Texnologiya fanida o’quvchilarga “ Yubkalarni konstruktsiyalash, modellashtirish, tikish texnologiyasi “ mavzusini o’qitish metodikasi


Yubka uchun o’lchov olish va bichish



Download 5,1 Mb.
bet3/6
Sana08.02.2022
Hajmi5,1 Mb.
#434724
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Texnologiya

2.Yubka uchun o’lchov olish va bichish
Yubka vitochkalarning o’rni soni va kattaligini aniqlash har bir figuraning xususiyatlariga bog’liq. To’g’ri yubkada ort bo’lakda 2ta, old bo’lakda 2ta vitochka loyihalanadi. Agar vitochka kattaligi 4sm dan oshsa, u ikkiga bo’linadi, ya’ni 2ta vitochka o’rniga 4ta loyihalanadi. Klassik to’g’ri yubka ort bo’lagi o’rtacha chokli yoki yaxlit bo’ladi. Taqilma chap yon chokda yoki ort o’rta chokda tikiladi. To’g’ri yubka belbog’li vabelbog’siz qilib tikilishi mumkin.

Klassik to’g’ri yubkaning chiziqlar bilan bo’linishi 3-rasmda ko’rsatilgan.



1-jadval To’g’ri yubka chizmasini chizish va modellash



O’lchov belgisi belgilanishi

O’lchov belgisi nomi:

Kattaligi, sm.

S(bel)

Bel aylanasi

37

S(bo’k)

Bo’ksa aylanasi

50

D(ort bel)

Orqaning belgacha uzunligi

40,4

V(bel chizig’i)

Bel chizig’i balandligi

103,0

V(tizza)

Tizza balandligi

45,4

D(yon bel)

Beldan polgacha, yon tomondan bo’lgan masofa

105,8

D(bel old)

Old tomon beldan polgacha bo’lgan masofa

103,9

D(bel tizza =) V(bel chiz-)
V(tizza)

Beldan tizzagacha bo’lgan masofa

103-45,4=57,6

2-jadval Yubkani qurish uchun konstruktiv qo’shimchalar.



P(bel)=0,5-.....1,5sm

-bel aylanasiga




P(bo’k)=1,0....4,0sm

-bo’ksa, aylanasiga




PD(bel)= -2,5.....+45,0

-yubka uzunligiga




3-jadval.Yubka konstruksiyasi chizmasining hisobi.

Konstrukt ip bo’lak belgisi

Siljitish yo’nalishi

Hisob formulasi va hisoblar

Konstrukt ip bo’lak qiymati, sm


Vertikal bo’yicha pastga

TB=0,5D(ort bel)=0,5x40,4

20,2

TN

Vertikal bo’yicha
Pastga

TN=D(beltizza)+PD(bel tizza)=57,6+(-2,6)=57,6-2,6

55,0

BB1

Gorizantal bo’yicha o’ngga

BB1=S(bo’k)+P(bo’k)=50,0+2,0

52

BB2

Gorizantal bo’yicha o’ngga



BB2=0,5(Sbo’k+Pbo’k)-1,0=26-1,0

25,0

BB3

Gorizantal bo’yicha o’ngga

BB3=0,4BB2=0,4x25,0

10,0

B1B4

Garizontal bo’yicha chapga



B1B4=0,4 B1 B2=0,4x27,0

10,8

T2T20

Vertikal bo’yicha yuqoriga



T2T20=D(ortbel)-V(belchiziq)=103,9-103,0



EV=(Sbo’k+Pbo’k)-(Sbel+Pbel)=52,0-38,0

Ort vitochkaning kattaligi =0,35EV

Yon vitochka kattaligi =0,15EV




0,9

14









T30 T 33

Vertikal bo’yicha pastga



Ort vitochka uzunligi=16,0

16,0

T20 T23

Vertikal

Yon vitochka uzunligi=19,0

19,0


T40 T43

Vertikal
bo’yicha
pastga

Old vitochka uzunligi =11,0

11,0

T30 T31 =T30 T32

Gorizantal bo’yicha o’ng va chapga

T30T31=T30T32=4,9x0,5=2,45

2,45

T20 T21= T20 T22

Og’ma chiziq bo’yicha o’ng va chapga

T20 T21 =T20 T22=7x0,5

3,5

T40 T41= T40 T42

Og’ma chiziq bo’yicha o’ng va chapga

T40 T41 = T40 T42= 2,1x0,5

1,05




3.Yubkani modellashtirish va tikish
Yubka andozalarini qurish uchun model konstruktsiyasi chizmasi (5-rasm), yubkani yig’ish chizmasi.(texnologik ishlov berish sxemasi), tikish uchun tavsiya etiladigan materiallar xossalari haqidagi ma’lumotlar aniqlab qo’yiladi. Konstruktsiya chizmasida konstruktiv chiziqlar o’rni (bo’ksa,etak) bo’laklardagi mantaj kertiklar o’rni aniq ko’rsatiladi. Montaj kertiklar yon choklaridan (2tadan) ort o’rta qirqimida (2ta), bel vitochkalari o’rnida belgilanadi.
Andozalar turlari, ularni ishlab chiqish uchun qo’yiladigan talablarT-24, T-33, T-38 modullarda keltirilgan.
Yubka uchun asosiy (avra) va qotirma bo’laklar andozalari (7-8-rasm) ishlab chiqiladi. Andozalar spetsifikatsiyasi 4-jadvalda, tanda ipi yo’nalishi 5-jadvalda, chok haqi qiymatlari 6-jadvalda keltirilgan.
Andozalar birikuvchi qirqimlar uzunligi va konfiguratsiyasi bo’yicha solishtiriladi va muvofiqlashtiriladi. Andozalar spetsifakatsiyasida bir kiyim koplektiga kiruvchi bo’laklar tartibi va soni keltiriladi. Andozalar qirqilgach, texnik shartlar asosida rasmiylashtiriladi. Har bir bo’lakka markirovka belgisi qo’yib chiqiladi: kiyim nomi, razmeri, bo’yi, bo’lak nomi, bichilgan bo’laklar soni. Andozalarda tanda ipi yo’nalishi va uning yo’l qo’yiladigan chetga og’ish kattaligi, uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar, nazorat kertiklar aniq ko’rsatiladi.

To’g’ri yubka andozalarining spetsifikatsiyasi 4-jadval



Bo’lak nomi

Belgi manjeti



Soni




Gazlama turi







Bichiqda

Andozada




Yubka old bo’lagi

01

1

1

Asosiy

Yubka ort burchagi

02

2

1

Asosiy

Yubka belbog’i

03

2

1

Asosiy

Belbog’qotirmasi

04

1

1

Flizelin

Shlitsa qotirmasi

05

1

1

Flizelin

To’g’ri yubka andozalarida tanda ip yo’nalishi 5-jadval





Bo’lak nomi



Bo’lak belgisi

Tanda ipi yo’nalishi

T.I yo’nalishidan mumkin bo’lgan chetga

Old bo’lak

01

O’rta chiziqga parallel

5,0

Ort bo’lak

02

O’rta chiziqga parallel

5,0

Belbog’

03

Belbog’ uzunligi bo’ylab

5

To’g’ri yubka andozalarida chok haqi qiymati 6-jadval

Bo’lak nomi

Qirqim nomi

Chok haqi, sm

Old bo’lak

Bel qirqim

0,7-1,0




Yon qirqim

1,0-1,5




Etak

3,0-4,0

Ort bo’lak

Bel qirqim

0,7-1,0




Yon qirqim

1,0-1,5




Etak

3,0-4,0




O’rta qirqim

1,0-1,5

Belbog’



Chetkiqirqim Yon

0,7-1,0 0,7-1,0


Yubkalar birlashtiruvchi choklar miqdoriga qarab: bir chokli, ikki chokli to’rt chokli, olti chokli , sakki chokli va ko’p chokli bo’lishi mumkin.


Yubka tikishda hamma biriktirma choklarnimng qirqimlari maxsus mashinada yo’rmaladi. Vitochkalarni belgilangan chiziq bo’ylab yuqori qirqimda tika boshlab, choki pastga tomon asta-sekin yo’q qilib yuboriladi. Modelda mo’ljallanganiga muvofiq, vitochkalarni yoritib yoki bir tomonga yotqizib dazmollab, ular uchidagi solqilar kirishtiriladi. Yubka taqilmasi chokda, taxlamada bo’ladi yoki maxsus mashinada tikiladi.
Yubka old bo’lagi teskarisiga yordamchi andoza qo’yib, taqilma chetining chizig’i belgilanadi. Bu chiziqdan 0,2 sm masofada tarangroq tortib bo’ylama yoki yelim uqa qo’yiladi. Bo’ylamani old bo’lakka universal mashinada, uning qirqimdan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritib tikiladi. Taqilma haqining chetiga astarlik gazlama parchasi (mag’iz) qo’yib 0,4-0,5 sm kenglikdagi ag’darma chok bilan tikiladi. Gazlama parchasi ag’darma chokdan aylantirib o’tkazilib 0,4-0,5 sm kenglikda kant hosil qilinadi va ag’darma chok yonidan unversal mashinada baxyaqator yuritilada. Ip gazlamadan tikiladigan yubkalarda taqilmaning cheti teskarisiga 0,7 sm bukulib, bukulgan ziyldan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritiladi.
Yubka belbog’siz bo’lsa, old bo’lak taqilma haqi o’ngi ichkariga qaratib bukiladi va yuqori cheti kertim joygacha universal mashinada 0,7 sm kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi. Taqillama burchaklari o’ngiga ag’darilib, yon ziyi qo’lda to’g’ri qaviq solib yoki zanjir baxyali maxsus mashinada ko’klanadi. Yon ziyi teskari tomondan dazmollanadi.
Ort bo’lak taqilma haqining chetiga astarlik gazlama parchasi qo’yib, 0,4-0,5 sm kenglikdagi ag’darma choki bilan tikiladi. Gazlama parchasi ag’darma chokdan aylantirib o’tkazilib, 0,4-0,5 sm kenglikda kant hosil qilinadi va ag’darma chok yonidan universal mashinada baxyaqator yuritiladi. Astarlik gazlamaning ichki cheti cheti 1sm buklanadi va hosil bo’lgan ziydan 0,2 sm narida universal mashinada baxyaqator yuritib tikiladi. Bu baxyaqator taqilma tugmalanganda old bo’lak tagidan ko’rinib qolmaydigan bo’lishi kerak. Astarlik gazlamaning ichki cheti yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qo’yilsa ham bo’ladi.
Ip gazlamadan tikiladigan yubkalarda ort bo’lak taqilmasining ichki chetiga satin parchasi qo’yib, 0,4-0,5 sm kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi. Chok to’g’rilanadi va yubka avrasidan 0,1-0,2 sm kant hosil qilib, ziyidan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritiladi.
Yubka qirqimlari old bo’lak tomondan biriktirib tikiladi. Chok yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Taqilma pastki uchi uning patki qirqimidan 1sm yuqorida universal mashinada ko’ndalangiga uchta baxyaqator yuritib puxtalanadi. Taqilma ziylari bo’ylab modelga muvofiq bezak baxyaqator yuritiladi yoki yolg’on qaviq solinadi. Yubka taxlamali bo’lsa, taqilma bezak chokining kengligi taxlama bezak chokining kengligi bilan bir xil bo’lishi kerak. Taqilma ustki qismi ostki qismi ustiga chiqarilib dazmollanadi.

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish