AMALIY MASHG’ULOT № 35
Mavzu: Differensiyallashtirilgan ta’lim texnologiyalari.
Mashg’ulot maqsadi: Differensiyallashtirilgan ta’lim texnolofiyasi va uning dars jarayonlardagi afzallik jihatlarini o’rganish.
Foydalanuvchi vositalar: texnik vositalar, ko’rgazmali vositalar, yordamchi vositalar.
Asosiy nazariy qism
Differensiyallashgan ta’lim texnologiyasi. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning tipologik xususiyatlari hisobga olingan holda sinf o‘quvchilari shartli guruhlarga bo‘linadi. Guruhlarni shakllantirishda o‘quvchilarning 6 o‘qishga bo‘lgan shaxsiy munosabati, o‘qitilganlik va o‘qitilish darajasi, predmetni, o‘qituvchi shaxsini o‘rganishga qiziqishi hisobga olinadi. Turli darajadagi dasturlar va mazmuni, hajmi, murakkabligi, topshiriqlarni bajarish usullari va metodlari bo‘yicha farqlanadigan, shuningdek, ta’lim natijalari diagnostikasi uchun kerak bo‘ladigan didaktik material yaratiladi.
Talabalarning har xil darajada oʻrganishi vaqtga kelib taqaladi, chunki talabaning materialni oʻzlashtirishi uchun ma’lum vaqt kerak boʻladi. Adabiyotlarda oʻrgatishga taaluqli 2 ta bir-biriga yaqin - tashqi va ichki differensiallash (tabaqalashtirish) usullari mavjud.
Tashqi differensiatsiyalashda talabalarning shaxsiy qobiliyatlariga qarab maxsus guruh tashkil qilinadi. Bu guruhda tahsil olayotgan talabalarning bilim darajasi guruhdoshlariga nisbatan yuqori boʻlib, aqliy fikrlashi bilan ajralib turadi. Ular chuqurlashtirilgan yoki rejasi ancha murakkab boʻlgan guruhlarda ta’lim olishlari kerak. Agar Oliy ta`lim muassasalaridalarda chuqurlashtirilgan guruhlar boʻlmasa, talabalarning oʻzlari erkin holda u yoki bu fakultativ kursni tanlashi evaziga tashqi tabaqalashtirish amalga oshiriladi. Ichki tabaqalashtirishda oddiy guruhlarda oʻqituvchining ish sharoitida talabalarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olib oʻquv-tarbiya jarayonini tashkili qilish kerak. Oʻqituvchi talabalarning har xil qiyinlik darajasidagi savollarga javob berishi, masalalarni yecha olishi va shu kabi qobiliyatlariga qarab har bir talabaning bilim darajasini aniqlaydi.
Oʻqituvchi oʻqish jarayonini shunday tashkil qilishi kerakki, aniq bosqichda talaba oʻzining intillektual qobiliyatini koʻrsata olsin. Bunda hammaboplik tamoyili yaqqol saqlanishi kerak. Ushbu pedagogik texnologiyning boshqa asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar tanlangan:
Umumiy iste’dodlilik - iste’dodlimas insonlar yoʻq, oʻzining ishi bilan band boʻlmaganlari bor.
Oʻzaro ustunlik - agar kimgadir boshqaga nisbatan yomon olinsa demak, nimadir yaxshi olinishi lozim; bu nimadir izlash deganidir;
Oʻzgarishning muqararligi. Inson haqidagi har qanday fikr yakuniy deb hisoblanmaydi.
Shunday qilib, oʻqituvchi I guruhga oʻquv materiallarini eslab qoladigan va farqlay oladigan, standart talab darajasida shu materialni oʻzlashtira oladigan talabalarni birlashtiradi, lekin bular tahlilning oddiy koʻnikmalarini bilmaydilar, murakkabroq bo`lgan misol va masalalarni yecha olishmaydi. Bu guruh talabalari oʻzlari oldiga qoʻyilgan misollarnini bajarib boʻlmaydigan misollar deb oʻylaydi.
Ikkinchi guruhga o`rta qiyinchilikdagi misol va masalalarni yecha oladigan, fikrlaydigan va ularni esda qoldiradigan talabalar birlashtiriladi. Ular oʻquv materialini esda saqlaydi, tushunadi, oʻquv jarayonida qoʻllay oladi. Ular ishining asosiy usuli eski tajribalarga tayanishi, ulardan yangi mavzularni oʻrganishda shablon sifatida foydalanadi. Bu guruh boshqalaridan intellektual qobiliyatning aniq maqsadga yoʻnaltirilganligi bilan farq qiladi.
Uchunchi guruh talabalari qoʻyilgan misol va masalalarni yechishga yetarli darajada ijodiy yondashuvi bilan ajralib turadi. Ular oʻquv materialidagi misollarni yechishni tushunadi, aytib bera oladi, ulardan foydalana oladi va ijodiy xarakterdagi mustaqil ishlarni bajara oladi. Ular yuqori darajada faol boʻlib, misollar yechish usullaridan oqilona foydalanadi. Berilgan misolning ma’nosini chuqurroq tahlil qiladi. Bu guruhdagi talabalar materialni I va II guruh talabalariga nisbatan kengroq va chuqurroq oʻzlashtiradi.
Oʻqituvchi guruhdagi talabalarni shartli dinamik guruhga boʻlishi uchun ularni indivudial farqlarini aniqlab olishi kerak. Buning uchun oʻqituvchi talabalarning ishlarini chuqur tahlil qilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |