Raqamli radioeshittirish. Mavjud analog radioeshittirish tizimlari ancha oldin o‘z imkoniyatlarni tugatdi. Chastotali modulyatsiyalash UQT-uzatishda yetarlicha yuqori uzatish sifatini ta’minlaydi, atmosfera halaqitlariga uchramaydi, lekin avtomobilda ko‘p nurli qabul qilish va doimiy o‘zgaradigan to‘siqlardan qaytish burchaklari natijasida signal buzilishi mumkin. Bundan tashqari, ishonchli qabul qilish zonasi uzatkichdan 50 km masofadan oshmaydi. Uzatish zonasini kengaytirish uchun bitta chastotada ishlaydigan uzatkichlar sinxron tarmog‘i talab qilinadi. Amplitudaviy modulyatsiyalashli (AM) uzatish katta hududlarni qamrab oladi, lekin atmosfera va industrial halaqitlar ta’siriga uchraydi. Bundan tashqari, AM-uzatkichning foydali ish koeffitsienti o‘rtacha 4 % ni tashkil etadi. Quvvatning katta qismi tashuvchi chastotani nurlantirishga sarflanadi va AM-uzatish energetika uchun anchadan buyon og‘ir yuk bo‘lib qolgan [21,22].
Bundan tashqari, radioeshittirish uchun ajratilgan diapazonlar juda to‘lib ketgan. Chastotalar to‘ri qadami Yevropada 9 kGs (UT va O‘T), AQShda 10 kGsni (O‘T) tashkil etadi. Bu 2x4,5 kGs uzatish polosali 100 dan ortiq chastotalar kanallarini beradi. Bitta chastotalar kanali o‘zaro halaqitlar xavfisiz bir-birlaridan olisda bo‘lgan uzatkichlarga ajratilishi mumkin, shuning uchun ular aytilgan sondan bir necha marta katta bo‘lishi mumkin. Qisqa to‘lqinli diapazonlarda to‘rlar qadami atigi 5 kGsni tashkil etadi, bu endi kerakli chastotalar polosasidan kichik. QTda radioto‘lqinlarning uzoq masofalarga
tarqalishi hisobga olinganida halaqitlar holati yomonlashadi va uzatish sifati tashvishli bo‘ladi.
Bir polosali modulyatsiyalashga o‘tish kanallar sonini ikki martaga va uzatkichlarning tejamkorligini bir necha martalarga oshirishga imkon berar edi. Bundan tashqari, bir polosali uzatishni mavjul qabulagichlarda qabul qilish mumkin emas. Shuning uchun bir polosali radioeshittirishga rejalashtirilgan o‘tish ehtimoli kam, bugungi kunda atigi bir necha QT-radiostansiyalar muntazam uzatishni amalga oshirmoqda. Va bu endi masala texnika emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy masala hisoblanadi. Bozorning konservatish vazni juda katta, yuzlab, millionlab mavjud qabullagichlar har qanday yangi tizimni ishga tushirilishiga qarshilik qiladi.
Bunday sharoitlarda eski uzatish tizimini inkor qilish faqat, agar iste’molchiga nafaqat sifatning oshirilishi, balki qandaydir yangi, oldin mumkin bo‘lmagan narsa taklif etilsa bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, insonning tovarning narxiga arzishiga amin bo‘lmaguncha to‘lashni istamasligi ma’lum. Raqamli ovozli radioeshittirish (RORE) ovozli dasturlari va ovoz, video, grafik, matnli va boshqa ma’lumotlar turlarini birlashtiradigan «radiomultimedia» dasturlarini uzatilishida prinsipial yangi imkoniyatlarni ochadi. Bir beriladigan turli xil ma’lumotlarni qayta uzatish imkoniyati uzatuvchilarga taqdim etilishi mumkin bo‘ladigan servis xizmatlarining spektrini sezilarli kengaytiradi. Musiqiy eshittirishlarning asosiy va ijrochi haqidagi ma’lumotlar bilan birga bo‘lishi raqamli radioda hozirda an’anaviy bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, sinov loyihalarida qabullagichlar displeylariga eshittirishning matnli tarkibi, estrada ijrochilarining fotosuratlari va yangiliklar tarkibini ko‘rsatadigan tasvirlarni berilishi sinab ko‘rildi. Lekin ROREda quyidagi muammo mavjud. Ma’lumki, etalon sifatda ko‘riladigan CDga yozish sifati bu analog signalni bitta kanalga 44,1kGs tanlash chastotasili 16-razryadli chiziqli raqamlashtirish hisoblanadi. Zamonaviy kompressiyalash algoritmlari bu 1,5 Mbit/s oqimni 10 martadan ortiqqa siqish imkoniyatiga ega. Masalan, mashhur MPEG Audio Layer2 uchun asos bo‘lgan Musicam 192 kbit/sgacha siqish imkoniyatiga ega. Bunday oqimni translyatsiya qilish uchun yetarlicha katta spektral polosa zarur.
Bunday muammoni echishga yagona yondashish mavjud emas, bugungi kunda dunyoda raqamli radioning uchta asosiy texonologiyalari mavjud. Bu Eureka-147 Yevropa tizimi, Amerika
IBOC konsepsiyasi va DRM past chastotali (30 MGsgacha) raqamli uzatish tizimlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |