« TASDIQLAYMAN»
G`allaorol tuman XTBga qarashli
76-umumiy o'rta ta'lim maktabi
direktori
_______________A.Ummatov
2022 yil 21-sentyabr
“Umumta'lim maktablarida foydalanish uchun tavsiya etilayotgan internet resurslari va axborot tizimlari” mavzusida tashlik etiladigan o’quv seminar
B A Y O N I
2022 yil 21-sentyabr 12-sonli Qipchoqsuv QFY
Raislik qiluvchi:
Yig`ilish kotibi:
|
- A.Ummatov 76-umumta'lim maktabi direktori
- J.Tashbulov 76 - umumta'lim maktabi informatika fani o'qituvchisi
|
Taklif etildi:
Qatnashganlar:
|
- O.Baxramov - tuman xalq ta’limi bo’limi AKT sho’basi xodimi
- Maktab pedagog xodimlar 14 nafar va yuqori sinf o'quvchilari 38 nafar
|
|
KUN TARTIBI:
“Umumta'lim maktablarida foydalanish uchun tavsiya etilayotgan internet resurslari va axborot tizimlari” mavzusida
Bugungi kunda maktab o’quvchilari va hodimlari uchun yaratilgan Maktab.uz, Kitob.uz, smartland.maktab.uz, edukids, Artshop.uzedu.uz, Educare.uzedu.uz, Idea.uzedu.uz, uzbekistan360.uz, loyihalari bilan tanishtirib o’tdi.
Ushbu portal Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan hamkorlik asosida ishlab chiqildi. Portalda asosan Ijtimoiy-psixologik, tibbiy-psixologik, psixologik-pedagogik modullarni o‘z ichiga olgan, o‘quvchilarning psixologiyasida kuzatiladigan individual va tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan turli xil dasturlarning video materiallar va uslubiy qullanmalar, shuningdek, o‘qituvchilarning psixologik bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning ta’lim tizimidagi faoliyati, shaxsiy hayotidagi qiyinchiliklarni yengish ko‘nikmalarini oshirish, maktab o‘qituvchilari jamoasidagi psixologik iqlimni yaxshilash, o‘quvchilar bilan ishlashda psixologik usullardan foydalanish, stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish, maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan ishlashning muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha turli video materiallar tayyorlanib, ushbu portalda e’tiboringizga havola etilmoqda.
Maktab.uz 1-11-sinflar uchun eng yirik umumtaʼlim onlayn maktabi hamda maktab oʻquv dasturi boʻyicha videodarslar va boshqa materiallar platformasi. 2020 yildan boshlab biz har bir o‘quvchiga eng yaxshi oʻqituvchilardan ta’lim olish va ularga baxtli bolalikni ta’minlash uchun yuqori sifatli bepul masofaviy taʼlim tizimini ishlab chiqmoqdamiz. Platforma doimiy ravishda to‘ldirilib va yangilanib boriladi, shuningdek, reklamadan butunlay xoli. Platforma materiallaridan nafaqat maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari, balki o‘qituvchilar ham maktablarda dars jarayonida foydalana oladilar. Agar kutubxonadan Siz darslikni “javondan olib”, kerakli mavzuni o‘zlashtira olsangiz, Maktab.uz – bu masofaviy ta’limning to‘laqonli ekotizimidir.
Ba’zilar uchun ushbu platforma repetitorning o‘rnini bosadigan tizim bo‘lsa, boshqalar uchun uydagi haqiqiy maktabdir. Kimdir oilasi bilan dunyo bo‘ylab sayohat qiladi, tez-tez boshqa joyga ko‘chadi yoki chet elda yashaydi. Kimdir o‘z sport yoki san’at mashg‘ulotlarini maktab bilan uyg‘unlashtira olmaydi. Kimnidir maktabga borishdan jamoa yoki o‘qituvchilar bilan nizolar to‘xtatadi, kimnidir ta’lim sifati qoniqtirmaydi, kimgadir esa oilaning e’tiqodi ruxsat etmaydi. Ularning barchasini umumiy tanlov bepul va sifatli masofaviy ta’limni tanlash birlashtiradi.
O‘qituvchilarda kasbiy stress va emosional so‘nish holatlarini o‘rganish, maxsus koping va stress boshqaruvi ko‘nikmalarini shakllantirish; -jamoada pedagoglarning psixik salomatligini saqlash va mustahkamlash, o‘qituvchilarning psixologik portretini yaratish; -bolalar va o‘smirlarda autodestruktiv xatti-harakatlarni erta aniqlash va oldini olish sohasida o‘qituvchilar va ota-onalarning axborot-psixologik savodxonligini oshirish; -o‘smirlarda maqsadni belgilash, internetga qaramlikka qarshi psixologik immunitet, shaxsiy o‘sishni rejalashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish; -o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlariga moyil bo‘lgan voyaga yetmaganlarni erta aniqlashni tashkil etish, ularga va ularning ota-onalariga o‘z vaqtida har tomonlama psixologik va pedagogik yordam ko‘rsatish; -gender va reproduktiv salomatlik ta’lim sohasida o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalarning axborot-psixologik savodxonligini oshirish.
Yuqoridagi bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib yig'ilish
QAROR QILADI:
1. Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 28-iyuldagi
01-01/4-1644-sonli xati hamda G`allaorol tumani xalq ta`lim bo’limining 2022-yil
1-avgustdagi 216-sonli xati ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. maktabdagi 5-11-sinf o’quvchilariga yuqorida keltirilgan platformalarni to’g’ri tushintirib borish informatika fani o’qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
3. Informatika fan o’qituvchilari fan o’qituvchilariga yuqoridagi platformalar bilan tanishtirishda targ`ibot-tashviqot ishlari olib borish yuklatilsin.
4 . Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish maktabning MMIDO’ A.Saparov zimmasiga yuklatildi.
Yig`ilish kotibi: J.Tashbulov
76-maktab pedagog hodimlar
76-maktab o’quvchilari
Do'stlaringiz bilan baham: |