Istalgan aloqa tizimini qurishdagi markaziy muammo uzatish nuqtasida fizik tashuvchiga uzatiladigan ma’lumotlarni kiritilishi va qabul qilish nuqtasida bu ma’lumotlarni ajratilishi usullarini tanlash va texnik amalga oshirish hisoblanadi. Bu modulyasilash va demodulyatsiyalash muammosi sifatida ma’lum bo‘lgan eng murakkab masala hisoblanadi [1,3,9].
Modulyatsiyalash bu ma’lumotlar manbaidan olinadigan ma’lumotlarni aloqa kanali bo‘yicha uzatish uchun eng qulay shaklga kodlash jarayoni hisoblanadi. Umumiy holda bu jarayon signalni modulyatsiyalaydigan ΔF asosiy chastotalar polosasini yuqori chastotalar polosasiga o‘tkazilishini ko‘zda tutadi. Modulyatsiyalash natijasida paydo bo‘lgan s[t,u(t)] radiosignal 2ΔF kenglikdagi polosani egallaydi, uning f0 markaziy chastotasi modulyatsiyalaydigan signal spektri fyu yuqori chegaraviy chastotasidan ancha yuqori bo‘ladi. Ma’lumotlarni tashuvchi sifatida s(t) = A∙cos(2nf0t + φ) garmonik tebranish ishlatiladi. Uning modulyatsiyalash uchun ishlatiladigan asosiy parametrlari A amplituda, f0 chastota va φ faza hisoblanadi.
Deyarli barcha zamonaviy aloqa tizimlarida raqamli modulyatsiyalash usullari va demodulyatsiyalashda signallarga raqamli ishlov berish ishlatiladi. Bunday tizimlarni analog modulyatsiyalash va analog demodulyatsiyalash ishlatiladigan analog tizimlardan farqli ravishda raqamli uzatish tizimlari deb qabul qilingan. Radioelektronikaning zamonaviy yutuqlari aloqa tizimining uzatkichi va qabullagichida elektr signallarga raqamli ishlov berishining etarlicha murakkab algoritmlarini ishlatilishi imkoniyatini ta’minlaydi. Natijada raqamli tizimlardagi istalgan xabarlarning uzatilishi sifati bu xabarlarni
analog aloqa tizimlarida yordamida uzatilishi sifatiga qaraganda yuqori bo‘ladi.
Raqamli uzatish tizimlari (RUT) quyidagi eng muhim o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
istalgan xabar raqamli shaklda, bitalar ketma ketliklari ai, i = {…,–1, 0, +1,…} ko‘rinishida taqdim etiladi, i indeksning har qanday qiymatida ai simvol 0, 1} alifbodan qiymatlarni qabul qiladi;
tizimning uzatkichi kanal simvolari deyiladigan shakl bo‘yicha farqlanadigan signallarning {sm(t), t = 1, 2, …, M} oxirgi sonini shakllantiradi va navbat bo‘yicha kanalga uzatadi;
kanal simvolining davomiyligini Tks sifatida belgilaymiz;
-bitta kanal simvoli uzatilishi kerak bo‘lgan bitta bit yoki undan ortiq bitlar sonini “tashiydi”;
agar M = 2 bo‘lsa, u holda uzatish tizimi ikkilik tizim deyiladi;
agar M > 2bo‘lsa, u holda uzatish tizimi M-lik tizim deyiladi.
Shunday qilib, raqamli tizimlar orqali xabarlar ketma-ketliklarini uzatish ularni kanal simvollari ketma-ketliklariga o‘zgartiriladigan bitlar ketma-ketliklariga o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Turli TUTlardagi ishlatiladigan M kanal simvollari soni va ularning shakli turli xil, lekin ular qabul qilish joyida ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun qabullagichning, aniqrog‘i demodulyatorning asosiy funksiyasi Tks davomiylikdagi navbatdagi vaqt intervalida uzatkich orqali qaysi simvollar (signallar) uzatilishi mumkinligini baholashdan iborat.
Simvollarni (signallarni) baholash muammosi shuning uchun kelib chiqadiki, uzatish tizimi uzatkich kanal simvollarini nurlantiradigan, qabullagich esa ularni minimal bo‘lishi mumkin energiyali to‘g‘ri qabul qiladigan loyihalashtirilishi kerak. Uzatish tizimida kanal simvollarining energiyasi eng kam bo‘ladigan chegaraviy joy qabullagichning kirishi hisoblanadi. Qabul qilinadigan simvolning Es energiyasi bunda qandaydir bo‘sag‘aviy qiymatdan kam bo‘lishi kerak, u beriladigan signal-shovqin nisbati (SSHN) qbo‘s bo‘sag‘aviy qiymati orqali niqlanadi.
Uzatilishi kerak bo‘lgan kanal simvollari shakllantirilguncha bitlar dastlab to‘g‘ri burchakli shakldagi davomiylikdagi Ts manfiy va musbat elektr impulslar ketma-ketligiga o‘zgartiriladi, ular uchun v(t) belgilash qabul qilinadi, bunday usulda olingan impulslar modulyatsiyalovchi signal deyiladi. Bitlar ketma-ketliklarini elektr impulslar ketma-ketligiga o‘zgartirish 0 ≥ bv(t), 1 ≥ – bv(t) qoida
bo‘yicha amalga oshiriladi, bu yerda b > 0 – impuls amplitudasi. Bunda modulyatsiyalovchi signal
Do'stlaringiz bilan baham: |