Muhokama uchun savollar:
Kuch momenti deb nimaga aytiladi?
Juft kuch deb nimaga aytiladi?
Juft kuch momenti deb nimaga aytiladi?
Aylantirish effekti qanday tushuntiriladi?
2-savol bayoni: Fazoviy kuchlar sistemasining muvozanati.
Identiv o’quv maqsadlar:
Fazoviy kuchlar sistemasini izohlay oladi.
Fazoviy kuchlar sistemasini juft kuchlardan farqini ajrata oladi.
Fazoviy kuchlar sistemasining muvozanat shartlarini tushuntirib bera oladi.
Ta’sir chiziqlari fazoda ixtiyoriy ravishda joylashgan kuchlardan tashkil topgan sistema fazodagi kuchlar sistemasi deyiladi.
Odatda fazodagi kuchlar sistemasi ta’siridagi jismning qanday holatda (muvozanatda yoki harakatda) bo’lishini aniqlash uchun jismga qo’yilgan kuchlar sodda holga keltiriladi(6).
Jismning biror nuqtasiga qo’yilgan kuchni uning ta’sir chiziq bo’ylab istalgan nuqtaga ko’chirganda kuchning jismga ta’siri o’zgaradi. Kuchni o’ziga parallel ravishda ta’sir chizig’ida yotmaydigan biror nuqtaga ko’chirilsa, kuchning jismga ta’siri o’zgaradi. Kuchni o’ziga parallel ravishda jismning qaysi nuqtasiga keltirilsa, shu nuqta markazi deb ataladi. Lui Puanso (1777-1859 y) isbotlagan lemma: jismning biror nuqtasiga qo’yilgan kuch jismda olingan ixtiyoriy keltirish markaziga qo’yilgan xuddi shunday kuchga va momenti berilgan kuchning keltirish markaziga nisbatan momentiga teng juft kuchga ekvivalent bo’ladi.
Jismning A nuqtasiga qo’yilgan kuchni o’ziga parallel ravishda jismning O nuqtasiga keltirish kerak bo’lsin. Buning uchun O nuqtaga ta’sir chizig’i F ga parallel sistema qo’yiladi.
Bunda bo’lsin. Natijada o’z navbatida kuchlar sistemasi O nuqta qo’yilgan kuchga va juft kuchga ekvivalent bo’ladi. bu juft kuch qo’shilgan juft kuch deyiladi. juft kuch momenti kuchning O nuqtaga nisbatan momenti ga teng, demak bo’ladi.
Agar jismning A1, A2, A3, ...An nuqtalariga fazoda ixtiyoriy yo’nalgan kuchlar sistemasi qo’yilgan bo’lsa, bu kuchlarni O markazga keltiriladi. Bunda har bir kuch va O nuqta orqali P1, P2, P3, ... Pn tekisliklar o’tkaziladi. Puanso lemmasiga ko’ra, har bir kuch o’z tekisligida o’ziga teng kuch va qo’shilgan juft kuch bilan keltiriladi.
(1) - kuch fazodagi kuchlar sistemasining bosh vektori deyiladi.
Kuchlarning sistemsining bosh vektori mazkur kuchlarning geometrik yig’inidisiga teng bo’ladi. Xuddi shuningdek
(2)
Fazodagi kuchlarning sistemasining biror markazga nisbatan bosh momenti tashkil etuvchi kuchlar shu markazga nisbatan momentlarning geometrik yig’indisiga teng(3).
Shunday qilib, fazodagi ixtiyoriy joylashgan kuchlarning sistemasini biror O markazga keltirish natijasida bu kuchlarning sistemasi keltirish markaziga qo’yilgan bosh vektor ga teng bitta kuch momenti ga teng bo’lgan bitta juft kuch bilan almashtiriladi.
Bundan bosh vektorlari va bosh momentlari ustma-ust tushadigan ikkita kuchlar sistemasi statik ekvivalent bo’ladi.
Binobarin, qattiq jismga ta’sir etuvchi ixtiyoriy kuchlar sistemasi uning bosh vektori va bosh momenti bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |