6-vaziyat. Auditoriyaga o’qituvchi kirganligini ko’rgan talaba unga: «Siz charchagan ko’rinasiz?», - dedi. Bu vaziyatda Siz qanday yo’l tutasiz? Javob variantlari:
«O’ylaymanki, menga bunday deyishingiz yaxshi emas»;
«Ha, o’zimni yomon his qilayapman»;
«Meni qo’yavering, bezovta bo’lmang, yaxshisi o’zingizga qarang»;
«Bugun yomon uxladim, ishlarim ko’p»;
«Xavotir olmang, bu darsimizga ta`sir qilmaydi» ;
«Siz juda e`tiborlisiz, rahmat!»;
. . . . . . . . . . . . . . .
7-vaziyat. «Men sezyapmanki - Siz o’tayotgan darslarning menga foydasi tegmayapti. SHuning uchun darslaringizga umuman kelgim kelmayapti», - dedi talaba o’qituvchiga. Sizning javobingiz qanday bo’ladi? Javob variantlari:
«Bekorchi (foydasiz) gapni gapirma!»;
«Obbo, shunchalikka bordingmi-a!»;
«Balki o’zingizga boshqa o’qituvchini toparsiz?»;
«Nima uchun Sizda shunday istak vujudga kelganligini bilmoqchi edim, bafurja so’zlab bering»;
«Keling, birgalikda Sizning oldingizda turgan muammoni hal etaylik!»;
«Balki Sizning muammongizni boshqacha yo’l bilan hal etarmiz»;
. . . . . . . . . . . . . . .
8-vaziyat. Talaba o’qituvchiga ochiqchasiga «Men qila olmaydigan ishning o’zi yo’q. Siz o’qitayotgan faningizni o’zlashtirish ham men uchun hech gap emas», - deya ishonch bilan aytadi. Sizning javobingiz:
«Siz o’zingizga juda yuqori baho berar ekansiz»;
«Sizning qobiliyatingizni hisobga olsam bunga ishonmayman!»;
«Siz shunday der ekansiz, demak, o’zingizga ishonasiz»;
«Ha, shubhasiz, agar Siz xohlasang, albatta, ko’zlagan maqsadingga erisha olishingizni bilaman»;
«Bu Sizdan katta kuch va mehnatni talab qilsa kerak»;
«O’ziga nisbatan ortiqcha ishonch bildirish ishni amalga oshirishda zarar etkazadi»;
. . . . . . . . . . . . . . .
9-vaziyat. O’qituvchi tomonidan rag`batlantirish eshitgan talaba o’quv fanini o’zlashtirishi uchun ko’p shug`ullanishi zarur emas deb hisoblab, o’rtoqlariga: «Meni etarli darajada qobiliyatli inson deb hisoblaydilar», - dedi. o’rtoqlarining o’rnida bo’lganingizda unga qanday javob bergan bo’lar edingiz? Javob variantlari:
«Bunga munosibligiga shubham bor»;
«Sen hozirgacha o’zlashtirgan bilimlarning va muammolarning echimini topishdagi qiyinchiliklar bunday deyishingga asos bo’la olmaydi»;
«Ko’pgina insonlar o’zini qobiliyatli deb hisoblaydilar, aslida esa bu fikrdan yiroq bo’ladilar»;
«O’zing haqingda ijobiy fikrda ekanligingdan xursandman»;
«Unda o’qishga yanada jiddiy yondashishing kerak bo’ladi»;
«Fikringga qaraganda sen o’z qobiliyatingga ishonqiramay gapirayotganga o’xshaysan»;
. . . . . . . . . . . . . . .
10-vaziyat. Talaba o’qituvchiga: «Men daftarimni olib kelish (uy vazifasini bajarish va boshqalar)ni esimdan chiqaribman», - dedi. Bu vaziyatda Sizning javobingiz qanday bo’ladi? Javob variantlari:
«Yfna shu hol!»;
«Bu hol siz uchun mas`uliyatsizlik, e`tiborsizlik bo’lib tuyulmayaptimi?»;
«Menimcha, Sizning ishga jiddiyroq qarash vaqtingiz etib keldi»;
«Men nima uchunligini bilishni istar edim»;
«Balki buning uchun Sizda imkoniyat bo’lmagandir»;
«Siz nima deb o’ylaysiz, nima uchun bu haqida har gal Sizga eslatishim kerak»;
. . . . . . . . . . . . . . .
11-vaziyat. Talaba o’qituvchi bilan suhbatda shunday deydi: «Men xohlardim, Siz menga boshqa bolalarga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lsangiz».
Ushbu vaziyatda Siz qanday yo’l tutasiz? Javob variantlari:
«Nima uchun men Sizga boshqalarga qaraganda yaxshiroq munosabatda bo’lishim kerak?»;
«Men talabalarni yoqadigan, yoqmaydigan va sevimli o’quvchilarga ajratishni xohlamayman»;
«Menga sizdek talab qo’yadigan odamlar yoqmaydi»;
«Men nima uchun Sizni boshqa talabalar orasida ajratishim kerakligini bilmoqchi edim?»;
«Agarda men sizga «Sizni boshqa talabalardan ko’ra yaxshi ko’raman» desam xursand bo’lasizmi?»;
«Siz nima deb o’ylaysiz, aslida men sizga qanday munosabatdaman?»;
. . . . . . . . . . . . . . .
12-vaziyat. Talaba o’qituvchiga u o’qiyotgan fanni yaxshi o’zlashtira olmasligi haqida gapirib shunday dedi: «Men Sizga mavjud holatni aytdim. Menga ayting-chi, bunga sabab nima va men nima qilishim kerak?». Javob variantlari:
«Menimcha Sizning aqliy rivojlanishingda kamchiliklar bor»;
«Sizda xavotirlanishga hech qanday asos yo’q»;
«Aniq bir javob aytishdan oldin men bu muammoni yaxshilab o’rganib chiqishim kerak»;
«Biz bir oz kutaylik, ishlaylik va bu muammoni muhokama qilishga bir muncha vaqtdan keyin qaytamiz. Men bu masalani hal etamiz deb o’ylayman»;
«Men sizga hozir aniqlab bera olmayman, o’ylab olishim kerak»;
«Hech xavotirlanmang, menda ham shunday bo’lgan. Ko’p
qiynalganman»;
. . . . . . . . . . . . . . .
13-vaziyat. Talaba o’qituvchiga shunday dedi: «Mashg`ulotlarda aytayotgan fikrlaringiz va himoya qilayotgan g`oyalaringiz menga yoqmaydi». Bu vaziyatda Siz talabaga qanday javob qaytarasiz? Javob variantlari:
«Bu juda yomon»;
«Siz balki ularning mohiyatini tushunmasangiz kerak?»;
«Men keyingi mashg`ulotlar davomida sizning fikringiz o’zgaradi, deb ishonaman»;
«Siz qanday g`oyalarni himoya qilar edingiz?»;
«Do’stni faqat sen tanlamaysan, seni ham tanlashadi»;
«Siz nima deb o’ylaysiz, nima uchun bularni men gapiraman va himoya qilaman»;
. . . . . . . . . . . . . . .
14-vaziyat. O’quvchi guruhdagi o’rtoqlaridan biriga o’zining yomon
munosabatini yaqqol ko’rsatib shunday dedi: «Men u bilan birga o’qish (ishlash)ni xohlamayman». SHunda siz nima deb javob berasiz? Javob variantlari:
«Nima bo’pti»;
«Hech iloji yo’q, baribir majbursiz»;
«Bu to’g`ri ish emas»;
«Bunday bo’lsa u ham Siz bilan o’qish (ishlash)ni xohlamay qoladi-ku?!»;
«Nima uchun?»;
«Men o’ylaymanki, siz haq emassiz»;
. . . . . . . . . . . . . . .
Do'stlaringiz bilan baham: |