17.2- rasm. Buyraklar ikkilanishining exografik tasviri.
Kasallikka tashxis qo‘yish uchun ekskretor va infuzion urografiyadan keng
qo‘llaniladi (17.3-rasm). Bu tekshirish yordamida rentgen tasvirda buyraklarning
to‘liq yoki noto‘liq ikkilanganligini aniqlash mumkin. Siydikning solishtirma
og‘irligi kam bo‘lgan holatlarda infuzion urografiyadan qo‘llaniladi. Yanada aniq
tashxis qo‘yish uchun diagnostik sistoureteroskopiya qilish lozim. Bu tekshirish
usuli orqali siydik naylari teshiklari topiladi va ureteral stent qo‘yib tekshirishni
retrograd ureterografiya bilan to‘ldirish mumkin.
204
17.3-rasm. Retrograd pielogramma. Ikki tomonlama buyraklar to‘liq ikkilanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |