5-rasm. Gorizontallikni adilak bilan tekshirish.
Reja (chiziq) tortqich (otvoloka). Taxtaning chetiga chiziq tushirish uchun xizmat qiladi. U uzunligi 400 va eni 60 mm bo’lgan taxta bo’lagidan iborat. Bu taxtaning bir uchi qiya qilib kesilgan, chetidan 1/3 oraliqda bo’liq qilingan bo’lib, unga mix qoqiladi. Mixning o’tkir uchi bilan chiziq (belgi) tushiriladi.
Skoba tirnoq va zo’g’otalarni qo’lda kesishda ularning o’rnini belgilab olish uchun mo’ljallangan. U chok ochilgan taxta bo’lagidan iborat. Ana shu chokka ma’lum oraliqda mixlar qoqilib, ularning o’tkir uchi bilan chiziq tushiriladi.
Shoqul o’rnatilgan yog’och konstruksiyalarning vertikalligini tekshirish uchun ishlatiladi. U ipga osilgan motal yukchadan iborat, yukchaning bir uchi konus shaklida bo’ladi. Yukchaning diametri 18, 30, 38 mm va uzunligi 39, M4, 98, 114,132,144,165, 200 mm ni tashkil etadi. U 3, 5, 7,| 10 m uzunlikdagi ipga osilib, g’altakka o’rab qo’yiladi.
Xatkash yordamida taxta detalning tomonlaridan biriga parallel bo’lgan chiziqlar tortiladi. U ikki teshikli taxta bo’lagidan iborat bo’lib, ana shu teshiklardan dumaloq tayoqchalar o’tkazilgan. Bitta tayoqcha uchining bir tomonida o’tkir uchli mixlar bo’lib, ular bilan chiziq tushiriladi. Tayoqchaning uchini taxta teshigidan keraklicha chiqarib, tayoqcha chetidan tushiriladigan chiziqqacha, ya’ni reja chiziqqacha bo’lgan zarur masofa o’rnatiladi.
Mikrometrdan duradgorlik buyumlari detallari (tirnoqlar va b.), arra, pichoq polotnolari va hakozolarni aniq o’lchash uchun foydalaniladi. Tashqi o’chashlar uchun ko’pincha MK turidagi silliq mikrometrlar ishlatiladi.
Kalibrlar, skobalar yordamida detal hamda buyumlarning geometrik o’lchamlari tekshiriladi.
Rejalash dastgoh yoki stolda bajariladi. Material yuzasiga reja chiziqlar qalam yoki bigiz bilan chiziladi.
Chizg’ich yordamida to’g’ri chiziq chizish uchun materialda avval talab etiladigan oraliq qirrasidan boshlab o’lchab qo’yiladi va nuqtalar tushirilib, ular orqali chiziq tortiladi. Keyin duradgorlik qalami yoki bigiz bilan ana shu nuqtalar orqali ingichka chiziq tortiladi. Duradgorlar qalamining uchi yupqa va o’tkir kurakcha shaklida charxlanadi. Duradgorlar qalami bo’lmasa, T yoki TM markali chizmachilik qalamlaridan foydalaniladi. Bigizning uchi o’tkir va ingichka bo’lmog’i kerak.
Chilvirdan (6-rasm) “Gajakli” birikmalarni rejalash uchun hamda burchaklarni chizish va tekshirishda foydalaniladi. Burchak ostidagi chiziqlarni tekshirish va rejalash uchun yerunok asosi-kundasi bilan rejalanadigan taxtaning qirrasiga mahkam bosiladi va keyin kerakli burchak ostida chiziq tortiladi. Taxtaning qirrasi tekis bo’lmog’i lozim, aks holda rejalash aniq chiqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |