Internet saytlari.
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
28-29-30-mavzu. Tayyor buyumlarga ishlov berish texnologiyasi (6 soat)
Ishdan maqsad: O’tirib va tik turib teshiklar o’yish. Quloqcha va turumlar uchun yasalgan detallarni randalash va rejalash ishlari sifatini tekshirish, quloqcha va turumlarni arralash, o’yish. Quloq va turum shaklidagi burmalarni yig’ish, bir-biriga moslash. To’rtburchak va yumaloq mixlar tayyorlash. Mix cho’plarni yelim yordamida o’rnatish. Buyumlar tayyorlash: ramka, kiyim ilgich, eshik va deraza kesakilari.
ISHNING NAZARIY QISMI:
Tayyorlanadigan buyumlar: ramka, duradgor guniyasi, kiyim ilgich, eshik va deraza kesakillari. Ramkalar quyidagi tartibda tayyorlanadi.
1. Ramkalar uchun mos yog’och tanlanadi va brusoklar tayyorlanadi.
2. Tirnoq va quloqlar rejalanadi.
3. Quloq ochiladi, tirnoq va gul chiqariladi.
4. Birikmani xomaki yig’ib, jipsligi ta’minlanadi.
5. Detallar yelimlab biriktiriladi.
6. Pardozlanadi.
Ramkalar shumtol, eman, yong’oq, chinor kabi chiroyli naqshli yog’ochlardan tayyorlanib loklanadi yoki politurlanadi. Tabiiy guli yaxshi bilinmaydigan yog’ochlardan tayyorlanganda bo’yaladi.
Tanlangan yog’ochlarni randalab brusoklar tayyorlash 1-texnologik karta asosida bajariladi.
Ramkalar har xil o’lchamli qilib tayyorlanadi. Qismlarning’ bir-biriga mos kelishini ta’minlash uchun ko’pincha ramkalarning eni bo’yiga nisbatan uzunlikda tayyorlanadi. Brusoklarning eni qalinligidan kamida bir yarim barobar ortiq qilib olinadi. Ramkalarning o’lchamiga qarab brusoklar alohida-alohida randalanishi yoki bir butun tayyorlanib, detallarning o’lchamiga qarab qirqib olinishi mumkin.
Tirnoq va quloqlarni rejalashda ramkalarning tirnoqli yoki tirnoqsiz qilib bog’lanishidan qat’iy nazar, oyna o’rni uchun zakrov ochiladi. Shuning uchun rejalashda zakrovni hisobga olinadi. Ramkalarning bet qismidan faska, gul chiqarilishi yoki chiqarilmasligiga qarab qismlar to’g’ri tirnoqli qilib yoki porsu usulida biriktirilishi mumkin.
Rejalash aniq chiqishi uchun har bir detal alohida-alohida rejalanmasdan bir xil o’lchamdagilar birgalikda rejalanadi, reja chizig’ini qolgan tomonlarga ko’chirish alohida-alohida bajariladi.
Tirnoq chiqarish va quloq ochish rasmda ko’rsatilganidek olib borilib, so’ngra zakrov ochish, gul chiqarish ishlari bajariladi.
Detallar tayyor bo’lgandan so’ng ularni xomaki yig’ib, birikmaning jipsligi ta’minlangach, qayta yelimlab biriktiriladi.
Birikma qurigandan kyoyin tirnoq va quloqlarning tashqi qismlari randalanib tekislanadi, sirt jilvirlab silliqlanadi. Talab etilishiga qarab gruntovka qilinib loklanadi yoki beytslar surtilib politurlanadi.
Tayyor ramkaga bitta yoki ikkita osma o’rnatilib kerakli joyga ilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |