14.2. Umumiy safro yo‘li kisti
Umumiy safro yo‘li kisti birinchi marta 1852-yil ta’riflangan. 1959-yilda
Alonso-Lej kistalarni 3 kategoriyaga bo‘lgan holda ularning sinflanishini yaratdi. I
tip – umumiy safro yo‘lining kistoz kengayishi – eng tipik shakl. II tip – umumiy
safro yo‘lining divertikuli va III tip – xoledoxotsele. Keyin, odatda, jigar ichi kistoz
zararlanishi bilan birlashadigan IV va V tiplar qo‘shildi. IV tipda ham jigar ichi
kistalari, ham umumiy safro yo‘li kistalari bo‘ladi. Agar umumiy safro yo‘li kisti
bo‘lmasa, lekin jigar ichi kistli zararlanishi bo‘lsa, unda patologiyani V tip yoki
Karoli (Caroli) kasalligi sifatida baholash kerak (14.8-rasm). Umumiy safro
yo‘lining ko‘pchilik kistalari I va IV tiplarga tegishli ekan, biz ko‘proq nuqsonning
aynan shu ikki variantini ko‘rib chiqamiz.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |