Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

Davosi. Distopiyaga uchragan buyrakni davolashga hojat yo‘q Muolaja asosan 
asoratlarga  qaratilgan  bo‘lib,  ko‘pincha  konservativ  usul  qo‘llaniladi.  Nefrolitiaz, 
gidronefroz,  o‘sma  va  boshqa  asoratlar  rivojlangan  bo‘lsa,  tegishli  ravishda 
operatsiya  bajariladi.  Buyrak  morfostrukturasi  va  uning  joylashuvi  o‘ziga  xos 
bo‘lganligini operatsiya paytida, albatta, inobatga olish lozim. 
Buyraklarning bir-biriga nisbatan joylashuvi. 
Ko‘machsimon  buyrak.  Juda  ham  kam  uchraydi.  Bunda  buyraklar  medial 
yuzalari buylab bir-biri bilan birlashib, promontorium yoki tos sohasida joylashadi. 
S-simon  yoki  L-simon  buyraklarda  bir  buyrakning  yuqori  pallasi  ikkinchi 
buyrakning  pastki  pallasi  bilan  birlashadi.  Birinchi  shakldagi  buyrakda  bir 
buyrakning  jom-siydik  yo‘li  segmenti  medial,  ikkinchi  shakldagisida  esa  bu 
segment lateral tomonga qaragan bo‘ladi. Agar buyrakning faqat pastki yoki yuqori 
pallalari  bir-biri  bilan  birikib  qolgan  bo‘lsa,  bunga  taqasimon  buyrak  deyiladi  va 
uning amaliy ahamiyati ancha katta. 


 
209 
Taqasimon  buyrakning  ko‘pdan  ko‘p  tomirlari  bo‘lgani  uchun  u  harakati 
cheklangan  va  odatda  shoxtomir  hamda  pastki  kavak  vena  oldida  yotadi.  Uning 
asosiy klinik belgisi qorin sohasida og‘riq bo‘lishidir. Bu og‘riq bola orqaga qattiq 
egilganida ayniqsa kuchayadi va bu Rovzing simptomi deyiladi. Qorinni paypaslab 
ko‘rganda umurtqa pog‘onasining ikkala tomonida qattiq muhitga ega o‘smasimon 
hosila  borligini  payqash  mumkin.  Ba’zan  taqasimon  buyrakning  birlashgan  qismi 
bo‘yin pastki kavak venani bosib qo‘yganligidan unda gipertenziya holatlari paydo 
bo‘lib,  oyoqlar  shishi,  hatto  assit  ham  paydo  bo‘lishi  ehtimoldan  holi  emas. 
Taqasimon buyrak, ko‘pincha gidronefrozga uchraydi, pielonefrit rivojlanishi, tosh 
paydo  bo‘lishi, ba’zan  nefrogen  gipertoniyaga  sabab bo‘lishi mumkin. Taqasimon 
buyrakka  ham  tashxis  qo‘yishda  UTTning  ahamiyati  katta.  UTT  tekshiruvida 
ko‘ndalang  kesimda  exoskanerlash  o‘tkazilganda,  qorinning  o‘rta  chizig‘i  bo‘ylab 
kindik  sohasida  buyraklarni  pastki  qutblarini  birlashtiruvchi  parenximatoz  torma 
aniqlanadi (17.7-rasm ko‘rsatkich bilan ko‘rsatilgan). 
 
17.7-rasm. Taqasimon buyrakning exografik tasiviri.  
 
Tashxisni  aniqlashda  ekskretor  urografiya  va  radioizotop  usullar  qo‘l  keladi. 
Tomirlar  arxitektonikasini  o‘rganish uchun  buyrak  angiografiyasini  bajarish lozim 
(17.8-rasm). 


 
210 
 
 
17.8-rasm. Translyumbal buyrak angiogrammasi. Taqasimon buyrak. 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish