Texnologiya fanida o’quvchilarga “ Yubkalarni konstruktsiyalash, modellashtirish, tikish texnologiyasi “ mavzusini o’qitish metodikasi
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.Ayollar yubkasining turlari
2.Yubka uchun o’lchov olish va bichish
3.Yubkani modellashtirish va tikish
4. Texnologiya fanida o’quvchilarga “ Yubkalarni konstruktsiyalash, modellashtirish, tikish texnologiyasi “ mavzusida tavsiya etiladigan
5. Dars ishlanma
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng, Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan yengil sanoat xodimlari oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:
Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, xususiy va davlat korxonalarini keng qamrovda mehnatga jalb qiladigan, ishchi o’rinlarini yarata oladigan yigirish, to’qish pardozlash, trikotaj tayyor mahsulotlarni ko’paytira oladigan tikuvchilik sanoatini rivojlantirish. Xomashyo va arzon yarim tayyor mahsulotlar bilan emas, xaridorgir tayyor buyumlar bilan savdo qilishni o’rganish.
Yuqoridagi vazifalarning yechimini topish, sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga tubdan yangicha yondashuvni talab qiladi. Tayyor maxsulotlar raqobatbardoshligini yaratish usullaridan biri trikotaj buyumlarini sifatli va xaridorgir qilib ishlab chiqarishdan iboratdir. Tayyor maxsulotlar turlarini kengaytirishga ilmiy yondashilgan “xomashyo trikotaj kiyim’’ kansepsiyasining tahlili asosida loyihalash va texnologiyasini ishlab chiqishni taqoza etadi.
Shu bilan birga mahalliy xomashyolardan foydalanib ishlab chiqarishga tezda tadbiq etiladigan xaridorgir, bozor talablariga javob bera oladigan tayyor maxsulotlarni yaratish yuqori samara beradi.
O’zining qulayligi, gigiyenik, estetik va erganomik talanlarining yuqoriligi bilan trikotaj XXI asrda erkaklar, ayollar va bolalar garderobidan keng o’rin egalladi.
Prezdentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish chora tadbirlari to’risida”gi qaror qabul qilindi.
Qaror bilan xomashyoni qayta ishlash asosida bozor talablariga mos to’qimachilik, tikuv- trikotaj, charm-poyabzal va mo’ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020-2025-yillarga mo’ljallangan maqsadli parametrlari tasdiqlandi.
Shuningdek qarorga ko’ra, 2021 yil 1 yanvaridan bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni olib chiqishda eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10% i miqdorida eksport qilinadigan har bir kilogramm ip- kalava uchun 0,01 AQSh dollari miqdorida yig’im undirildi. 2020 yil 1-yanvaridan yalpi tushumining umumiy hajmida tayyor trikotaj mahsulotlarining eksporti 60% dan kam bo’lmagan eksport ulushiga ega bo’lgan korxonalar 2023 yil 1 yanvargacha mol – mulk solig’ini to’lashdan ozod etiladi. To’qimachilik, tikuv- trikotaj, charm- payobzal va mo’ynachilik korxonalarining foyda solig’i bo’yicha soliqqa tortadigan bazasi yetti til davomida teng ulishlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo’yicha xarajatlar summasiga kamaytirildi. Bugun 85 korxona sport buyumlari, jumladan, bolalar sporti kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Milliy liboslar yaratish va ishlab chiqarish ham muhim yo’nalishga aylangan. Mamlakatimiz hududlari va poytaxtimizda “O’zbekengilsanoat” korxonalariga qarashli do’konlarda kundalik kiyimlar, sport formasi, ro’zg’orga kerakli to’qimachilik buyumlari, paypoq va boshqa turli mahsulotlarni arzon narxlarda xarid qilish mumkin. Zamonaviy liboslar yaratish uchun xorijlik dizaynerlarni jalb qilish va keyinchalik ularni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda “O’zbekengilsanoat “ aksiyadorlik jamiyatida O’zbekiston dizaynerlari va xorijiy davlatlardagi yetakchi moda hamda dizayn maktablari vakillari ishtirokida “Moda va dizayn “ xalqaro festivali tashkil etildi.
Engil sanoat korxonalari o’z faoliyatida mahsulotlarini eksport qilishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Buning samarasida sohada eksport hajmining ortib borayotgani va ichki bozorlarimiz mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanayotgani kuzatilmoqda. Bugun mamlakatimizda tayyorlanayotgan to’qimachilik mahsulotlari dunyoning 55dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda. 2015 – yildan mahsulotimizni Kolumbiya, Braziliya, Salvador, Pokiston, Xorvatiya, Nigeriya va boshqa mamlakatlarga yetkazib berish yo’lga qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |