802.11 ish rejimlari. 802.11 ikkita simsiz tarmoq interfeysi kartasi (Network Interface Card, NIC) bilan jihozlangan kompyuter hisoblanadigan mijoz va simli va simsiz tarmoqlar orasida ko‘prik rolini bajaradigan ulanish nuqtasi (Access point, AP) qurilmalari turlarini aniqlaydi. Ulanish nuqtasi odatda qabullagich-uzatkich, simli tarmoq interfeysi (802.3), shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. Simsiz stansiya sifatida ISA, PCI yoki 802.11 standartdagi PC Card tarmoq kartasi yoki o‘rnatilgan echimlar, masalan, 802.11 telefon garniturasi
qatnashishi mumkin. IEEE 802.11 standarti tarmoq ikkita "Ad-hoc" va mijoz/server(yoki infratuzilma rejimi – infrastructure mode) ishlash rejimlarini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |