Texnologik jarayon va struktura sxemaning tavsifi


Maydalangan massani isitish



Download 1,34 Mb.
bet3/10
Sana09.04.2022
Hajmi1,34 Mb.
#538569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tamat soki ishlab chiqarish jarayonii avtomatlashtirish

Maydalangan massani isitish. Isitish uchun bir yoki ikki seksiyali quvurli vakuum-isitgichlardan foydalaniladi. Ikki seksiyali isitgichning ikkala seksiyasi umumiy staninada oʻrnatilgan: ulardan biri tomat massasini, ikkinchisi esa siqib olingan sokni isitish uchun xizmat qiladi. Har bir seksiya mustaqil rostlanadi. Seksiya ichiga ketma-ket gorizontal holda quvurlar oʻrnatilgan silindrdan tashkil topgan.
Bir seksiyali isitgichda quvurlarning bir qismi (50%) maydalangan massani, ikkinchi qismi sokni isitish uchun ishlatiladi.
Maydalangan massa uzluksiz ishlovchi nasos yordamida isitgichning barcha quvurlari orqali uzatiladi. Apparatning bugʻ yoʻlida 90-80 kPa bosim ushlanadi. Isitish bugʻining nisbatan past temperaturasi (94-97°S) hamda mahsulotning apparat hajmidan katta tezlikda oʻtishi quvurlarda nagar hosil boʻlmasligini ta’minlaydi.
Vakuum-isitgich tomat massasi temperaturasi, isitish kamerasidagi vakuumni avtomatik ravishda rostlash vositalari bilan ta’minlangan. Kondensat sistemadan majburiy chiqarib ketiladi.

Sok siqish. Sok uzluksiz ishlovchi press yordamida siqib olinadi
(1.2-rasm).

1.2-rasm. Ekstraktor sxemasi

Tomat qoldiqlari mashinadan uning korpusining ichki yuzasi va shnekning konussimon uchi hosil qilgan halqasimon teshikdan chiqadi. Sok siqib olish darajasi 60-70% oraligʻida halqasimon teshik kattaligini rostlash orqali rostlanadi. Buning uchun shnek oʻz oʻqi boʻyicha harakatlantiriladi.


Sok olgandan soʻng qolgan chiqitlar ishqalanadi va quyultirilgan tomat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. U bugʻlatib konsentrlash uchun tomatdan bevosita olingan tomat massasiga qoʻshiladi.
Sokni isitish. Olingan sok vakuum-isitgichning ikkinchi seksiyasida 85°S-gacha isitiladi. Isitish natijasida tomat soki tarkibidagi havo miqdori 5-6,7%-dan 0,7-1,2% -gacha kamayadi (hajm boʻyicha). Ayni vaqtda isitish natijasida vegetativ shakldagi mikroorganizmlar oʻldiriladi.
Tomatni maydalashdan boshlab sokni isitishgacha boʻlgan ishlab chiqarish operasiyalari Odessaning “Prodmash” zavodida ishlab chiqarilgan KTSA-10, KTSA-30, KTSA-60 agregatlarida amalga oshiriladi. Ularning unumdorligi muvofiq ravishda 10, 30 va 60 l/daqiqa sokdan iborat. Ushbu zavodning mexanizasiyalashgan linisining unumdorligi 120 l/daqiqa sokni tashkil etadi.
Agregatlar (1.3-rasm) umumiy staninaga oʻrnatilgan quyidagi jihozlarni oʻz ichiga oladi: maydalagich 1, vakuum-isitgich 4, ekstraktor 2, yigʻgichlar, nasoslar, elektrodvigatellar. KTSA-30 va KTSA-60 agregatlarida chiqitga ishlov berish uchun finishyor 3 ham mavjud.


1.3-rasm. Tomat soki ishlab chiqarish KTSA 30/3 agregati sxemasi.
Ekstraktordan tashqari tomat sokini chiqarish uchun filtrlovchi sentrifugalar ham ishlatiladi. Krasnodar oziq-ovqat ilmiy-tadqiqot institutida Krapotkin konserva zavodi ishtirokida ishlab chiqilgan sxema boʻyicha bu maqsadda NVSh-350 sentrifugasi ishlatiladi.
Sentrifuganing ishchi organi ichkaridan toʻr bilan berkitilgan dumaloq yoki yoriq teshikli ishlangan konussimon rotor. Rotor ichida siqilgan chiqitlarni qoldiqni chiqarib tashlovchi kameraga uzatuvchi shnek aylanadi. Rotorning ishchi diametri 350 mm, aylanish tezligi 3000 ayl/daqiqa.
Yuvilgan va inspeksiyalangan tomatlar ishqalovchi yuzali diskli mashinada maydalanadi. Ayni vaqtda bugʻ bilan ishlov beriladi, qoʻshimcha shnekli uzatgichda isitiladi va ketma-ket oʻrnatilgan ikki sentrifugadan oʻtkaziladi. Birinchi sentrifugada siqilgan qoldiqlar ikkinchisida yana siqiladi. Ikkinchi sentrifugadan chiqqan chiqitlar isitiladi, ishqalash mashinasidan oʻtkaziladi va presslanadi, chiqqan sok esa tomat-pasta ishlab chiqarish uchun uzatiladi.
Maydalangan massa siqishdan ilgari 85-90°S –gacha isitilishi kerak. Isitish kamroq (70-75°S) boʻlsa sok chiqish 3-5%-ga kamayadi va etning kam chiqishiga olib keladi, mahsulotda karotin kam boʻladi. Isitish natijasida tomat tarkibidagi pektolitik fermentlar inaktivlashadi, natijada eruvchan pektin saqlanib qoladi, bu oʻz navbatida sokning qatlamlanishiga qarshilikni oshiradi. Tavsiya etilgan isitish polifenol-lar va askorbin kislotasining saqlanishida ijobiy natija beradi.
Sentrifuga rotoridagi toʻr yigʻma boʻlgani ma’qul, bir tomonda toʻr teshiklari diametri 0,06-0,1 mm, ikkinchi tomonda - 0,2x0,4 mm. Tirqishsimon teshikli toʻr konsistensiyasi kerakli boʻlgan sok olishni ta’minlaydi.
Sentrifugada olingan sokdagi etning optimal miqdori 12-14%, zarrachalar oʻlchami 25-100 mkm. Sok chiqishi 80-85% -ni tashkil etadibunda rs – markazdan qochma kuch hosil qilgan bosim, Pa; S – filtrlash yuzasi, m2; - sokning dinamik qovushqoqligi, Pa. soniya; r0 – choʻkmaning birlik qarshiligi, 1/m2; hch – choʻkma qatlami qalinligi, m.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish