Texnologiya va


M uhokam a uchun savollar



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/69
Sana22.07.2022
Hajmi4,26 Mb.
#836828
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Bog'liq
Texnologiya va dizayn.Qurbonov B. Kurbanova G.

M uhokam a uchun savollar
1. Qora metallar deb nimaga aytiladi?
2. P o la t deb nimaga.aytiladi? Polatlarning qanday turlari bor?
3. Cho‘yan deb nimaga aytiladi? Cho‘yanlaming qanday turlari
bor?
4. P o la t va cho'yanning mexanik xossalari nimalardan iborat?
5. Metallar turmushda va texnikada qanday ahamiyatga ega? p o la t 
va cho‘yandan qanday buyumlar tayyorlanadi?
55


3.2. Metallga ishlov berishda o‘lchash, rejalash, dastlabki ishlov
berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullan
Metallarga qo‘lda ishlov berish moslamalari va asboblari. Odatda 
metallarga qo'lda va stanoklar yordamida ishlov beriladi. Metallarga 
ishlov berish bo'yicha bir necha xil kasb turlari mavjud. Masalan 
metallarga, asosan, sovuq holda ishlov beruvchilar chilangarlar, issiq 
holda ishlov beruvchilar esa temirchilar deb ataladi. Shunihgdek, qaysi 
stanokda ishlov berilishiga qarab, tokar, frezalovchi, randalovchi, 
pardozlovchi kabi kasblar ham bor. Maktab sharoitida o‘quv 
ustaxonalarida metallarga ishlov beriladi. Metallarga ishlov berishga 
mo'ljallangan o'quv ustaxonasi ish va o'lchov asboblari, mosiamalar, 
stanoklar bilan jihozlanadi. Ustaxonada materiallar va zarur 
ko'rgazmalar ham bo'ladi. Ustaxonada olib boriladigan mashg'ulotlar 
ish o'm i deb ataluvchi maxsus joy da bajariladi. Ish barcha kerakli 
asbob-uskuna va materiallar bilan ta’minlanadi. Ish o'm i dastgoh 
(verstak) deb ataluvchi moslama bilan belgilanadi. Dastgohlar har bir 
o'quvchining 
bo'yiga 
moslanadigan 
bo'ladi. 
Maktab 
o'quv 
ustaxonasida metallarga, asosan, qo'lda va sovuq holda ishlov beriladi. 
Shuning uchun ham o'quvchilaming bu sohadagi ishlami chilangarlik 
ishiga qiyoslash mumkin. Metallarga ishlov berish ishlarini bajarish 
uchun avvalo ish o'mini jihozlab olish kerak. Maktab o'quv 
ustaxonasida har bir o'quvchi uchun alohida ish o'm i jihozlanadi. Bu 
esa o'quvchilami mashg'ulot paytida bir-birlariga xalaqit bennay 
ishlashlari uchun qulaydir. Har bir ish o'm iga chilangarlik ishlarini 
bajarish uchun zarur bo'lgan asosiy moslama — tiski o'rnatiladi. Tiski 
ishlov beriladigan buyum yoki detallarni mahkam tutib turishga xizmat 
qiladi. Ish vaqtida tiskining balandligi har bir o'quvchining bo'yiga 
moslab olinadi. Buning uchun dastgoh ostiga o'matilgan maxsus 
tushirish-ko'tarish vintidan foydalaniladi. 
Agar bunday vintli 
mexanizm bo'lm asa oyoq ostiga taglik qo'yiladi. Asboblar ish o'm ida 
tartibli joylashtirilishi zarur.
Metallarga ishlov berishda bir necha xil asbob-uskunalardan 
foydalaniladi. Bular o'lchash-rejalash va ish asboblaridan iborat. 
O'lchash-rejalash asboblariga metall lineyka, buklama metr, chizg'ich, 
Shtangentsirkul kabilar kiradi. Ular yordamida chiziqli qisqa uzunliklar 
o'lchanadi va reja chiziqlari chiziladi. Uzunroq o'lchamlar buklama 
metr yoki ruletka yordamida o'lchanadi.
56


Metall lineyka (jazbar) po‘latdan tayyorlanib, uni yordamida 
detallaming to'g'ri chiziqli o'lchamlari belgilanadi va tekshiriladi. 
Chizg'ich - metall qalam bo'lib, uchi o'tkirlangan 3-5 mm diametrli 
metall sterjendir. Ular asbobsozlik po'latidan tayyorlanadi, uchlari 
toblanadi. Chizg'ich zagotovkalarni rejalashda ishlatiladi. Agar 
zagotovkaga chiziqchalar tortish nomaqbul bo'lsa, zagotovkani 
timamay iz qoldiradigan latun chizg'ichlardan foydalaniladi. Egri 
chiziqlar esa ignasi tegishli radiusli aylana va yoylar chizishga 
moslangan chizg'ich (xatkashlar) yordamida chiziladi.
Sirkul yordamida aylanalar, yoylar chiziladi va boshqa geometrik 
yasashlar bajariladi.
Shtangentsirkul vositasida katta radiusli aylana va yoylar 
rejalanadi. ichki va tashqi diametiiar o'lchanadi. Shtangentsirkul 
yordamida o'lchamlarni 0,05-0,02 mm aniqlikkacha o'lchash mumkin. 
O'lchashda qo'zg'aluvchan ramka harakatlanadi, o'lchash tugagach 
ramkani mahkamlovchi vint burab qotiriladi. Bu asbob bilan o'lchashda 
aw al shtangadan butun millimetrlar aniqlanadi. Keyin noniusdan 
millimetrning ulushi aniqlanadi. Bunda shtanga chizig'i bilan 
noniusning chizig'i to 'g 'ri kelgan joyi detaining o'lchami bo'ladi. 
Reysmas vertikal va qiya yuzalarda gorizontal chiziqchalar torlish 
uchun ishlatiladi.
Kerner diametri 8-13 mm li po'lat stetjen bo'lib, u bilan 
rejalanadigan yuzalarda teshiklarning markaz nuqtalari hosil qilinadi. 
Kernerning konus uchi 60° burchakli qilib sharxlanadi, Kernerlar 
asbobsozlik po'latlaridan yasaladi va uchlari qattiq bo'lishi uchun 
toblanadi. Rejalovcbi asboblaming uchlari yaxshi sharxlangan bo'lishi 
kerak. Ishni tezlashtirish uchun murakkab konturlar shablonlar 
yordamida rejalanadi.
Burchaklik (go'niya) ishlov berilayotgan detallaming to'g'ri 
burchakliligini 
tekshirishda qo'llaniladi. 
Aniq rejalash ishlari 
mustahkam asosga o'matilgan va ish yuzasi yaxshi yoritilgan rejalash 
plitasida bajariladi. Plitani timalishidan va pachoqalanishdan saqlash, 
zagotovka va asboblar yaxshiroq sirpanadigan bo'lishi uchun uning 
yuzasiga muntazam ravishda grafit surtib turish lozim. Ish tamom 
boigandan keyin plita tozalanadi, artiladi va yog'och qopqoq bilan 
berkitib qo'yiladi. Bulardan tashqari chilangarlik ishlarida egri sirt, 
aylanalami aniqlash uchun krontsirkul va nutromer kabi asboblar ham 
ishlatiladi.
57



Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish