Internet saytlari.
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
8-MODUL. MURAKKAB KO’P TIRNOQLI BIRIKMALAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
35-36-mavzu. Burchakli murakkab ko’p tirnoqli birikmalar texnologiyasi (4 soat)
Ishdan maqsad: Burchakli ko’p tirnoqli birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar va asboblar. Moslamalar tavsifi. Ish uslubini ko’rsatish va tushuntirish. Mehnat havfsizligi qoidalari.
ISHNING NAZARIY QISMI:
Duradgorlik birikmalarini hosil qilishda bir necha bog`lash usullari qo`llaniladi. Buyumning qanday materialdan tayyorlanishiga va qanday maqsadlarda ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar o’zaro oddiy yoki murakkab ko’rinishda biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda qo’llaniladigan bog’lash usullari: dasta bet bog’lash,prizmatik yoki to’g’ri tirnoqli birikmalar (bir tirnoqli yoki ko’p tirnoqli), porsi usulida bog’lash, zakrovli birikmalar,chokli birikmalar,’’qaldirg’och quyruqli” tirnoqli birikmalar va boshqalardan iborat.
1. Duradgorlik yo’li bilan tayyorlanadigan buyumlarning, mebellarning qismlari bir-biriga turli usullar bilan biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda har xil biriktiruvchi materiallardan foydalaniladi va unda bir necha bog’lash usullari qo’llaniladi. Buyumlarning qanday materiallardan tayorlanishiga va qanday maqsadda ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar oddiy yoki murakkab ko’rinishda biriktiriladi.
2. Oddiy birikmalar. Oddiy birikmalar deb mix va shuruplar yordamida biriktiriladigan birikmalarga aytiladi. Odiiy birikmalar bir necha turlardan iborat.
- uchma-uch birikma-bunda ikki detalning chokini bir-biriga to’g’rilab, chok bo’lgan joyining ustiga kichik bir taxtacha qo’yib mixlanadi.
- burchakli birikmalar - bunda ikki detalning uchi 45 gradusdan kesilib, birbiriga to’g’rilanib mix bilan qoqiladi.
- tirnoqli birikma-bunda ikki detalning bir uchidan yarim yog’och kesib olinib, detallarning uchlari bir-biriga ustma-ust tushirib, mix qoqiladi. Bunday ulashlarda yog’ochlar bo’yiga uzaytiriladi. Binokorlikda yog’ochni ana shunday uzaytirib, ishlatish keng qo’llaniladi. Oddiy birikma orqali yog’ochlarni eniga ham uzaytirish mumkin. Masalan eshik, darvozalar yasashda ana shu usuldan foydalaniladi. Bunda yog’ochdagi yillik xalqalarning joylashishiga e’tbor berish kerak.
3. Murakkab birikmalar. Murakkab birikmalar elim yordami bilan biriktiriladigan birikmalarga murakkab birikmalar deyiladi. Murakkab birikmalar ikki detaldan tashkil topib, biri “tirnoq”, ikkinchisi “quloqcha” deb yuritiladi. Agar tirnoq va quloqchalar ikkitadan ko’p bo’lsa, “ko’p tirnoqli birikma” deyiladi. Bu tirnoqli birikmalar mebelsozlik, shaxmat taxttachalarini, dastgohlarni yasashda qo’llaniladi. Murakkab birikmalarni xillari ko’p bo’lib, qoldirg’och quyruq, o’rtalik birikmalar, yashirin birikmalar deb ataladi. Qaldirg’och quyruq birikmalar ko’proq rom, eshik kesakilarini tayyorlashda, yog’ochdan uylar solishda ishlatiladi.
Asosiy adabiyotlar.
1. Abdullayeva Q.M. Tikuvchilik buyumlarini loyihalash va model lash tirish asoslari. O’quv qo’llanma. T.: “Adabiyot” 2006
2. F.Abduqodirov Kasb ta’limi praktikumi .T.: 2012.-260 b.
3. Gaipova N.S. va boshqalar. Tikuvchilik texnologiyasi asoslari. O’quv qo’llanma. T.: “Adabiyot” 2006
4. Iskandarov A.S. Materiallami kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar.-T.: «Fan va texnologiya» 2004.-400 b.
5. Olimov Q.T. Tikuvchilik korxonalari jihozlari va uskunalari. Darslik Toshkent 2008
6. Shermuxammedov R., Yaxyaev S.S., Parnionov A.E. Kasb ta’limi praktikumi (Chilangarlik).-T.: «Iqtisod-Moliya» 2009.-60 b.
7. S.S.Yaxyayev va boshqalar. Childangarlikdan amaliy ishlar. 0’quv qo’llanma. T.: “Iqtisod -moliya” 2008
Qo’shimcha adabiyotlar.
1. Mirziyoyev SH.M. “Erkin vа fаrovon, dyemokrаtik О’zbyekiston dаvlаtini birgаlikdа bаrpo etаmiz”. О’zbyekiston Ryespublikаsi Pryezidyenti lаvozimigа kirishish tаntаnаli mаrosimigа bаg’ishlаngаn Oliy Mаjlis pаlаtаlаrining qо’shmа mаjlisidаgi nutqi.–Toshkyent.: “О’zbyekiston”, 2016.-56 b.
2. Mirziyoyev SH.M. “Tаnqidiy tаhlil, qаt’iy tаrtib – intizom vа shаxsiy jаvobgаrlik – hаr bir rаhbаr fаoliyatining kundаlik qoidаsi bо’lishi shаrt”. О’zbyekiston Ryespublikаsi Vаzirlаr Mаxkаmаsining 2016 yil yakunlаri vа 2017 yil istiqbollаrigа bаg’ishlаngаn mаjlisdаgi О’zbyekiston Ryespublikаsi Pryezidyentining nutqi. –Toshkyent.: 2017.-104 b.
3. Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. –Toshkent.: “O’zbekiston”, 2017.-486 b.
4. Ashish Kashyar, Rashmi Sharan, Rishika Jalali Little Girls Dress Making Course Book Copuright. 2011 USHA INTERNATIONAL LIMITE.
5. Woodwork Joints, William Fairham 2008.
6. Аrzimurodovа M.S., Аnorqulovа G.M., Qаyumovа F.E. Аyollаr milliy kо’ylаgini bichish vа tikishni о’qitish bо’yichа о’quv-uslubiy tаvsiyanomа. T.: О’MKHTTKMO vа UQTI.2007.-60 b.
7. Mirboboyev V.A. “Konstruksion materiallar texnologiyasi” T.: “O’qituvchi”2004 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |