Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

 
 
16.4-rasm. Girshprung kasalligida neyrografiya. 


 
169 
Metod  aniqligi  juda  katta,  agar  materialning  yetarli  miqdori  yoki  bir  nechta 
qismlar 
olingan, 
shuningdek, 
tadqiqotlar 
tajribali 
morfolog 
tomonidan 
o‘tkazilayotgan  bo‘lsa.  Agar  ganglioz  hujayralar  aniqlansa,  unda  Girshrprung 
kasalligi  tashxisi,  odatda,  bo‘lmaydi.  Aspiratsion  biopsiyaning  yagina  ehtimoli 
bo‘lgan keskinlashuvi – materialning yetarli miqdorda olinmasligi.  
Biopsiyani  tishli  liniyadan  yuqorida  amalga  oshirish  muhim,  chunki  to‘g‘ri 
ichakning  ancha  distal  bo‘limlarida  ganglioz  hujayralarning  joylashuv  zichligi 
kamayadi.  Aspiratsion  biopsiyaning  keng  qo‘llanilishi  yana  so‘ngi  vaqtlarda 
Meysnerovskiy to‘qimasi Auerbaxovskiy kabi distal yo‘nalishda uzoq tarqalmaydi 
degan fikr rad etilishi bilan bog‘liq.  
 Davolash.  Aganglioz  tashxisi  qo‘yilishi  bilan  yo‘g‘on  ichak  lavaji  (gaz 
chiqarish  trubkasi  o‘rnatish  bilan  sifon  klizmalar),  kolostoma  yotqizish  yoki 
birlamchi  radikal  muolajadan iborat bo‘lgan  faol davolashni  zudlik bilan boshlash 
kerak.  Davolashni  kechiktirish  kerak  emas,  chunki  bu  faqat  davolash  natijalarida 
eng salbiy tarzda aks etadigan enterrokolitning ulanishiga sharoit yaratishi mumkin.  
Yo‘g‘on  ichak  lavaji  –  bu  oddiy  klizma  emas,  kuniga  bir  necha  marta  katta 
teshigi va yon teshiklari bo‘lgan trubka orqali amalga oshiriladigan uning takroran 
mexanik  yuvilishi.  Bu  maqsadlar  uchun  katta  miqdorda  suyuqlik  ishlatilarkan, 
elektrolit buzilishlarga uchramaslik uchun 1–2 % xlorli natriy qorishmasini qo‘llash 
yaxshi.  Davolash  tadbirlarining  maqsadi  –  kislotno-asosiy  holatga  minimal 
aralashuv  bilan  ichakning  dekompressiyasi.  Lavaj  bir  bosqichli  jarrohlik 
davolanishi  rejalashtirilganida  qisqa  aganglionar  segment  bo‘lganida  qo‘llaniladi. 
Uzun segmenti bo‘lgan bolalarda lavaj kam effektli.  
 Ko‘pincha  davolashning  birinchi  bosqichi  sifatida  uzoq  vaqt  o‘tkaziladigan 
lavaj  oldida  qator  ustunliklarga  ega  bo‘lgan  kolostomiya  yoki  olestomiya 
qo‘llaniladi.  Ilestomiyaga  keladigan  bo‘lsa,  biz  ichak  tarkibining  yuqori 
derivatsiyasi, shu qatorda Girdaladze bo‘yicha kolostoma tarafdori emasmiz. Chap 
yarim  yoki  ko‘ndalang  ichakda,  aganglionar  zonaning  qisman  rezeksiyasi  bilan 
undan  proksimlaroq  bir  stvolli  kolostomasi  nafaqat  tashxisni  verifikatsiyalash 
imkonini  beradi,  balki  yo‘g‘on  ichak  yuqorida  yotuvchi  bo‘limlari  funksiyalarini 


 
170 
saqlaydi.  Birinchidan,  bunda  ichak  obstruksiyasi  tezda  yo‘qotiladi.  Ikkinchidan, 
ikkilamchi kengaygan, lekin dastlab o‘zgaragan ichak o‘lchamlari kichrayadi, mas 
ravishda, keltiradigan segment va aganglioz zonasi  diametrlaridagi farq kamayadi, 
bu  rekonstruktiv  operatsiya  o‘tkazishda  eng  yaxshi  sharoit  bilan  ta’minlaydi. 
Uchinchidan, bola ovqatlanish holati yaxshilanadi, uni uyda parvarishlash esa uzoq 
vaqtli  lavaj  o‘tkazishdagidan  ko‘ra  ancha  osonlashadi  va  jarohatsiz  bo‘ladi.  Va 
nihoyat,  ayniqsa  muhim  tomoni,  Girshprung  kasalligi  bo‘lgan  bolalarda  davolash 
natijalariga juda salbiy ta’sir qiladigan enterokolit rivojlanish xafvi pasayadi.  
Ichak  teshigi  qo‘yiladigan  joyning  tanlovi  birinchi  navbatda  retgenologik 
kartina  bilan  aniqlanadi.  Agar  irrigogrammalarda  xos  o‘tish  zonasi  aniq  ko‘rinsa, 
unda  yechim  osonlashadi.  Bunday  holatda  kolostoma  qo‘yish  uchun  o‘tish  zonasi 
ustida qorin devorchasining kichik kesilishi talab qilinadi. Operatsiyada bu zonadan 
yuqori  yoki  pastki  qismlarda  olingan  biopsiya  natijalari  odatda  retgenologik 
ma’lumotlarni tasdiqlaydi.  
Agar  irrigogrammalarda  o‘tish  zonasi  aniqlanmasa,  biopsiya  materialini  har 
qanday  darajada  olish  imkonini  beradigan  ancha  keng  laparotomiyani  o‘tkazish 
zarur.  Yetarlicha  kam  uchraydigan  bunday  holatlarda  bo‘ylama  o‘rta  kesim  olgan 
ma’qul,  chunki  u  kerak  bo‘lganida  qorinning  har  qanday  kvadrantida  stoma 
yaratish imkonini beradi va, bundan tashqari, jarrohlik bilan davolashning ikkinchi 
bosqichida qo‘llanilishi  mumkin. Aganglioznar  zona  rentgenologik  ma’lumotlarga 
ko‘ra  rektosigmoid  sohasida  joyalshadigan  odatiy  va  eng  ko‘p  uchraydigan 
holatlarda  mushaklarning  jaratilishi  bilan  chap  pastki  kvadrantda  qorin 
devorchasini  kichik  kesishadi.  Stoma  yotqizish  darajasi  reviziya  va  muzlatilgan 
kesimlar  ekspress-tadqiqotlari  ma’lumotlari  bilan  aniqlanadi.  Bu  kesimdan  (uning 
kengayishi  bilan)  operativ  davolashning  ikkinchi  bosqichida  ham  foydalanish 
mumkin.  
Stoma  yotqizish  joyi,  shuningdek,  qanday  davolash  rejalashtirilayotganligiga 
ham  bog‘liq  –  ikki  yoki  uch  bosqichli.  Ba’zi  jarrohlar  uch  bosqichli  muolajani 
ma’qul  ko‘rgan  vaqtda,  ko‘pchlik  hozirgi  vaqtda  stomani  gistologik  tasdiqlangan 
o‘tish zonasi sohasida qo‘ygan holda ikki bosqichli operativ davolashni qo‘llashadi. 


 
171 
Bunday  yondashuvda  keskinlashuvlar  va  letal  yakunlarning  eng  kam  chastotasi 
kuzatiladi,  lekin,  boshqa  tomondan,  jarroh  doim  kerak  bo‘lganida  texnik 
muammolar  bilan  bog‘liq  ikkinchi  bosqich  vaqtida  (kamdan  kam  bo‘ladi)  paydo 
bo‘ladigan proksimal stomani yotqizishga tayyor bo‘lishi kerak.  
O‘tish zonasida stomaning yaratilishi qator ustunliklarga ega. Teshik qo‘yish 
darajasi keyinchalik oddiy gistologik tadqiqotlar bilan tasdiqlanadigan muzlatilgan 
kesimlar favqulodda tadqiqot bilan aniqlanadi. Jarrohlik muolajasining birinchi va 
ikkinchi  bosqichi  orasidagi  vaqt  davomida  klinik  kechish  chiqarilgan  ichakning 
normal funksiyasiga ishonch komil qilish imkonini beradi. Ichak uzunligi maksimal 
saqlanadi  va  keyinchalik  muolaja  proksimal  stoma  borligida  o‘tkazilishi  bilan 
taqqoslaganda  u  osonlashadi.  Teshik  atrofida  teri  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq 
muammolar ham minimumga eltiladi. Va eng muhimi, ikkinchi operatsiya vaqtida 
muzlatilgan  kesimlar  ma’lumotlariga  bo‘yicha  o‘tish  zonasi  lokalizatsiyasini 
aniqlashda  xatolar  bilan  bog‘liq  keskinlashuvlar  rivojlanish  imkoniyati  kamayadi, 
chunki  proksimal  stomaning  qo‘yilishidan  so‘ng  o‘tish  zonasi  proksimal  ichak 
teshigi yaratilgunicha dastlab bo‘lgani kabi klinik ayon bo‘lmaydi.  
Stoma  ko‘rinishiga  keladigan  bo‘lsal  (halqa  yoki  oxirgi),  unda  bu  muammo 
oldingisi kabi bir martada yechilmaydi. Har qanday holatda, chiqarilgan ichak qorin 
devorining  barcha  qatlamlariga  yaxshilab  tikilishi  kerak,  bu  bolalarda  kattalardan 
ko‘ra ko‘proq hosil bo‘ladigan prolapsdan qochish imkonini beradi. Biz asosan old 
qorin  devorida  ichak  gofrirlash  zonasini  shakllanishi  bilan  Gartman  tipi  bo‘yicha 
bir 
stvolli 
kolostomadan 
foydalanamiz, 
bu 
stomalarning 
ko‘pgina 
keskinlashuvlaridan qochish imkonini beradi (16.5-rasm).  
Oxirgi  stoma  nafaqat  o‘tish  zonasi  uzunligi  kichik  bo‘lgan  bemorlarda,  balki 
yo‘g‘on  ichak  proksimal  bo‘limi  ancha  kengaygan  katta  bolalarda  ham 
ustunliklarga ega.  
 


 
172 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish