Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов


-rasm. Antireflyuks mexanizm bilan Kasai bo‘yicha portoenterostomiya



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

 
14.7-rasm. Antireflyuks mexanizm bilan Kasai bo‘yicha portoenterostomiya. 
 
Biz  ushbu  operatsiyaning  texnik  o‘ziga  xosliklari  va  bolalarda  operatsiyadan 
keyin  yashovchanlik  masalalarini  nafaqat u  eng  patogenetik  asoslanganligi  uchun, 
balki  bu  muolaja  nisbatan  yaqinda  taklif  qilinganligi  va  chiqib  bo‘lgan  kitoblarda 
o‘z aksini topmaganligi uchun ham ta’riflashni maqsadga muvofiq deb bildik. 
Operatsiyani  safro  pufagi,  pufak  yo‘li  va  buyrak  tashqi  qoldiq  yo‘llarining 
mobilizatsiya  qilinishidan  boshlashadi.  Umumiy  yo‘lni  distal  kesib  o‘tishadi  va 
jigar  darvozalarigacha  ajratishadi.  Oldindan  va  yuqoriga  mobilizatsiya  yo‘llar 
to‘qimasi 
yelpig‘ichsimon 
membranani  hosil  qiladigan 
darvoza 
venasi 
buferkatsiyasiga  kelish  imkonini  beradi.  Fibroz  hosilani  shu  tariqa  ko‘tarishadiki, 
orqa sirt bo‘yicha ajratishni davom ettirgan holda, darvoza venani bifurkatsiyasiga 
ortdan  kelinadi.  Ortdan  va  lateral  chok-ushlovchilar  yotqiziladi.  Fibroz  konusni 
balanddan,  jigar  sirtiga  zich  kesib  o‘tishadi.  Kesib  o‘tish  to‘g‘ri,  mos  keluvchi 
darajada amalga oshirilganligiga ishonch hosil qilishning imkonini uzoqlashtirilgan 
preparat  muzlatilgan  kesimining  tekshiruvi  beradi.  O‘rnatilgan  operatsion 
drenirlash  effektli  bo‘lishi  uchun  haqiqiy  safro  yo‘llarini  topish  kerak.  Operatsiya 
Ru bo‘yicha Y-simon og‘iz yaratilganidan so‘ng fibroz hosilalar cheti va ingichka 
ichak  funksiyalanmaydigan  uchi  orasida  bir  qatorli  anastomoz  qo‘yilishi  bilan 
yakunlanadi. 
Agar safro yo‘llarini topishning iloji bo‘lmasa, unda ortdan yotqizilgan chok-
ushlagichlarni  tortgan  holda,  qo‘shimcha  kesishni  amalga  oshirishadi.  Garchi 
ko‘pgina  jarrohlar  anastomozni  ichak  yoniga  yotqizishni  ma’qul  ko‘rishsada,  biz, 


 
111 
ichakning  ochiq  uchi  o‘lchamlari  uning  uchiga  anastomozirlash  uchun  yetarli  deb 
hisoblaymiz.  Ko‘pgina  jarrohlar  bir  necha  bor  ushbu  muolajani  operatsiyadan 
keyingi  xolangit  chastotasini  pasaytirish,  safro  oqimini  yaxshilash  va  bu  bolalar 
hayotini uzaytirish maqsadida modifikatsiyalashga urinishgan. Shunday qilib, ba’zi 
jarrohlar  luminal  ichi  bosimini  kamaytirish,  shu  tariqa,  jigar  sekretor  bosimining 
gradientini 
pasaytirish 
(«yengish») 
umidida 
jigar 
darvozalari 
bilan 
anastomozirlangan 
ichak 
halqasini 
vaqtinchalik 
tashqariga 
chiqarishadi. 
Eksteriorizatsiya  shuningdek,  safro  oqimi  buzilishini  erta  aniqlash  va  safroning 
sutkalik  ajralish  va  bilirubin  klirensi  monitoringini  amalga  oshirish  imkonini 
beradi. Ko‘pincha eksteriorizatsiya uchun quyidagi metodlardan foydalanishadi: (1) 
Kasai  bo‘yicha  ikkilik  Y-simon  anastomoz,  (2)  Sawaguchi  bo‘yicha  halqaning 
to‘liq  eksteriorizatsiyasi  va  (3)  Ru  bo‘yicha  Y-simon  anastomozga  eltuvchi 
halqaning o‘rta qismida ikkilik stoma. 
Qanday  stoma  yotqizilmasin,  har  qanday  holatda  u  erta,  safro  oqimi  joyiga 
tushganidan  yopilishi  kerak,  bu  varikoz  tugunlardan  qon  ketishidan  qochish 
imkonini  beradi.  Ichak  halqasida  klapanning  yaratilishi  shuningdek,  klapan  ustida 
bakterial  ifloslanish  kamayishi  hisobiga  xolangit  hosil  bo‘lishi  uchun  imkoniyatni 
kamaytirishi  mumkin.  Klapan  halqada  Ru  bo‘yicha  Y-simon  yoki  ingichka 
ichakning  izolyatsiyalangan  segmentida  anastomozni  shakllantiradi.  Bizning  60 
tadan  ortiq  Kasai  operatsiyasini  bajarishdagi  tajribamiz  eksteroorizatsiyasiz  ham 
safro  passaji  tiklanishini  muvaffaqqiyatli  nazorat  qilish  va  reflyuks-xolangitning 
profilaktikasini amalga oshirish mumkin deb fikrlashimizga asos bo‘ladi. 
Biliar  otreziyaning  pufakli  va  umumiy  safro  yo‘llarining  distal  bo‘limlaridan 
o‘tiladigan,  korrigirlanadigan  boshqa  ko‘rinishlarida  jigar  darvozalarida  operativ 
muolaja  bosqichi  yuqorida  ta’riflangandan  farq  qimaydi.  Jigar  darvozalarida  kist 
bilan  nuqsonning  korigirlanadigan  variantlarida  kamdan  kam  holatlarda  jigar  ichi 
safro yo‘llari bilan ayon xabarlashuv bo‘ladi. Shuning uchun taxminiy tugaydigan 
kistali ichak anastomozi omadsizlikka mahkum. Bunday variantda normal jigar ichi 
yo‘llar bilan xabarlashuv bo‘lgan holatlarni umumiy safro yo‘llari kistlariga bog‘liq 
deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. 


 
112 
Agar umumiy safro yo‘lining pufakli, kistoz o‘zgartirilgan va distal bo‘limlari 
o‘tishli bo‘lsa, ichak halqasidan foydalanib rekonstruksiyaga kelmasdan, shunchaki 
jigar  darvozalari  bilan  safro  pufagi  anastomozini  yotqizish  mumkin.  Pufak 
arteriyasidan  qon  bilan  ta’minlanishni  saqlagan  holda  safro  pufagining  ehtiyotlik 
bilan  mobilizatsiyasi  pufakni  bevosita  darvozalar  bilan  anastomozlash  imkonini 
beradi.  Gipoplazirlangan  kistoz  va  umumiy  yo‘llar  ba’zan  dastlab  safro  drenaji 
(o‘zi  orqali  uning  butun  hajmini  o‘tkazish)  bilan  to‘liq  ta’minlashga  qodir  emas. 
Bunday  holatlarda  dekompressiya  uchun  vaqtinchalik  trubkadan  foydalanish 
anastomozga xavfsiz bitish, distal yo‘llarga esa – tobora kengayish imkonini beradi. 
Agar  safro  pufagi  drenaj  uchun  muvaffaqqiyatli  ishlatilishi  mumkin  bo‘lsa, 
operatsiyadan keyingi xolangit xavfi deyarli bo‘lmaydi. 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish