Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов


-rasm. O‘ng buyrak gipoplaziyasining exografik tasviri



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

 
17.4-rasm. O‘ng buyrak gipoplaziyasining exografik tasviri. 
 
17.1.2. Buyrak joylashuv patologiyasi 
 
Buyrak  distopiyasi.  Qayerda  joylashganligiga  ko‘ra  buyrakning  ko‘krak 
distopiyasi,  yonbosh  distopiyasi,  tos  distopiyasi  va  qarama-qarshi  distopiyalar 
tafovut  etiladi.  Bu  patologiyaning  asosiy  sababi,  birlamchi  buyrak  rivojlanishida 
uning chanoq sohasidan bel tomon siljish jarayonining buzilishidir. 
Ko‘krak  distopiyasi  kam  uchraydi,  odatda,  to‘satdan  aniqlanadi.  Ko‘krak 
qafasi  rentgen  yoki  flyuorografiya  qilinganida  diafragma  ustida  soya  borligi  qayd 
qilinadi.  Bu  holda  o‘sma  yoki  exinokokkoz  tashxisi  qoyiladi.  Biroq;  ekskretor 
urologiya  bajarilganida  haqiqiy  hol  aniqlanadi.  Ba’zan  bu  xastalik  diafragma 
relaksatsiyasi  bilan  birgalikda  uchraydi.  Ko‘krak  distopiyasida  siydik  nayi 
odatdagidan uzun bo‘lib, qon tomirlari ham shox tomirning yuqorisidan boshlanadi. 
Yonbosh  distopiyasida  buyrak  yonbosh  chuqurchasida  joylashadi.  Bu  holda 
buyrakning  nerv  chigallari  va  qo‘shni  a’zolarga  ta’siridan  qorinda  og‘riq  bo‘lishi 
mumkin.  Qorin  paypaslanganda  yonbosh  sohasida  o‘smasimon  hosila  borligi 
aniqlanadi.  Bu  og‘riq  bemor  harakat  qilganda  yoki  yuk  ko‘targanida  uni  ko‘proq 
bezovta qiladi. Tashxis asosan ekskretor urografiya yordamida qo‘yiladi. 


 
207 
Bel  distopiyasida  buyrak  odatdagi  topografik  holatdan  pastroqda  joylashgan 
bo‘lib,  ko‘pincha  nefroptoz  yoki  buyrak  o‘smasi  bilan  chalkashtiriladi.  Bunda  bel 
sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. 
Chanoq distopiyasida buyrak chanoq chuqurligida joylashadi. O‘g‘il bolalarda 
to‘g‘ri ichak bilan qovuq orasida, qizlarda esa bachadon bilan to‘g‘ri ichak orasida 
joylashadi.  Qo‘shni  a’zolarga  bosilishidan  og‘riq  va  shu  a’zolar  funksiyasining 
buzilishi  bilan  klinik  manzarasini  namoyon  qiladi.  Anus  teshigidan  barmoq  bilan 
tekshirilganda to‘g‘ri ichak old devori tomonda qattiq muhitli o‘smasimon hosilani 
paypaslash  mumkin.  Ekskretor  urografiya,  ayrim  hollarda  retrograd  pielografiya 
ham  qo‘llaniladi.  Kesishma  distopiya  juda  kam  uchraydi.  Bu  bir  buyrakning  o‘rta 
chiziqdan qarama-qarshi tomonga o‘tib, ikkala buyrakning ham bir tomonda bo‘lib 
qolishidir. Ko‘pincha ikkala buyrakning bir-biri bilan birlashib qolishi ko‘rinishida 
bo‘ladi. Xastalik ekskretor urografiya yordamida aniqlanadi (17.5-rasm). 
 
 
17.5-rasm. O‘ng buyrakning geterolateral distopiyasi (sxematik ko‘rinishi va rentgen tasviri). 
 
Shuni  ta’kidlash  lozimki,  distopiyaga  uchragan  buyrakda  pielonefrit  va 
gidronefroz  ko‘proq  aniqlanadi.  Bu  paytda  shu  kasalliklarga  oid  belgilar  paydo 
bo‘ladi. 
Buyrak  distopiyasini  buyrak  o‘smasi  va  nefroptozidan  farqlashga  to‘g‘ri 
keladi.  Ekskretor  yoki  retrograd  urogrammada  nefroptozda  siydik  nayining  egri-
bugriligi qayd etiladi (17.6-rasm). 


 
208 
 A 
 B 
17.6-rasm. Chap buyrak chanoq distopiyasi:  
A – ekskretor urografiya. B – retrograd urografiya. 
 
Nefroptozda buyrak hatto qovurg‘a ostigacha siljiydi, distopiyada esa bu holat 
kuzatilmaydi.  Nefroptozdan  farqli  o‘laroq  buyrak  angiografiyasida  buyrak  qon 
tomirlari kalta bo‘ladi. Buyrak distopiyasi qanchalik past joylashgan bo‘lsa, uning 
rotatsiya darajasi ham shunchalik kuchli bo‘ladi. 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish