Termiz tuman kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"



Download 7,51 Mb.
bet46/76
Sana31.12.2021
Hajmi7,51 Mb.
#268055
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
Bog'liq
Avtomobil tuzilishi o'quv amaliyotdan O'MT

Texnik xizmat ko'rsatish. Kundalik xizmat ko'rsatishga, tizimni germetikligini ko'rish va sovitish suyuqligini to'ldirib turish kiradi. Agar sovitish tizimi suv bilan toidirilgan bo'lsa, u holda qishki vaqtda avtomobil garajsiz, ya'ni ochiqda saqlanganda sovitish tizimidagi, yurgazib yuborish isitkichidagi, shuningdek, peshoynani yuvish uchun mo'ljallangan bakchadagi suv to'kib tashlanadi. Dvigatelni yurgazishdan oldin tizim issiq suv bilan to'ldiriladi yoki dvigatel isitish tizimiga ulanadi. 1-TXK o'tkazilganda yuritma tasmalarining tarangligi tekshiriladi, lozim bo'lsa rostlanadi. 2-TXKda shamolparrak, radiator hamda jalyuz tekshiriladi va kerak bo'lsa mahkamlanadi. Yuritma tasmalar tarangligi rostlanadi, suv nasosining hamda shamolparrak tasmasining taranglovchi qurilmaning podshipniklari moylanadi. Mavsumiy xizmat ko'rsatishda sovitish va isitish tizimining, shuningdek. yurgazib yuborish isitkichining germetikligi tekshiriladi, sovitish tizimi yuviladi, qishki mavsumga tayyorgarlik ko'rilayotganda yurgazib yuborish isitkichining ishlashi tekshiriladi. Germetiklik ko'z bilan кц/atib tekshiriladi. shlanglar yuzalaridagi yoriqlar. shishgan joylar va qatlamlarda ajrab qolish bo'lmasligi kerak. Bunday tekshirishlar uchun havo nasosi. manometr va radiator bo'g'zi bilan biriktiriladigan qurilmadan tashkil topgan asbobdan foydalangan ma'qul. Nasos yordamida radiatorning yuqori qismida 60 kPa atrofida bosim hosil qilinadi. Agar tizim germctik bo'lsa. u holda kran berki-tilgandan so'ng manometr strelkasi o'rnidan qimirlamaydi. germetiklik yo'qolgan bo'lsa strelka bosimning pasayishini ko'rsatadi. Radiator tiqinidagi havo va bug' klapanlari qo'l barmoqlari bilan bosib ko'rib tekshiriladi. Uncha kir bo'lmagan sovitish tizimini yuvish quyidagi tartibda bajariladi: sovitish suyuqligi to'qiladi; tizim suv bilan to'ldiriladi; dvigatel yurgaziladi va qizdiriladi; suv to'kib tashlanadi; tizim shu tartibda yana bir marta yuviladi; so'ng sovitish suyuqligi bilan radiator bo'g'zining yuqori qismigacha to'ldiriladi, radiator tiqinini o'z o'rniga qo'yib kengayish bakchasiga, "MIN" belgisidan 3 - 5 sm balandlikgacha suyuqlik quyiladi. Konstruksiyaning o'ziga xos tomonlarini va materiallarning xossalarini hisobga olgan holda tayyorlovchi-zavodlar o'z ko'rsatmalarida, sovitish tizimini yuvish tartibini hamda yuvish uchun ishlatiladigan suyuqliklar tarkibini belgilab qo'yadi.Masalan, КамАЗ-740 dvigatelining radiatori yechib olinadi va unga 5 foiz kaustik soda hamda 95 foiz suvdan yoki 2,5 foiz kuchsizlantirilgan sulfat kislota hamda 97,5 foiz suvdan iborat bo'lgan eritma quyiladi. Eritmaning harorati 60 - 80°C bo'lishi kerak, 30 - 40 daqiqadan so'ng eritma to'kib tashlanadi va radiator issiq suv bilan yuviladi.Sovitish g'ilofini yuvish uchun esa boshqacharoq eritma - 1 foiz kalsinatsiyalangan (suvsizlantirilgan) soda, 0,5 foiz xrompik va 98,5 foiz suv ishlatiladi. КамАЗ-740 va "Волга" avtomobilining 3M3-24 dvigatellarida generator va suv nasosi yuritma tasmasining tarangligi generatorni (1), o'rnatish plankasidagi ariqchasimon teshik bo'ylab surib rostlanadi.

Tasma to'g'ri rostlanganda, uning egilishi (salqiligi) uzun tarmoqning o'rtasi 40 - 45 N kuch bilan bosilganda КамАЗ-740 dvigatellarida 15-22 mm ni va 3M3-24 dvigatelida 8-10 mm ni tashkil qilishi kerak. 3M3-53 dvigatelidagi suv nasosi va shamolparrak yuritmasi tasmasining tarangligi, richag (5) dastasini surib taranglash roligi (4) yordamida rostlanadi. 30 - 40 N kuch ta'sirida tasma salqiligi 10-15 mm bo'lishi lozim. Generator yuritmasining tasmasi esa o'rnatish plankasidagi ariqchasimon teshik bo'ylab generatorni surish orqali taranglanadi. ЗИЛ-130 dvigatelida 3 ta tasmani to'g'ri taranglanishini kuzatib borish lozim. Rul boshqar-masidagi gidravlik kuchaytirgich nasosi yuritmasining tasmasi, nasosni ta­ranglash kronshteynida (12) surib taranglanadi, generator yuritmasining tasmasi esa generatorni plankaga (2) mahkamlovchi gaykani bo'shatib, so'ng generatorni surib taranglanadi. Bu tasmalarning salqiligi 40 N kuch ta'sirida 8-14 mm. dan oshmasligi kerak. Kompressor yuritmasining tasmasi rostlash bolti yordamida kompressorni kronshteyn tomon siljitib taranglanadi. Bu tasmaning 40 N kuch ostidagi salqiligi 5-8 mm bo'lishi lozim. ЯМЗ-236 dvigatelida kompressor yuritmasining tasmasini taranglash, vintli qurilma a) vo-sitasida amalga oshiriladi. Suv nasosi yuritmasi tasma­sining (4) tarangligi esa, suv nasosi shkivining gupchagi bilan ajraluvchi yon qismi (3) orasiga qo'yiladigan po'lat shaybalar (2) miqdorini o'zgartirib rostlanadi. Tasma tarmoqlari o'rtasiga 30 N kuch qo'yilganda suv nasosi va generator yuritmasi tasmasining salqiligi 10 - 15mm dan, kompressor yuritmasidagi tasmaning (kalta tarmoqdagi) salqiligi, esa 8 mm dan ortib ketmasligi kerak.

Termostatlarni tekshirish uchun, klapanning ochilishidagi bosh-lang'ich harorat va klapanning yo'li aniqlanadi. Masalan, КамАЗ-740 dvigatelining termostati quyidagi tartibda tekshiriladi:

1. Termostat olinib, u quyqumlardan tozalanadi va elektr plitkaga (6) o'rnatilgan suvli vannaga (5) tushiriladi.

2. Suvni aralashtirib turgan holda qizdiriladi va uning holati, bo'linmasining qiymati 1°C dan katta bo'lmagan simobli termometr yordamida nazorat qilib turiladi.

3. Indikator (3) bilan klapan ochilishining boshlanishi tekshiriladi, ya'ni klapan 0,1 mm ga ochiladigan harorat (80±2)°C aniqlanadi.Qaynayotgan suvda klapan kamida 8,5 mm ga toiiq ochiladi.









Download 7,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish