Internet saytlari.
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
25-26-27-mavzu. Burchakli va tirnoqli birikmalarni tayyorlashda ishlatiladigan material (6 soat).
Ishdan maqsad: Ishlatiladigan o’rniga qarab oyuvchi asboblarni tanlash. Ochiq teshiklar hosil qilish. Biriktiriladigan detallarni qalinligiga qarab quloqlar o’lchamlarini aniqlash. Turum ishlash uchun detal tayyorlash. Bir tirnoqli ochiq va ikki tirnoqli turumlar tayyorlash va bajarish. Quloqcha va turumli birikmalar sifatini tekshirish. Oyuvchi va qirquvchi uskunalarni charxlash va qirovini to’qish. 0’rganish uchun amaliy mashqlar: oyuvchi uskuna bilan oyishda moslama tanlash.
ISHNING NAZARIY QISMI:
O’ynalanadigan duradgorlik buyumlari tayyorlashda zakrovli birikmalar xosil qilinadi. Zakrovli birikmalar dasta bet, to’g’ri tirnoqli, yoki porsi usulida biriktirilishi mumkin. Zakrovli birikmalar boshqa turdagi birikmalarga qaraganda bir oz murakkab bo’lib, ma’lum darajada malaka bo’lishini talab etadi. Shuning uchun ham zakrovli birikmalar xosil qilish mashqini o’quvchilarda yetarli ko’nikma va mehnat malakalari hosil bo’lgandan so’ng o’tkazilgani ma’qul.
Quyida to’g’ri tirnoqli zakrovli birikmalar hosil qilish usuli bilan tanishib o’tamiz.
To’g’ri tirnoqli zakrovli birikmalar 5-texnologik kartada ko’rsatilgan ketma-ketlikda tayyorlanadi
1) 1-texnologik kartaga muvofiq material tanlanadi va brusok tayyorlanadi
2) Brusoklarning uchi guniyali qilib tayyorlangandan so’ng a o’lchamda tirnoq va qo’loq uzunligi rejalanib guniya yordamida qolgan tomonlarga olib o’tiladi. Zakrov ochilganda quloqning qirg’ogidan qirqimi 1 sm bo’lgan a uzunlikdagi qismi randalanib (chiqib) ketadi. Buni xisobga olib tirnoq chiqarishda zakrovlik tomonidan I sm qisqa kiritiladi. Shuning uchun tirnoqni rejalashda a o’lchamdagi reja chizig’idan 1 sm tashlab a - 1 o’lchamda qo’shimcha reja chiziladi va guniya yordamida qolgan tomonlarga olib o’tiladi.
Tirnoq va qo’loqlarni rejalashda zakrov ochilishini xisobga olib xatkashning bitta chizg’ichini hamma vaqt 1 sm o’lchamga sozlanadi. (Chunki zakrov randa qirg’og’idan 1 sm qirqimlik zakrov ochadi.) Ikkinchi chizg’ichni esa iskananing enini hisobga olib, unga 1 sm qo’shib sozlanadi (iskananing eni 15 mm bo’lsa xatkashning ikkinchi chizg’ichini 25 mm ga sozlanadi). Xatkashni shu tariqa ulchamga sozlab tirnoq va qo’loq rejalanadi.
3) Tirnoq chiqarish va qo’loq ochish reja asosida olib boriladi. Tirnoq chiqarishda zakrovli tomondan a - 1 sm ulchamli reja chizig’igacha tilinib so’ng kertiladi. Orqa tomondan ulchamli rejagacha tilinnb so’ng kertiladi. Qo’loq odatdagidek ochilaveradi.
4) Zakrovlar bir yoqli ochilganda hamma vaqt brusokning «bet» va «yordamchi bet»lar kesishuvchi qirrasidan ochiladi. Zakrov zakrovranda yordamida ochiladi.
5) To’g’ri tirnoqli zakrovli birikmalarga sifat berish maqsadida «bet» tomondan zakrov ochilsa, orqa tomondan faska chiqariladi. Buni hisobga olib tirnoq chiqarishda orqa tomondan a o’lchamda kertmak chiqarmasdan, balki tilishni a o’lchamgacha olib borib kertishda a - 1 o’lchamli reja chizig’idan a o’lchamli reja chizig’iga tushadigan qilib burchak ostida arralab kertiladi. Barcha qismlardagi faskalarning bir xil chiqishini ta’minlash uchun faska chikariladigan qirra boyicha xatkashning katta o’lchamli cho’pi bilan, opqa tomonga 1 sm ga sozlangan cho’pi bilan reja chizib olinadi. Buning uchun xatkashni tirnoq, qo’loq rejalashga sozlangan xolicha saqlash keraq Faska chiqarishda randalash reja chizig’igacha davom ettiriladi.Agar zakrovli birikmalarga faska o’rnida gul chiqarilsa tirnoq, qo’loqlar porsi usulida biriktiriladi. Biriktiriluvchi qismlardagi gullarni bir-biriga moe kelishini ta’minlash maqsadida gul chiqarishdan oldin qismlarni xomaki yigib, birikmaning tekisligi ta’minlangandan so’ng qayta qismlarga ajratib gul chiqariladi.
6) Tayyor bo’lgan qismlar yig’ilib, jipsligi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |