Pemza -och sariq rangli, yengil, g’ovak, qattiq toshdir. Pemza shpaklyovkalangan va»bo’yalgan sirtlarni quruqligicha va namlab silliqlash uchuy ishlatiladi.
Lok va Bo’yoqlar. Pardozlashning so’nggi bosqichy loklash va bo’yashdan iborat. Bu yo’l bilan pardozlash materialining tiniqligi, jilolanishi, yog’ochning tabiiy gulini o’zgartirishiga qarab ikki turga bo’linadi: yog’ochning tabiiy rangi va gulini o’zgartmaydigan tiniq yoki duradgorlik pardozi va yog’ochning tabiiy rangi hamda gulini yo’qotib, sidirg’a ko’rinishga keltiradigan tiniqmas yoki bo’yoqchilik pardozi.
Odatda, rangi va guli ko’rimsiz bo’lgan yog’ochdan tayyorlangan buyum va mebellarga tiniqmas pardoz beriladi. Bu maqsadda moyli va sirli (emalli) bo’yoslar ishlatiladi.
Tiniqmas pardozlash yo’li bilan bargli va igna bargli sifatsiz yog’ochlardan tayyorlangan buyum va mebellar bo’yaladi.
Tiniqmas pardoz ishlari donalar, seriyalab buyum ishlab chiqarishda, xonalarni pardozlashda qo’llaniladi. Ish tartibi quyidagicha olib boriladi: gruntovkalash, quritish; shpaklyovkalash, quritish, jilvirlash; birinchi marta bo’yash, quritish, jilvirlash; ikkinchi marta bo’yash, quritish jilvirlash; uchinchi marta bo’yash, quritish.
Sanoatda moyli bo’yoqlar quyuq holda ishlab chiqariladi. Uni ishlatish vaqtida alif qo’shib suyultiriladi va ishga moslanadi.
Sirli bo’yoqlar moyli va nitroemallarga bo’linadi. Moyli sirlar loklarda, nitroemallar nitroloklarda tayyorlanadi. Sirli bo’yoqlar turli rangda tayyorlanib tayyor holda sotiladi.
Bo’yoq suvda, spirt yoki moyda eriydigan va yog’ochning tabiiy gulini yo’qotmagan holda rang berish xususiyatiga ega bo’lgan moddalardir. Bo’yoqlar o’simlik bo’yog’i va sun’iy bo’yoqlarga bo’linadi.
Usimlik buyoqlari ayrim daraxt va o’simliklardan olinadi. Sariq bo’yoq (rang) sariq zanjabildan, qora bo’yoq zirkdan, jigarrang - olma daraxti po’stlog’idan, ko’k rang - javdar bug’doydan olinadi.
Sun’iy bo’yoqlar toshko’mirni qayta ishlash natijasida hosil bo’lgan mahsulotlardan olinadi. Ularning asosli va kislotali xillari bo’ladi. Bularga yong’oq va qizil rang misol bo’la oladi.
Bo’yaladigan yog’och sirtini yoppa tiniqmas parda bilan qoplab berkituvchi bo’yovchi moddalar pigmentlar deb ataladi. Pigmentlar bo’yoq moddalaridan suvda va boshqa erituvchilarda eritmasligi bilan farq qiladi. Bu xildagi pigmentlarga: belila, oxra, surik, sinkalar kiradi. Ular maydalangan talqon holida bo’lib, biron-bir bog’lovchi modda (moy, lok, yelim) bilan aralashtirilgan holda ishlatiladi.
Pigmentlar rang belgisiga qarab klasslarga bo’linadi. Pigmentlar oq, qora, kul rang, qizil, sariq, yashil, ko’k va jigar rang bo’ladi.
Bo’yash chutka yordamida surtish va purkash yo’li bilan bajariladi. Sirtning katta-kichikligiga qarab har xil cho’tkalar ishlatiladi.
Bo’yoq cho’tkalari: a-yumaloq; b-fleyts; v-raxlestka; g-filenkasimon; d-trafaretlar uchun; ye-tarotssimon; j-qirqimlar uchun.
Chutka yordamida bo’yashda imkonv boricha cho’tkani yog’och tolalari yo’nalishi bo’yicha ortiqcha bosmasdan, bir tekis yurgiziladi. Aks holda bo’yoq qatlamining notekis chiqib channab, yorilib ketishiga va buyum raigining bir xil chiqmasli-giga sabab bo’ladi. Buning oldini olish va bo’yoq qatlamining tekis, sifatli chiqishini ta’-minlash uchun yangi yog’och buyumlar kamida 2-3 marta bo’yaladi. Har bir qayta bo’yashda oldingi qatlamning qurishiga imkon berish kerak. Moyli bo’yoqlar kamida 24 soat ichida quriydi. Moyli bo’yoqlarning qurishini tezlatish maqsadida oz miqdorda (2,5-5%) atseton qo’shiladi.
Sirli bo’yoqlarning moyli bo’yoqlardan farqi shundaki, u 30-40 minut ichida quriydi, ishni tezlatish imkonini beradi. Sirli bo’yoqlar imkoni boricha, gruntovkalangan sirtlarga surtiladi. Surtish mumkin qadar tez olib boriladi. Sirli bo’yoqlarni purkagich yordamida ham purkash mumkin.
Nazorat savollari:
1. Ishlanayotgan buyumlar sifatini tekshiring.
2. Duradgorlik polirovkasida lak surtish uchun qanday tampon tayyorlanadi.
3. Duradgorlik polirovkasi va uni bajarish texnologiyasini aytib bering.
4. Ishlanayotgan buyumlar sifatini tekshirish, mehnat havfsizligi qoidalariga rioya qilish tartibi. 5. Duradgorlik polirovkasida lak surtish uchun qanday tampon tayyorlanadi?
Asosiy adabiyotlar.
1. Abdullayeva Q.M. Tikuvchilik buyumlarini loyihalash va model lash tirish asoslari. O’quv qo’llanma. T.: “Adabiyot” 2006
2. F.Abduqodirov Kasb ta’limi praktikumi .T.: 2012.-260 b.
3. Gaipova N.S. va boshqalar. Tikuvchilik texnologiyasi asoslari. O’quv qo’llanma. T.: “Adabiyot” 2006
4. Iskandarov A.S. Materiallami kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar.-T.: «Fan va texnologiya» 2004.-400 b.
5. Olimov Q.T. Tikuvchilik korxonalari jihozlari va uskunalari. Darslik Toshkent 2008
6. Shermuxammedov R., Yaxyaev S.S., Parnionov A.E. Kasb ta’limi praktikumi (Chilangarlik).-T.: «Iqtisod-Moliya» 2009.-60 b.
7. S.S.Yaxyayev va boshqalar. Childangarlikdan amaliy ishlar. 0’quv qo’llanma. T.: “Iqtisod -moliya” 2008
Qo’shimcha adabiyotlar.
1. Mirziyoyev SH.M. “Erkin vа fаrovon, dyemokrаtik О’zbyekiston dаvlаtini birgаlikdа bаrpo etаmiz”. О’zbyekiston Ryespublikаsi Pryezidyenti lаvozimigа kirishish tаntаnаli mаrosimigа bаg’ishlаngаn Oliy Mаjlis pаlаtаlаrining qо’shmа mаjlisidаgi nutqi.–Toshkyent.: “О’zbyekiston”, 2016.-56 b.
2. Mirziyoyev SH.M. “Tаnqidiy tаhlil, qаt’iy tаrtib – intizom vа shаxsiy jаvobgаrlik – hаr bir rаhbаr fаoliyatining kundаlik qoidаsi bо’lishi shаrt”. О’zbyekiston Ryespublikаsi Vаzirlаr Mаxkаmаsining 2016 yil yakunlаri vа 2017 yil istiqbollаrigа bаg’ishlаngаn mаjlisdаgi О’zbyekiston Ryespublikаsi Pryezidyentining nutqi. –Toshkyent.: 2017.-104 b.
3. Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. –Toshkent.: “O’zbekiston”, 2017.-486 b.
4. Ashish Kashyar, Rashmi Sharan, Rishika Jalali Little Girls Dress Making Course Book Copuright. 2011 USHA INTERNATIONAL LIMITE.
5. Woodwork Joints, William Fairham 2008.
6. Аrzimurodovа M.S., Аnorqulovа G.M., Qаyumovа F.E. Аyollаr milliy kо’ylаgini bichish vа tikishni о’qitish bо’yichа о’quv-uslubiy tаvsiyanomа. T.: О’MKHTTKMO vа UQTI.2007.-60 b.
7. Mirboboyev V.A. “Konstruksion materiallar texnologiyasi” T.: “O’qituvchi”2004 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |