishda 
yuqori 
aniqlikdagi 
tijorat 
televizion 
uzatish,  asosan 
MAC 
(Multiplexed  analog  components)  analog  YUAT-tizimni  qurishga 
bog‘liq  bo‘lgan  o‘n  yil  oldingi  ayanchli  tajriba  hisobga  olindi. 
Shuning  uchun  standart  ruxsat  etish  qobiliyatli  kanallar  sonini 
oshirishga  asosiy  e’tibor  qaratildi.  Bu  hozirda  mavjud  bo‘lgan 
televizion 
qabullagichlar 
uchun 
nisbatan 
arzon 
tyunerlar 
chiqariladigan  RTVga  o‘tishni  boshlashga  imkon  berdi.  Bundan 
tashqari,  Yevropa  standarti  eng  turli  tabiatli  ma’lumotlarni  uzatishga 
mo‘ljallangan  yagona  telekommunikatsion  tizim  uchun  asos  sifatida 
ko‘rilmoqda,  bu  yerdan  past  xatoliklar  ehtimolliklariga  talablar  kelib 
chiqadi.  SHu  bilan  bir  vaqtda  ATSCda  qo‘shimcha  ma’lumotlarni 
uzatish opsiyasi mavjud emas. 
ATSC  yer  usti  uzatishda  19,28  Mbit/s  tezlikli  bitta  oqimni  6 
MGs  (NTSC  amerika  analog  TV  tizimi  kanalining  standart  kengligi) 
kenglikdagi  polosada  va  bunday  ikkita  oqimlarni  kabelli  televidenie 
tarmoqlarida  translyatsiya  qilishga  mo‘ljallangan.  DVB  ancha  tez 
moslashuvchan.  8  MGs  standart  polosada  (hududlarda  6  va  7  MGs 
kenglikdagi  kanallar  bilan  ishlash  mumkin)  u  4,98  dan  31,67 
Mbit/sgacha  diapazonda  tezlikni  tanlashni  ta’minlaydi.  Mos  ravishda 
bu  polosadagi  TV-dasturlar  soni  ham    16  dan  2  tagacha  o‘zgaradi, 
binobarin, dasturlarni past ruxsat etishli, lekin yuqori ishonchlilikli va 


168 
 
qabul qilish ishonchliligi kamayganida yuqori ruxsat etishli bir vaqtda 
translyatsiya qilish mumkin. DVBning noyob o‘ziga xos xususiyati bu 
qabullagichning mobilligi hisoblanadi, u 300 km/soatgacha tezliklarda 
harakatlanishi  mumkin,  bu  poezdlar,  shaharlararo  yo‘lovchilarni 
tashish  avtotransporti,  mobil  xizmatlar  (tez  tibbiy  yordam,  militsiya) 
va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
Lekin  eng  muhimi  signalni  yetkazilish  ishonchliligida  ATSC 
DVBga  yutqazadi.  Buning  sababi  ATSCda  qabul  qilingan  8-VSB 
(satellite-sideband  modulation  system  for  broadcast)  yon  polosada 
qisman so‘ndiriladigan ko‘p pozitsion amplitudaviy modulyatsiyalash 
hisoblanadi. 
Umuman 
8-VSBni 
yon 
polosa 
so‘ndiriladigan 
amplitudaviy  modulyatsiyalash  tizimlarini  texnik  ishlatilishining 
cho‘qqisi  deyish  mumkin.  Lekin  DVBga  qaraganda  real  sharoitlarda 
bu  mexanizm  ishonchlilik,  tez  moslashuvchanlik,  qabul  qilish 
antennalariga  talablar  bo‘yicha  yutqazadi.  Bu  standartni  atroflicha 
ko‘rib chiqamiz. 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish