8. TV-6 qisqartmasining m a’nosini ayting.
9. Tokar va chilangarning ish 6‘rtii qanday jihozlanishi kerak?
3.6. M ashina, m exanizm elementlari va turlari, M etallarga ishlov
berishga oid xalq hunarm andchiligi turlari bo(yicha ish usullari
0 ‘rta Osiyo xalq amaliy san’ati juda qadim zamonlardan ben mis,
tilla va kumush kabi rangdor metallardan ishlangan nafis buyumlari
bilan mashhurdir. Hozirgi kunda ham metallga ishlov berishga oid xalq
hunannahdchiligining bir qancha turlari mavjud. Ulardan: misgarlik,
kandakorlik,
chilangarlik, tunukasozlik, zargarlik, pichoqchilik,
ignasozlik kabilami ko‘rsatish mumkin. Hunarmandlar qadimdan bir-
birlari bilan birikib bir mahallada yashaganlar. Shuning uchun
mahallaming nomi o ‘sha hunar nomi bilan yuritilgan.
Metallga ishlov berish uchun aw alo
kerakli asboblarni tanlab
olmoq zarur. Buning uchun tayanch asboblari, chekanka bolg‘alari,
qaychi va omburlar, turli shakldagi keskichlar, pichoq, pardozlovchi
asboblar, iskana, sandon kabilar kerak boTadi. Metallga ishlov berishda
ishlatiladigan asbob-uskunalar uchli, kesuvchi va o‘tkir tigTi asboblar
b o iib , ular bilan ishlaganda ehtiyot b o iish, XTQga qat’iy rioya qilish
zarur. 0 ‘qituvchining ruxsatisiz
asbob-uskunalarga tegmaslik, ish
o ‘nini ruxsatsiz tashlab ketmaslik lozim. Ishni tugatgach, ish o'rnini
qirindilardan tozalashda maxsus tozalagichlardan foydalanish kerak.
Metallarga badiiy ishlov berish texnologiyasini o‘rganish, uning
uslublarini
tushunib
olish
uchun
hunarmandlar
tomonidan
tayybrlanadigan buyumlaming asosiy turlari bilan tanish zarur.
Bulargako‘zalar, qumg‘on, choynak, choydish, obdasta, isiriqdon,
nosqovoq, chilim, turli laganlami kiritish mumkin.
Pichoqchilik. Pichoqchilik deganda biz pichoq yasash kasbini
tushunamiz. Pichoq bobolarimiz uchun qadimdan tirikchilik vositasi
b o iib xizmat qilgan. Hozirgi vaqtda pichoq yasash san'ati xalq amaliy
san’ati qatorida ‘ e’zozlanib kelinayotir. Nodir pichoqlar yasashda
o ‘zbek pichoqsoz ustalarining oldiga tushadigan usta kam topilgan.
Pichoqchilikning
o‘ziga
xos . maktablari mavjud.t Fjarg'ona vodiysi,
Samarqand, Buxoro,
Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Surxdndaryo
qadimdan pichoqchilik markazlari b o iib , bularda ishlangan picboqlar
o ‘zining ishlash texnologiyasi, shakli. katta-kichikligi
va bezaklari
68
bilan farq qilgan. Kandakorlik Kandakorlik o'zbek xalq amaliy bezak
san'atming eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Kandakorlik deganda
metalldan yasalgan buyumlarga o'yib yoki bo'rtma qilib naqsh ishlash
tushuniladi. Savdo-sotiqda qadimdan kandakorlik buyumlariga talab
katta boigan. Bu asarlar ramziy ifodalaming yangi uslublari hamda
g'oyalarini tarqatish tnanbai bo'lib xizmat qilgan.
Mis buyumlaming
turlari. Metalldan yasalgan idishlarning umumiy shakli m a’lum
proporsiya hamda seluetga ega. Jumladan mis laganlar ko'pincha
do ira simon. ovalsimon, to'rtburchak shaklda boladi. Mis laganlarining
lavxori, dulava kabi turlari bor. Lavxori - oval simon yoki
to'rtburchak mis lagan bo'lib, ulaming lablari yon tomonga qayrilgan
bo'ladi. Dulava - tuxumsimon yoki to'rtburchak shakldagi mis laganlar
bo'lib. ular yon tomonga qayrilib yana davom etib pastga qayrilgan
bo'ladi. Zargarlik buyumlari. Ular turli-tuman bo'lib. o'ziga xos
nomlanadi. Peshonaga taqiladigan tillaqosh, bargak,
quloqqa - zirak,
boshga - takdozi, sanchoq, oltin tumor, ko'krak bezagi murg'ak.
zebigardon, tumorcha soch bezaklari, zulfi tilla, osma bezak, gajak.
butun tirnoq,
yarim tirnoq, qo'sh duo, burun bezagi, yuz bezagi, bel
bezagi kamar, boyintum or, bilakuzuk, uzuk va boshqalar. Bulaming
barchasi kelin-kuyovlar libosini to'ldirib, xonadonda to'y,
bayram va
boshqalarda taqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: