Texnologiya ta’limi praktikumi fanidan o’quv uslubiy majmua


Arralarni ishga sozlash ishlari quyidagilardan iborat



Download 13,16 Mb.
bet26/130
Sana22.04.2022
Hajmi13,16 Mb.
#572744
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130
Bog'liq
TEXNOLOGIYA TA\'LIM PRAKTIKUM

Arralarni ishga sozlash ishlari quyidagilardan iborat:
1. Arra tishlarining chaparrasini chiqarish.
2. Arra tishlarini egovlash.
3. Burcharralarda polotnoni kashakka nisbatan sozlab o’rnatish.
Har qanday arraning tishlarini egovlashdan oldin chaparrasi chiqariladi. Bu maqsadda turli konstruksiyadagi chaparrostlardan foydalaniladi.
Arratishlarining chaparrasini chiqarishda, qanday arra bo’lishidan qat’iy nazar, uning toq sondagi tishlari bir tomonga, juft sondagi tishlari ikkinchi tomonga keriladi. Arra tishlarining chaparrasi polotnoning qalinligiga qarab undan 1-2 mm kengroq chiqariladi. Qalin polotnolik yirik tishli arralarning chaparrasi kengroq, yupqa polotnolik mayin tishli arralarning chaparrasi kichikroq chiqariladi. Tirnoq va quloqlar arralanadigan yupqa polotnolik arralarga ba’zan chaparra chiqarilmaydi.
Arra tishlarining chaparrasi chiqarilgandan so’ng egovlanadi.
Tiluvchi arralarning tishlari uchburchak shaklidagi mayin egov bilan toq va juft, tishlarning hammasi bir tomondan egovlanadi. Bunda egov polotnoga 90° burchak hosil qilib tutilib, gorizontal yo’nalishda tortiladi.
Qirquvchi arralarning tishlari, tishlarning yirik va mayinligiga qarab, uchburchak yoki romb shaklidagi egovlar bilan egovlanadi. Qirquvchi arralarning tishlarini egovlashda egov polotnoga nisbatan ma’lum burchak hosil qilib tutilib, toq sondagi tishlar bir tomondan, juft sondagi tishlar ikkinchi tomondan egovlanadi.
Burilmayoy arralarning tishlari tiluvchi arra tishlari singari egovlanadi.
Dastarralarni ishga sozlash chaparra chiqarish va egovlash bilan tugallanadi.
Burcharralarda chaparra chiqarish, ularni egovlash bilan bir qatorda kashagi sozlanadi va polotnosi kashakka nisbatan har xil burchaklarga burib o’rnatiladi. Polotno kashakka nisbatan kamida 20° ga burib o’rnatiladi. Arralanadigan taxtaning eni va uzunligiga qarab, bu burchak orttirib boriladi.
Polotnoni kashakka nisbatan quloqlar yordamida buriladi. Buning uchun burama tayoqchani qaytarib, tortqi-ip bo’shatiladi va ikkala quloqni baravar burish yo’li bilan polotno kashakka nisbatan sozlanadi. So’ngra tortqi ip burama tayoqcha bilan eshilib polotno taranglanadi.
Polotnoni kashakka nisbatan burishda uning eshilib qolmasligiga, bitta quloq yordamida burmaslikka e’tibor beriladi. Polotno eshilib taranglansa, to’g’ri va erkin arralash qiyin bo’ladi.
Duradgorlik o’quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg’ulotlar davomida arralar bilan bir qatorda, fanerlarni lobzik yordamida arralashishlari ham o’rgatiladi.




Download 13,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish