M asalalar loplami V
U nifikatsiya (bir masalani tanlash) - B3 = opt
Masalani optimallikka tahlil qilish
T anlangan masalani qonunlashtirish -\h = const
Standartlashtirish (tanlangan masalani hujjatlashtirish)
0 'matilean tartibda standartni
ishlab chiqish, rasmiylashunsh,
kclishish, qabul qilish. nashr
etish, joriy qilish. o'zganshlar
kirish
2 .2-rasm. Standartlashtirishning namunaviy vazifasi masalalari kefma-ketligi.
Shunday qilib, standartlashtirish - qayerda qaytariladigan vazifalar, uni bajarish variantlari mavjud boMsa, o'sha yerda paydo bo'ladi. Stan-dartlashtirish faoliyatining eng muhim yakuniy natijasi - standartlash-tirish obyektlarining maqsadli yoki vazifaviy qo'llanilishini; savdoda texnik to'siqlami bartaraf qilishni; ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijti-moiy taraqqiyotniva hamkorlikni oshirish hisoblanadi.
36
2.4. Standartlashtirishning umumiy tavsiflari 2.4.1. Asosiy tushunchalar
Mutaxassislaming mehnat faoliyati jarayonida tizimli ravishda qaytariluvchi vazifalarni, ya'ni mahsulot miqdori hisobini yuritish, texnologik operatsiyalaming parametrlarini o'lchash, tayyor mahsulotni tekshirish, yetkazilayotgan mahsulotlami qadoqlash va boshqalar hal qilinishi lozim. Bu qaytariluvchi vazifalar standartlashtirish faoliyati sohasiga kiradi. Standartlashtirishning o'ziga xosligi insoniyat rivojining barcha bosqichlaridagi kasblarida va barcha yoshdagi insonlaming hamda ulaming faoliyat sohasidan qat’i nazar, qiziqishiga ta'sir qiladi. Standartlashtirishning o'sib boruvchi ta'siri sifatida mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish mexanizmining eng maqbuli zamonaviy holatda bir qancha omillar bilan aniqlanadi. Buni mamlakatimizda yangi "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida"gi qonunining joriy qilinishi tasdiqlaydi va amaldagi Davlat standartlashtirish tizimi (OlzDST)da islohotlami amalga oshirishni taqozo etadi.
Yangi qonunning konseptual qoidalari quyidagilardir: mahsulotga talablar -1- texnik reglamentlarda o'rnatilganlar - majburiy va standart-larda tarkib topganlar - ixtiyoriy talablarga bo'linadi. Shunday qilib, 0'zbekiston Respublikasida shafFof ikki darajali hujjatlar tuzilmasini, ya'ni birinchi daraja - texnik jihatdan tartibga solish obyektlarining xavfsizligi bo'yicha talablami qo'llash va bajarish uchun majburiy talablardan tarkib topgan texnik reglamentlami qamrab oladi. Ikkinchi daraja - texnik reglamentlar bilan uyg'unlashgan majburiy talablarni bajarishda ishlab chiqaruvchilarga yordam beruvchi va amal qilinuvchi usullar va algoritmlami qamrab olgan ixtiyoriy standartlardan iborat.
Kelgusida standartlar majburiy hujjat bo'lib hisoblanmaydi, biroq uning tarkibidagi tavsiyalar o'z-o'zidan texnik reglamentlarning majbu-riy talablariga bajarishga o'tkaziladi. Aks holatda, ishlab chiqaruvchi nazorat idorasiga obyektning texnik reglamentga muvofiqligini isbotlab berishi lozim.
Texnik jihatdan tartibga solish - mahsulot, ishlab chiqarish jarayon-lariga, ekspluatatsiya, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utillash-tirishga majburiy talablarni qo'llash va bajarish, belgilash sohasidagi munosabatlami huquqiy tartiblashtirish hamda mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlariga, ekspluatatsiya, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utillashtirish, ishlami bajarish yoki xizmat ko'rsatishga talab-
37
lami ixtiyoriy asosda qo'llash, - belgilash va muvofiqlikni baholash sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartiblashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |