Fizik daraja. IEEE 802.11b standarti orqali 2,4 dan 2,4835 GGsgacha chastoatlar diapzonini ishlatish ko‘zda tutilgan bo‘lib, u sanoat, fan va tibbiyotda linsenziyasiz foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ruxsat etish ishlab chiqaruvchiga beriladi va buyurtmachiga mahsulot sotib olinganidan keyin sertifikat ko‘rinishida uzatiladi. Bu yerda ta’kidlash kerakki, O‘zRda bu chastotalar diapazonidan foydalanish sertifikatlardan tashqari, Radiochastotalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida (RCHDQ) ruxsatni olinishi talab qilinadi.
Fizik darajada IEEE 802.11 standarti orqali ikkita radiokanallar turlari (DSSS va FHSS) ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular o‘sha bir spektrni kengaytirish texnologiyaini ishlatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |