O’QITISH MATERIALLARI TO’PLAMI MUALLIFI
HAQIDA MA’LUMOT
O’qituvchining F.I.SH.: Dilmurod Allamurodovich Shaynazarov.
Tug’ilganyili: 10.04.1986 yil
Ma’lumoti: Oliy
Mutaxassisligi: Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish texnik-mexanik.
Pedogogik ish staji: 10 yil
Elektron pochta manzili: burilar_09@ mail.ru
Telefonraqami:+99891 5741086
AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN O’QUV-METODIK
To’plam TARKIBI
№
|
To’plam tarkibi
|
SHakli
|
O’quv – normativ hujjatlar
|
1
|
Malaka talabi
|
Nusxa(PDF)
|
2
|
Fanning namunaviy o’quv dasturi
|
Nusxa (PDF)
|
3
|
Fanning ishchi o’quv dasturi
|
Matn, jadval
|
4
|
Taqvim reja
|
|
|
Amaliyotning ta’lim texnologiyasi
|
YOzma +CD (Word)
|
|
|
|
II. O’qitish vositalari
|
5
|
Ma’ruza matnlari to’plami
|
YOzma+ CD (Word)
|
6
|
Yo’riqli texnologik xaritalar
|
Jadvalmatn+ CD (Word)
|
7
|
O’quv amaliyoti va ustaxona jihozlari
|
Jadval
|
III. Nazorat vositalari
|
10
|
Baholash mezonlari.
|
Jadval
|
11
|
Savol, masala, topshiriq va testlar (BN; ON; YAN)
|
Matn
|
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SURXONDARYO VILOYATI
KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY
BOSHQARMASI
TERMIZ TUMANI KASB-HUNAR MAKTABI
BOSHLANG’ICH PROFESSIONAL TA’LIMNING
«AVTOMOBILLARNING TUZILISHI» FANIDA O’QUV AMALIYOTI BO’YICHA
TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Termiz t 2020 y
Kirish
Ma'lumki, avtomobil hozirgi xalq xo'jaligining hamma sohalarida keng ekspluatatsiya qilinmoqda. Chunki avtomobil transporti yuqori monyovrchanlikka ega bo'lganligi sababli turli yo'llarda yurish va turli ish sharoitlariga moslana olish hususiyatiga ega. Hozirgi kunda xom ashyo va tayyor mahsulotlarni tashish, ochiq usulda ko'mir va ruda qazib chiqarish, industrial usulda uy joy binolari va sanoat korxonalari qurish, qishloq xo'jaligiga zarur yuklar, o'g'it va turli materiallarni tashish, keng iste'mol mollarini bevosita iste'molchilarga o'z vaqtida yetkazib berish va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi. Avtomobil transportining ro'li qishloq xo'jalik mahsulotlarini tashishda ham ortib bormoqda. Yuk avtomobillaridan tashqari passajir avtomobillarining ham mamlakatimiz aholisining kundalik tumushida ahamiyati katta. Harakatlanuvchi transport mashinalarining rivojlanishga 1766 yilli mexanik I.Polzunov yaratgan bug' mashinasi katta o'zgarish kiritdi. Keyinchalik bug' mashinasi yordamida relssiz yo'llarda yo'lovchi va yuk tashishga mo'ljallangan bug' aravasi yaratilgan lekin bug' aravalari vazmin va qo'pol bo'lganligi sababli relssiz yo'llarga moslasha olmadi. Keyinchalik bunday bug' aravalari relsli yo'lga qo'yilgach, temir yo'l transporti vujudga keldi va tez suratlar bilan rivojlandi. Porshenli ichki yonuv dvigateli yaratilgandan keyingina avtomobilsozlik rivojlana boshladi. Avtomobillarga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar o'rnatish sohasida turli mamlakatlarning ko'pgina ixtirochilari ish olib bordilar. 1880 yilda O.S.Kastovich benzin bilan ishlaydigan porshenli ichki yonuv dvigatelini qurdi 1898 yilda Peterburg texnologiya institutining professori G.P.Depp og'ir suyuq yonilg'ida ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Bu dvigatelda suyuq yonilg'i siqish natijasida alanga olib, porshenni harakatga keltiradi. 1892 yilda avtomobil o'rtacha tezligi 24 km/soatdan oshmagan bo'lsa, 1895 yilda bu tezlik 69km/soatga yetdi. 1908 yilda avtomobillar Rigadagi Rus- Baltika zavodida chiqarila boshladi, ammo 8 yil ichida 450 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Sobiq Ittifoq davrida Avtomobil sanoatining yangi rivojlanish davri Ulug' Vatan urushidan so'ng boshlandi. 1946-1955 yillar davrida Minsk, Kutaisi yuk avtomobil zavodlari va Lvov, Pavlov avtobus zavodlari qurildi. 1959-1965 yillarda Belorussiya, Kremenchuk, Mogiloyov, Yerevan yuk avtomobil zavodlari va Likin avtobus hamda Zaporojes yengil avtomobil zavodlari ishga tushurildi. 1970 yillarga kelib, Talyatti shahrida yiliga 660 ming yengil avtomobil chiqarishga mo'ljallangan Volga avtomobil zavodi (VAZ) qurildi. 1975-1976 yillarda Kama avtomobil zavodi ishga tushirilib, uch o'qli sakkiz tonnali dizel avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi. Kelgusi yillarda bu zavodni ikkinchi navbatdagi qurilishi bitkazilib, yiliga 150 ming dona KaMAZ markali og'ir yuk avtomobillari ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yildi.
Hozir MDH davlatlarida ishlab chiqarilgan avtomobillarning asosiy ba'za modellari quyidagilardir : Zil-130-80; GAZ-3110 “Volga”; KrAZ-257B1; MAZ- 5335; BelAZ-540; Ural-377; KAZ-608; KaMAZ-5320; Moskvich-412; VAZ- 2101; ZAZ-966; LiAZ-677; LAZ-695; PAZ-3205; UAZ-452; RAF-977; va boshqalar. Hozirgi kunda mustaqil O'zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlari sharoitida yangicha shakllantirishda avtomobil transportining ham ahamiyati kattadir.O'zbekistonda, qolaversa Markaziy Osiyoda avtomobil sanoatiga poydevor 1992 yili mamlakatimiz rahbarining Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi chog'ida “DEU Tablik MOTORS” kompaniyasi faoliyati bilan tanishish asosida qo'yildi. 1993 yilda loyihaviy quvvati yiliga 200 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarishga mo'ljallangan zavod “O'zDEU avto” qo'shma korxonasi ro'yxatga olindi va Asaka shahrida ulkan avtomobil zavodi qurilishi boshlanib, 1996 yil 19 iyulda ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |