Standartlashtirish sohasi - standartlashtirishning o'zaro aloqador obyektlari majmuidir. Masalan, mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, transport, kattaliklar, birliklar va boshqalar.
Standartlashtirish darajasi - geografik, siyosiy va iqtsiodiy alomat-lami hisobga olib, standartlashtirish bo'yicha faoliyatda ishtirok etish shaklidir. Shu bilan birga, standartlashtirish quyidagicha bo'lishi mumkin:
xalqaro, unda barcha mamlakatlar organlariga muvofiqligi uchun
uning ishlarida ishtirok etish ochiq bo'ladi;
milliy, unda ishlar muayyan mamlakat darajasida o'tkaziladi;
hududiy, faqat dunyoning bitta geografik, siyosiy yoki iqtisodiy
hududidagi mamlakat organlariga muvofiqligi uchun uning ishlarida
ishtirok etish ochiq bo'ladi;
ma'muriy-hududiy undagi ishlar qandaydir ma'muriy-hududiy
birlikda o'tkaziladi.
Standart -^mahsulotning tavsifi, ishlab chiqarish jarayonlari, eksplu-atatsiya qilish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utillashtirish,
38
ishlami bajarish yoki xizmatlar ko'rsatishning tavsiflari va amalga oshirish qoidalarini o'rnatishda ixtiyoriy ravishda ko'p marotaba foydalanish maqsadidagi hujjatdir. Standartda atamalar, simvollar, qadoqlash, tamg'alash yoki etiketka va ulami qo'yish qoidalariga qo'yilgan talablar ham bo'lishi mumkin.
Qoida (Q) - ishlami bajarish usullari, tartibi, tashkiliy-texnikaviy va (yoki) umumtexnikaviy qoidalami qo'llash uchun majburiy talablarni o'matuvchi hujjatdir (0'z DSt 1.10-98).
Tavsiyalar (T) - ishlami bajarish usullari, tartibi, tashkiliy-texni-kaviy va (yoki) umumtexnikaviy qoidalami qoMlash uchun ixtiyoiy talablardan tarkib topgan hujjatdir (0'z DSt 1.10-98).
Reglament - hokimiyat idoralari qabul qilgan va majburiy huquqiy me'yorlardan tarkib topgan hujjatdir.
Texnikaviy reglament - texnik jihatdan tartibga solish obyektlari (mahsulot, shuningdek, binolar, imorat va inshootlar, ishlab chiqarish jarayonlari, ekspluatatsiya qilish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utillashtirish)ga talablarni qo'llash va bajarish uchun 0'zbekiston Res-publikasi hukumati qarorlari yoki 0'zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning farmonlari, yoki 0'zbekiston Respublikasi qonunchiligida o'matil-gan tartibda tasdiqlanuvchi majburiy bo'lgan talablar, 0'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida qabul qilingan hujjatdir.
Me'yoriy hujjat - turli xil faoliyat turlariga yoki uning natijalariga taalluqli umumiy qoida, prinsip yoki tavsiflami o'matuvchi hujjat (0'z DSt 1.0-98).
Texnikaviy-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni umumdavlat tasnif-tagichi — u o'zida texnikaviy-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlar sohasida obyektlami tasniflash va (yoki) tasniflash gumhi nomi hamda kodlarini tizimlashtirishni namoyon qiluvchi rasmiy hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |