Internet saytlari.
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
42-43-44-mavzu. Detallar o’lchamiga qarab kuydiruvchi asboblar va materiallarni tanlash (6 soat).
Ishdan maqsad: Kuydiruvchi asbob bilan detallami bir-biriga ishqalash natijasida kuydirish. 0’rganish uchun amaliy mashqlar: Tesha dastasi, yog’och to’qmoqlari, qattiq yog’ochlarni kuydirib ishlash. Bolalar stol-stulchalariga kuydirish asbobi bilan rasm chizish, kuydirib ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
ISHNING NAZARIY QISMI:
Bolg’a dastasi
Bolg’a dastasi. Uquvchilarga randalash yo’li bilan to’g’ri to’rtburchaklik qirqimli brusok va taxtalar tayyorlashni o’rgatish bilan bir qatorda qirqimi to’g’ri to’rtburchaklik shaklga ega bo’lmagan sirtlarni ham (bolg’a, bosqon, bolta, belkurak dastalari va shu kabilarni) randalashni ham o’rgatiladi.
Bunday sirtlarni oddiy taxta randalar, maxsus randalar va o’roq randalar yordamida randalanadi.
Bolg’a dastasi qattiq, qayishqoq qayrag’och, bujun, tilog’och, chinor, yong’oq kabi yog’ochlardan tayyorlanadi. Bu maqsadda taxta material o’rnida daraxt shoxlaridan foydalanish o’rinlidir. Bolg’a dastasiga o’xshash ko’ndalang qirqimi doiraviy shaklga ega bo’lmagan buyumlarni randalashda yog’och dastgohga changakli ponalar yordamida o’rnatiladi. Changakli ponalar randalash davomida yog’ochni xohlagancha burib borish imkonini beradi.
23-rasm. Yog’ochlarni changakli pona yordamida o’rnatish.
24-rasm. Bolg’alarga dasta o’rnatish.
Dastalarni bolg’alarga o’rnatishda uning puxta o’rnashishini ta’minlash uchun ponalanadi. Ponalash uchun dastaning uch qismidan bolg’a qalinligicha tilinadi. So’ng dastani bolg’aga o’rnatib qattiq, qayishqoq yog’ochdan tayyorlangan ponalar yelimlab qoqiladi. Bolg’alarni ponalashda metall ponalar ham ishlatiladi. Ba’zan dastalarni ponalash o’rniga to’sqichli metall plastinkalar o’rnatilib.burama mix bilan qotiriladi. Dastalarni o’rnatishdan oldin jilvirlanib alif surtiladi.
|
|
BOLG’A DASTASI
|
3 – chizma
|
TN0
|
Nomi
|
Materiali
|
Soni
|
1
|
Basta
|
Yog’och
|
1
|
|
|
|
|
Bolta dastasi andaza asosida qattiq, qayishqoq yog’ochlardan tayyorlanadi. Dastavval kerakli uzunlikdagi dastabop yog’och olinib, uni talab etilgan qalinlikkacha taxtaranda bilan randalanadi. So’ngra faner yoki plastmassadan tayyorlangan andaza yordamida rejalanadi. Ortiqcha qismi chopib yoki arralab tashlangandan so’ng dastgohga changakli ponalar orasiga olib, o’roqranda bilan randalanib, kerakli shaklga keltiriladi.
Bolta dastalari boltaga o’rnatilgandan so’ng ponalar yoki plastinkalar yordamida qotiriladi. Dastani o’rnatishdan oldin pona o’rni tilinadi, talab etilishiga qarab jilvirlanib, alif surtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |