7-rasm Andozalar.
a-taxtaning yarim qalinligiga teng to’g’ri ustma-ust birikmalar uchun; b- “Qalinpanja” qalinligiga teng to’g’ri uchma-uch va ustma-ust birikmalar uchun; d-taxtaning yarim qalinligiga teng burchakli birikmalar uchun; ye-to’rtburchak tirnoqli qiya ustma-ust burchakli birikmalar uchun; f-“qaldirg’och dum” ko’rinishidagi birikmalar uchun; g-to’g’ri ustma-ust va “qulf-kalitli” ustma-ust birikmalar uchun; h-“panjali”birikmalar uchun; i-qiya ustma-ust va to’g’ri uchma-uch birikmalar uchun; k-ustunlar birikmasi uchun.
Nazorat uchun savollar:
1. Durodgorlik ish o’rnini nima aytiladi?
2. Duradgorlikda ishlatiladigan control o’lchov asboblari turlari?
3. Bolta dastasi tayyorlashni ish ketma-ketligini aytib bering?
3-MODUL. BIRIKMASIZ EGRI CHIZIQ SHAKLIDAGI BUYUMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
9–mavzu. Birikmasiz egri chiziq shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi (2 soat)
Ishdan maqsad: Yog’och materiallarni o’yish va parmalash, pardozlash (silliqlash). Kesuvchi asboblarni ishga sozlash. Mehnat havfsizligi qoidalari.
Nazariy ma’lumotlar:
Konussimon yuzalarni ishlash silindrik yuzalarni ishlashdan keskichni surish yo’nalishi bilan farq qiladi. Buning uchun stanok maxsus sozlanadi, ya’ni keskich markazlarning chizig’iga parallel emas, balki ma’lum burchak ostida suriladi. Dastavval zagotovka silindr shakliga keltiriladi, keyin berilgan qiyalikda yo’niladi. Qiyalik burchagining qiymati chizmada ko’rsatilgan bo’ladi. Chizmada ko’rsatilmagan bo’lsa, uni berilgan o’lchamlarga ko’ra quyidagi formula yordamida hisoblab topish mumkin:
tgα= D-d/21,
bu yerda: D - konusning katta diametri; d - konusning kichik diametri; a - konusning qiyalik burchagi.
Konussimon buyum uning o’lchamlariga asosan turli keskichlar yordamida yo’nib yasaladi. Yo’nilgandan keyin buyum tekis, silliqroq bo’lishi uchun jilvirlanadi.
Yog’ochdan yo’nish stanogida har xil usullar bilan shakldor yuzalar hosil qilish mumkin: 1. Reyer, mayzelni oldinga, ko’ndalangiga surib, kesib ishlash yo’li bilan. 2. Qirquvchi qirralari shakldor bo’lgan keskichlar yordamida ishlash yo’li bilan.
Odatda, ishlanuvchi detallar soni kam bo’lgan vaqtlarda reyer va mayzelni ham bo’ylamasiga, ham ko’ndalangiga surib shakldor yuzalar hosil qilishda foydalaniladi.
Shakldor keskichlar bilan asosan uzun (200-350 mm li) shakldor yuzalar ishlanadi. Shakldor yuzalarni ishlash uchun maxsus andaza keskichlar yasaladi. Bunda ishlanadigan yuzalar aniq chiqadi va keskich shaklini oladi.
O’quv ustaxonalarida shakldor buyumlardan egov dastasi, yog’och to’qmoq, bolalar stolchasi va stulchasining oyoqlari, televizor tagligining oyoqlari tayyorlanadi.
Shakldor yuzalarni ishlash uchun zagotovka oldin silindr shaklida ishlanib, keyin unda sferik (1), konussimon (2, 5), silindrik (3, 4) va hokazo shakldor yuzalar hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |