kerak. Rejalashda
qunt bilan aniq ishlash kerak, chunki buyumning
sifati, avvalo, uni rejalashga bogiiq.
Arra bilan metallni kesish quyidagicha amalga oshiriladi.
Kesiladigan material ishlanayotgan paytda surilib, sakrab ketmasligi
uchun uni tiskiga mahkam qistirib qo'yiladi. Kesiladigan materialning
qattiqligi, o'lchami va shakliga qarab tishlarining kattaligi bo'yicha
tegishli arra tanlanadi. lshlovchi o'zining
gavdasini va oyoqlarini
to 'g 'ri holatda turishiga e’tibor berishi kerak. Bunda arra ikki q o i bilan
ushlanadi va kesilayotgan tekislikka parallel holatda tutib, sakratmay
hamda siltamay bir maromda yurgiziladi. Har bir yurishda arra
polotnosi uzunligining eng kamida 2/3 qismi ishlashi shait. Arra
polotnosining tishlari tez o'tmaslashib qolmasligi
uchun ishlovchi uni
qarshi tomonga yurgizishda bosib, orqaga qaytarishda bo'shatib tortishi
lozim. Arralashdagi tezlik har daqiqada eng kamida 30dan 60
martagacha juft yurishdan iborat b o ‘lishi kerak. Metallga bir y o la
arraning eng kami ikki-uchta tishi tegib turishi lozim. Arralashda ishni
uning o'tkir qirrasidan boshlash man yetiladi. Arralash oxiriga yetay
deb qolganda arraga bosimni kamaytirish zarur. Metallni reja bo'yicha
kesishda arrani belgi chizig'i bo'ylab yo’naltirish va kesish chizig’i
belgi chizig'idan taxminan 0,5 mm oraliqda bo'lishi kerak. Arra bir
tomonga
yurib qiyshayib ketsa, ishni to'xt at ish va kesishni yangi
joydan boshlash yoki teskari tomondan arralash lozim.
Metallni qirqish operatsiyasi zubilo bilan ham bajariladi. Zubilo
ishchi qism - keskich, kallak. o'rta qismidan iborat. Zubilo kallagiga
bolg'a bilan urilganda uning keskich qismi Metall ichkarisiga kiradi.
Zubiloning ishchi qismi va kallagi
odatda birmuncha karnroq
qattiqlikda toblanadi, shunda u bolg'a bilan kuchli zarbalar berilganda
qiyshayib va sinib ketmaydi. Zubiloning kallagi konussimon qilinadi va
bo rttiriladi. Mana shu shakl zubiloni bolg'a zarbiga chidamliligini
orttiradi. Zubilolar U7A asbobsozlik po'latidan yasaladi. Tig'ining
kengligi 5 mm dan 25 mm gacha pona shaklida bo'ladi va kerakli
darajada o'tkirlik burchagi yo'niladi. Metallni govlash uning yuzasidan
egov bilan yupqa qatlamni olib tashlash bo'lib, bundan maqsad metallni
kerakli shakl va o ’lchamga keltirishdir, Egovlash ikki xil bo'ladi
xomaki egovlash va silliq egovlash. Egov
ham kesuvchi tishli asbob
hisoblanadi. U metalldan qirindini juda kichik oladi. Egovning tishlari
yirik bo'lsa - dag'al, o'rtacha bo'lsa — o'rtacha, mayda bo'lsa - mayin
egovlar deyiladi. Egovlar profiliga ko'ra har xil bo'ladi. Bajariladigan
63
ishiga ko‘ra juda mayda tishli va oicham lari ham kichik egovlar
nadfillar deyiladi. Egovlash uch xil boiadi:
I. Xomaki egovlash.
2. O'rtacha egovlash. 3. Oxirgi silliqlash.
Egovlashda ishlovchining
gavdasi tiskida zubilo bilan ishlayotgandek holatda turishi lozirrt.
Yuzalami egovlashda zagotovka tiskiga to ‘g ‘ri o ‘matilishi va
egovlanadigan qismi tiskidan 8-10 mm yuqoriga chiqib turishi kerak.
Egovni tekis yuzada uch xil vo'nalishda: chapdan o'ngga, tiskining
dasta tomonidan tiskiga va o'ngdan chapga harakatlantirish lozim.
egovlashda metall sirtidan chiqadigan qirindilarni cho'tka bilan
tozalash, egov dastaga mahkarn o ‘matilgan bo‘iishi, dastasiz, dastasi
yorilgan egovni ishlatmaslik kerak.
Amaliy ish sifatida biror zagotovkada rejalash va shu reja chiziqlari
bo'yicha qirqish. egovlash mashqlarini o'tkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: