Abonentlar qurilmalaridan bazaviy stansiyaga trafikni uzatish (kiruvchi yo‘nalish deyiladigan uplink) ko‘p stansiyali ulanishning ikkita DAMA (so‘rov bo‘yicha ulanish) va TDMA (kanallar vaqt bo‘yicha ajratiladigan ulanish) usullari kombinatsiyasiga asoslanadi. Fizik daraja paketlari tuzilmasi MAC-daraja paketining o‘zgaruvchan uzunligini qo‘llaydi. Uzatkich randomizatsiyalash, halaqitbardosh kodlash va QPSK, 16 QAM va 64 QAM (oxirgi ikkita modulyatsiyalash usullari opsiyalar sifatida ko‘zda tutilgan) algoritmlari bo‘yicha modulyatsiyalashni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |