Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/148
Sana05.04.2022
Hajmi33,06 Mb.
#529265
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   148
Bog'liq
5-texnologiya

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Tikuvchilik xonasi va undagi jihozlar haqida gapirib bering.
2. Ish stolida kerak bo‘ladigan ish qurollariga nimalar kiradi?
3. Tikuvchilik xonasida amal qilinadigan texnika xavfsizligi va sani-
tariya-gigiyena qoidalarini ayting.
4. To‘qimachilik tolalariga nimalar kiradi?
5. Ip va gazlamalar haqida ma’lumot bering.
7-§.
pAXTA VA ZIG‘IR TOLASINING ARQOQ VA TANDA IpLARI.
pOLOTNO VA SARjA TO‘ QISH. GAZLAMANING O‘NG VA TESKARI
TOMONLARINI ANIQLASH
Gazlamaning arqoq va tanda iplari haqida eshitganmisiz? Gazlama ning 
o‘ng va teskari tomonlari qanday aniqlanadi?
To‘qimachilik iplarining tanda va arqoq o‘ralishi natijasida gazlama hosil bo‘ladi. 
Gazlama bo‘ylab boradigan iplar 
tanda iplar
deb ataladi, ko‘ndalang joylashganlari 
esa 
arqoq iplar
deyiladi. Tanda iplar – tekis, ingichka, yo‘g‘onligi bo‘yicha bir xil, 
zich o‘ralgan, xuddi simday tortilgan, pishiq, qattiq bo‘ladi. Gazlamada tanda ip uning 
uzunligini belgilaydi. Arqoq ip – yo‘g‘onligi bo‘yicha turli xil, ixcham, yumshoq bo‘-
ladi. Bunday ip cho‘ziluvchan, mato birdaniga tortilsa ip bo‘g‘iq tovush chi qa-
radi. Gazlamada arqoq ip uning enini belgilaydi. Gazlamaning milki bo‘ylab ko‘-
pincha tanda iplar joylashadi, shu bois, pishiq o‘ralma chok yuzaga keladi. Chok 
mato iplarini titilishdan va cho‘zilib ketmasligidan saqlaydi. Chokdan chokkacha 
bo‘lgan masofa matoning eni deyiladi.
To‘qimachilik matolarini ishlab chiqarish uch bosqich – 
yigirish, to‘qish va 
bezatishdan
iborat bo‘lgan murakkab jarayondan iborat.
Yigirish
– bu uzun, yigirilgan ipni o‘rash yo‘li bilan qisqa tolalardan olinadigan 
jarayon. Yigirish fabrikasiga tola bosib taxlangan holda keltiriladi. Ularga maxsus 
mashinalarda bir nechta bosqichda ishlov beriladi:
1) tola titilganidan keyin bir xil qolipda aralashtirilib, tarkibidagi qo‘shilmalardan 
ajratilganidan so‘ng bo‘z holiga keladi; 
2) bo‘zni tarab va tola hajmini cho‘zib eni yuzaga keltiriladi;
3) tola hajmini yanada cho‘zib, o‘rab, tayyor bo‘lgan yigirilma (yigirilgan iplar) 
chig‘iriqqa (aylanmaga) o‘ralashadi. Ishlab chi qarishdagi asosiy kasb yigiruvchi 


133
133
mutaxassis hisoblanadi. U bir vaqtning o‘zida bir nechta stanoklarda ish bajara oladi. 
Ish jarayonida 
yigiruvchi mutaxassis ipning uzilganini yengil va tez fursatda bartaraf 
qiladi, g‘altak va bobinani almashtiradi, jihozlarga xizmat ko‘rsatadi.
To‘qimachilik
– yigirilgan iplardan mato olish jarayonidir. Tayyor iplar sexga 
kelib tushadi, to‘quv stanoklarida ulardan mato to‘qib chiqariladi. Tanda va arqoq 
iplar o‘zaro birlashib to‘qishni tashkil qiladi. Aylanma to‘qimachilikning keng 
tarqalgani – dasmolchilik, bo‘zchilik. To‘quvchilik stanogida ishni to‘quvchi 
boshqaradi. U bir vaqtning o‘zida 48 tadan 64 tagacha avtomat dastgohlarga xizmat 
ko‘rsatadi. Dastgoh to‘xtab qolsa, to‘quvchi uzilgan iplarni ulaydi, mato sifatini 
kuzatib boradi.


134
134

Download 33,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish