Shpaklyovka yoriqlarni,
Teshik-kovaklarni to’ldirish va butun sirtga surtish yo’li bilan tekislikni ta’minlash maqsadida ishlatiladi. Shunga ko’ra shpaklyovka quyuq va suyuq holda tayyorlanadi. Quyuq shpaklyovka teshik-kovaklarni to’ldirishda, suyuq shpaklyovka butun (sirtga surtib tekislikni ta’minlashda ishlatiladi. Shpaklyovka bir yoki bir necha bor yog’och yoki metall kurakcha shpatel bilan surtiladi.
Shpaklyovka moyli, lokli, yelimli bo’lishi mumkin. Uning tarkibiga bo’r, bo’yoq, alif, lok, yelim, smola, pigmentlar qo’shilishi mumkin. Shpaklyovka ko’pincha ish joyida, ishlatish vaqtida tayyorlanadi.
Yelimli shpaklyovkaning tarkibida 3% duradgorlik yelimi, 65% bo’r va pigment, 30% suv bo’ladi. U tez qotadi. Uning yum-shoq, ilashimli bo’lishini ta’minlash uchun tarkibiga 2% olif qo’shiladi.
Moyli shpaklyovkaning tarkibida 70% bo’r va pigment, 30% lok bo’lib, yelimli shpaklyovkaga qaraganda mustahkam bo’ladi, sekin quriydi. Uning tez qurishini ta’minlash uchun olifga oz miqdorda moyli lok aralashtiriladi. Moyli shpaklyovkalar moyli bo’yoq va moyli lok bilan bo’yaladigan sirtlarga surtish uchun ishlatiladi.
Shpaklyovka sirtga surtilgandan so’ng yog’ochning rangini, tabiiy gulini buzadi yoki qoplab yo’qotadi. Shuning uchun shpaklyovka surtilgan yog’och buyumlar ko’pincha bo’yaladi.
Yog’och rangi, tabiiy guli o’zgarmay qoladigan yog’och buyumlarning sirtini to’ldirish va tekislash maqsadida tarkibida mum, parafin, talk, skipidar, olif, lok bo’lgan mo’mli va moyli to’ldiruvchilar ishlatiladi. Bular buyumlarni loklash va politurlashdan oldin surtiladi.
Yog’och buyumlarning sirtiga lok va politurlarning bir tekis yaxshi yopishib puxta birikishini ta’minlash maqsadida gruntovka qilinadi. Sirtlarni keyinchalik pardozlash uchun tayyor-lash maqsadida birinchi bor turli xil qoplovchilar surtish bilan tekislash gruntovkalash deyiladi. Duradgorlik pardoz ishlarida moyli, lokli va nitrolakli gruntlar ishlatiladi, Duradgorlik buyumlari ko’pincha, sof alif yoki aralashtirilgan oliflar bilan gruntovka qilinadi. Olif yog’ochning rangini, tabiiy gulini o’zgartmagan holda sirtlarni tekislash va sirtda yupqa qattiq parda qatlami hosil qilib lok-bo’yoqlarning puxta birikishiga imkon beradi. Spirtli loklar bilan pardozlanadigan sirtlarga birinchi bor olif o’r-nida mum surtiladi. Mum surtilgan sirtlarning tabiiy guli, yanada yorqinlashadi, tiniqligi ortadi.
Yog’och sirtiga birinchi bor surtilgan to’ldiruvchi shpaklyovka va gruntlar sirtning tekisligini ta’minlashidan qat’i nazar) ularning notekis surtilishi, gruntlar ta’sirida yog’och tolalarining (zirapchalarning) ko’tarilishi orqasida sirtning yeshliqlik darajasi pasayadi. Bunday hollarda sirtlarni loklash va politurlashdan oldin qayta jilvirlanib silliqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |