2-rasm.Burchaklik yordamida chiziqlar o’tkazish. 2. O’lchash vaqtida chizg’ichning o’lchash boshlanadigan chiziqqa nisbatan noto’g’ri turishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Rejalash-mas’uliyatli operatsiyadir. Tayyorlanadigan buyumning sifati rejalashning aniq bajarilishiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun rejalashda juda hushyor bo’lish zarur
Rejalashni dastgoh ustida yoki stolda qalam, chizg’ich, go’niya bilan bajariladi. Rejalashda quyidagi tartibga rioya qilish shart.
Avval zagotovkaning tekis tomoni tanlanadi yoki tayyorlanadi va undan boshlab barcha o’lchamlar hamda chiziqlar belgilanadi. Ana shu tomonni baza tomon deyiladi yog’ochni tejamli sarflash uchun mazkur zagotovkadan ancha miqdorda detallar yasash mumkinligini ishlov berish uchun tegishli qo’yimlarni nazarda tutgan holda aniq xisoblab chiqish lozim. Zagotovkani ishlov bilan tayyor detal o’lchamiga keltirish uchun yog’ochning ma’lum qatlami kesuvchi asbob yordamida olib tashlanadi. Ana shu qatlamni qo’yim deyiladi.
Zagotovkaga to’g’ri chiziq o’tkazish uchun avval baza tomondan chizg’ich bilan tegishli oraliq o’lchanadi va 2-3 belgi qo’yilgan. Keyin chizg’ichni shu belgilar ustiga qo’yib va chap qo’l bilan bosib turib qalamda kontur chizig’i chiziladi. Burchaklik yordamida chiziqlar o’tkazish uchun esa uning asosi zagotovkaning baza qirrasiga qo’yiladi va o’ng qo’l bilan qalamni o’ng tomonga biroz og’dirib chiziladi.
Yog’ochni o’lchash va rejalash asboblariga chizg’ichlar, metr, ruletmetr, go’niyalar, xatkash transport va o’lchov andozalari kiradi.
Chizg’ichlar yog’och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda millimetrlarga bo’lingan xolda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda o’lchash, kerakli to’g’ri chiziqlar chizish va yog’och qirralarining to’g’ri chiziq shaklida ekanligini tekshirish uchun ishlatiladi.
Uzunligi bir metr chiziqlarni metr deb ataladi. Ruletmetr uni olib yurish va saqlash qulay bo’lishi uchun o’rama shaklida yasaladi.
8–mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan rejalash asbob va uskunalari (2 soat)
Ishdan maqsad: Plakat taxtachasi; chizma uchun chorcho’p; yo’nalish ko’rsatkich taxtachasi; supurgi dastasi, kurak dastasi, bolta dastasi. Yog’och materiallaridan buyumlar tayyorlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Nazariy ma’lumotlar: Rejalash. Detallarni ko’plab tayyorlashda zarur kesimli arralangan materiallar yog’och arralash sexlaridan eni bo’yicha karrali bo’lgan taxtalar yoki kesimi bo’yicha tayyor brusoklar ko’rinishida olinadi. Vaqtni tejash maqsadida rejalash (belgilash) ishlari amalga oshirilmasdan, tiraklar yoki chizg’ichlar yordamida ishlab, yog’ochning nuqsonli joylarini tashqarida qoldirishga (kesib tashlashga) harakat qilinadi. Tarsovkalash dastgohlarida ishlaganda qaytarib qo’yiladigan (qaytarma) tiraklardan, bo’ylamasiga bichish (arralash) uchun dumaloq arrali dastgohlarda ishlaganda esa chizg’ichdan foydalaniladi. Yog’och konstruksiyalarni qurilishning o’zida (qurilish maydonida) tayyorlashda, arralangan materiallar keyingi ishlovga qoldiriladigan qo’yimni hisobga olib rejalanadi. Tanavor (zagotovka) va detallarni rejalash hamda ishlash aniqligini tekshirish uchun ushbu rejalash va tekshirish asboblaridan foydalaniladi.